O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

D. Urushning qonun va udumlarini buzish 
(Jinoyat kodeksining 152-moddasi) 
 
Xalqaro  qonunlar,  xususan,  «Quruqlikda  urush  olib  borish  qonunlari  va  udumlari  to‘g‘risida»gi  1907-
yilgi Gaaga konvensiyasi, shuningdek, 1949-yil 12-avgustda qabul qilingan «Urush davrida harbiy bo‘lmagan 
aholini himoya qilish to‘g‘risida»gi Jeneva konvensiyasida urush olib borish qoidalari belgilangan.  
O‘rganilayotgan  jinoyat  tarkibining  ijtimoiy  xavfliligi  urush  oqibatida  odamlar  qurbon  bo‘lish,  mayib-
majruh  bo‘lib  qolish,  shahar  va  qishloqlar,  madaniy  boyliklar  vayron  bo‘lish,  insoniyat  taraqqiyoti  orqaga 
surilishi  va  h.k.larda  ifodalanadi.  Urush  qoidalarining  buzilishi  har  qanday  urushning  oqibatlarini  yanada 
yomonlashtirib  ko‘paytirib yuboradi. 
Jinoyatning  obyekti  urush  olib  borish  qoidalariga  rioya  qilish  sohasidagi  xalqaro  munosabatlardir. 
Obyektiv tomondan jinoyat quyidagi harakatlarni sodir etishda: 
 
1) harbiy bo‘lmagan aholini yoki harbiy asirlarni qiynoqqa solishda, jismonan qirib tashlashda; 
2) harbiy bo‘lmagan aholida majburiy ishlarda foydalanish yoki uni boshqa maqsadlar uchun zo‘rlab olib 
ketishda; 
3) xalqaro huquq normalari bilan taqiqlangan urush vositalarining qo‘llanishida; 
4) shaharlar va aholi punktlarini behuda vayron qilishda; 
5) mulkni talon-taroj qilishda; 
6) yuqorida qayd etib o‘tilgan harakatlarni sodir etish to‘g‘risida buyruq berishda namoyon bo‘ladi. 
 
Harbiy  bo‘lmagan  aholi  deganda,  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini,  O‘zbekistonda  yashayotgan 
fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslarni,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  turgan  va  qurolli 
to‘qnashuvda ishtirok etmayotgan chet elliklarni tushunmoq lozim. 
1949-yil  12-avgustda  qabul  qilingan  Jeneva  konvensiyasining  4-moddasiga  binoan,  harbiy  asirlar 
jumlasiga asirlikka tushib qolgan shaxslar va: 


 
1)  to‘qnashayotgan  taraflar  qurolli  kuchlari  shaxsiy  tarkibiga  kiruvchi,  shuningdek,  qurolli  kuchlar 
tarkibida turgan xalq lashkarlari va ko‘ngilli otryadlarning shaxsiy tarkibiga kiruvchi shaxslar; 
2) to‘qnashayotgan va o‘z hududida yoki undan tashqarida turgan taraflarning boshqa xalq lashkarlari va 
ko‘ngilli otryadlarning shaxsiy tarkibi; 
3) qurolli kuchlar ortidan borayotgan, lekin ularning tarkibiga kirmaydigan shaxslar; 
4) aviatsiya va savdo floti ekiрajlarining a’zolari; 
5) bosib olinmagan hududning muntazam qo‘shinlar safiga kirib ulgurmagan, qarshilik ko‘rsatish uchun 
qo‘liga  qurol  olgan  (agar  ular  qurolni  oshkora  osib  yursalar)  va  Jeneva  konvensiyasining  4-moddasida 
ko‘rsatib o‘tilgan boshqa shaxslar kiradilar.  
 
Harbiy bo‘lmagan aholini zo‘rlab olib ketish – bosib olingan hududlardan ularni muayyan joyda yashashi 
uchun yoki yashash joylaridan noaniq yo‘nalishga haydab yuborish. 
«Harbiy  bo‘lmagan  aholini  himoya  qilish  to‘g‘risida»gi  Konvensiyaning  49-moddasida  urush  davrida 
fuqarolarni  bosib  olingan  hududlardan  bosib  oluvchi  yoki  boshqa  davlatlarning  hududiga  chiqarib  yuborish 
taqiqlanadi. 
Xalqaro huquqda taqiqlangan urush vositalarini qo‘llash deganda, 1899 va 1907-yillarda qabul qilingan 
«Urush  qonunlari  va  udumlari  to‘g‘risida»gi  Gaaga  konvensiyalarida  taqiqlangan  usullar  va  vositalardan 
foydalanishni tushunish lozim. 
Jumladan,  odamlarga  ortiqcha  kulfatlar  keltirish,  shaharlar,  shaharchalarni  yoxud  qishloqlarni  buning 
uchun  harbiy  zarurat  bo‘lmagani  holda  xarob  qilish,  diniy,  xayriya,  o‘quv,  badiiy  va  ilmiy  muassasalar, 
tarixiy yodgorliklar, badiiy va ilmiy asarlarni egallab olish, xarob qilish yoki ataylab yo‘q qilib tashlash va 
ularga  putur  yetkazish  uchun  mo‘ljallangan  zaharli  moddalar  yoki  boshqa  turdagi  qurollarni  qo‘llash; 
muayyan  ahdni  buzib  dushmanni  yarador  qilish  yoki  asirga  olish;  hech  kimni  tirik  qoldirmaslik  haqida 
buyruq berish kabilar taqiqlanadi. 
Jinoyat kodeksining 152-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan harakatlardan bittasi sodir etilgan vaqtdan 
e’tiboran  jinoyat  tamom  bo‘lgan  hisoblanadi.  Subyektiv  tomondan  jinoyat  faqat  qasddan  sodir  etilishi 
mumkin. Jinoyatning sababi va maqsadi (g‘araz, qasos olish, shuhratparastlik) jinoyatning kvalifikatsiyasiga 
ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan  shaxslar  bo‘lishlari  mumkin.  Bular,  odatda,  harbiy 
qo‘mondonlikning oliy mansabdor shaxslari, turli harbiy qismlarning komandirlari, harbiy xizmatchilaridir. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish