Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta ta’lim vazirligi



Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana08.02.2022
Hajmi315,4 Kb.
#435238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
HOAT kurs ishi-converted

–roq
affiksi qoʻshilib ravishdoshning qiyosiy daraja shakli 
yasalgan. 
2-§. Belgilarning darajalarga boʻlinishi haqida qarashlar xilma-xilligi 
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorlarning 
“Hozirgi oʻzbek adabiy tili” kitobida oʻzbek tilida daraja kategoriyasi haqida qimmatli 
ma’lumotlar berilgan. Shulardan bir qanchasi bilan tanishib chiqamiz. 
3
Abduraxmonov X., Shodmonov Z. Oʻzbek tili. 49-50-betlar 
4
Y.Tursunov, J. Muxtorov, Sh Rahmatullayevlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” – M.: 2000. 231-b.



“Sifat bildirgan belgining darajasi har xil boʻlishi mumkin, ya’ni, belgi normal 
(oddiy darajada boʻlishi, oddiy darajadan ortiq (kuchli) yoki oz (kuchsiz) boʻlishi 
mumkin. Daraja kategoriyasi belgining ana shu daraja nuqtai nazaridan boʻlgan 
xarakteristikasini koʻrsatadi. Sifatlarning daraja nuqtai nazaridan boʻlgan farqi turli 
vositalar yordamida ifodalanadi: yaxshi - yaxshiroq - juda yaxshi kabi”.
5
Bu kitobda darajalanishning bir-biriga qiyosan olinadigan uch turi haqida 
ma’lumot berilgan: 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja. 
1) oddiy daraja belgining ortiq-kamlikka (kuchli-kuchsizlikka) munosabatini 
ifodalamaydi va bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega boʻlmaydi: yaxshi, 
qattiq, semiz, keng, baland, toʻgʻri, yumshoq kabi. 
2) orttirma darajada belgining normal holatdan ortiqligi, kuchliligi ifodalanadi. 
Oʻzbek tilida belgining ortiq darajasini bildiruvchi maxsus affiks (orttirma darajaning 
morfologik koʻrsatkichi) yoʻq. Bu ma’no bir necha usul bilan ifodalanadi. 
1. Fonetik usul. Bu usulning oʻzi bir necha koʻrinishga ega: 1) sifatning bosh 
boʻgʻini yoki bosh qismini olib sifat oldidan qoʻllash bilan belgining ortiqligi 
ifodalanadi: yap-yapaloq, dum-dumaloq kabi. Bunda bosh boʻgʻin oxiri p, m kabi 
tovushlar orttirib talaffuz etilishi yoki umuman oʻzakdagi biror tovush p, m bilan 
oʻzgartirib talaffuz etilishi, hatto pa elementi orttirib talaffuz etilishi mumkin: sap-
sariq, qip-qizil, yam-yashil, koʻm-koʻk, oppoq, soppa-sogʻ kabi. Belgi darajasining bu 
usul bilan kuchaytirilishi sanoqli soʻzlarda uchraydi, masalan, mehribon, muloyim, 
shoʻx soʻzlarini bildirgan belgining ortiqligini bu usul bilan belgilab boʻlmaydi. 2) 
belgining ortiq (kuchli) darajasi unlini kuchli yoki choʻzib talaffuz etish, shuningdek, 
undoshni qavatlab talaffuz etish yoʻli bilan ham ifodalanadi: uzuuun koʻcha kabi. Unli 
kuchli talaffuz etilganda yoki undoshni qavatlantirilganda, urgʻu oldingi boʻgʻinga 
koʻchirilishi ham mumkin: noordon, chirooyli kabi. Qip-qizil, sap-sariq, yum-
5
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” – M.: 2004. 
125-b. 


10 
yumaloq kabilarda ham bosh qismidagi unli kuchli talaffuz etiladi. 2) leksik usul. 
Belgining ortiq (kuchli) darajasi maxsus soʻzlar yordamida ifodalanadi: juda yaxshi
juda goʻzal kabi. Belgining ortiq darajasi analitik formada ham ifodalanadi: bu forma 
ikki komponentli boʻlib, birinchi komponentini chiqish kelishigi formasida qoʻllash 
orqali hosil qilinadi: uzundan uzoq, shirindan sirin singari. 
3. Ozaytirma daraja. Belgining normal darajadan kuchsizligini bildiradi. Bu 
ma’no ikki usul bilan ifodalanadi: 
1) leksik usul. Bunda darajaning kuchsizligi maxsus soʻzlar yordamida hosil 
qilinadi: sal durust, bir oz yaxshi kabi. 2) morfologik usul. Bunda darajaning 
kuchsizligi –roq affiksi yordamida ifodalanadi. –roq affiksi yordamida yasaluvchi 
forma hamma vaqt belgining normol holatdan kuchsiz (past) darajasini bildiradi: 
oqroq, koʻkroq singari. –roq affiksli formaning belgining normal holatdan kuchsiz 
(past) darajasini ifodalashi bu affiks belgi bildiruvchi boshqa soʻzlarga yoki 
ravishlarga qoʻshilganda ham aniq koʻrinadi: Kiyimidan yigit koʻproq studentga 
oʻxshar edi. (A.Q) Keksayganimda zora erkinlik koʻrsam ozroq. (Shukrullo). Boris 
Aleksandrovich, qulupnay qiyomimi yaxshi koʻrardingiz... -Minavar murabbo idishini 
suribroq qoʻydi. 
Belgining normal holatdan kuchsiz (past) darajasini ifodalashi sababli shunday 
ma’noni bildiruvchi mustaqil leksik vositalar (sal, xiyol, bir oz kabi) yoki morfologok 
vositalar (-sh, -(i)mtir) kabi boʻlgani holda sifatga –roq affiksi ham qoʻyilishi mumkin: 
Shu desangiz, sal yorugʻroqda yummoq uchun topolmadim vaqt. 
Ikki predmentning belgisi oʻzaro qiyoslanganda –roq affiksli sifat bildirgan 
belgi darajasi boshqa predmentning belgi darajasidan kuchliroq (ortiqroq) boʻladi. 
Havo kechagidan bugun sovuqroq kabi. Lekin bunday hollarda ham –roq affiksli 
darajaning kuchliligini (ortiqligini) ifodalamaydi. Bu ma’no qiyoslashning oʻzidan 
kelib chiqadi. –roq affiksi esa shunda ham darajaning normal holatdan kuchsizligini, 


11 
ya’ni belgining darajasi –roq affiksi qoʻllanmagan formada kuchli (ortiq) boʻladi. 
Qiyoslang: bugun sovuqroq- bugun sovuq, undan kuchliroq- undan kuchli, unga 
qaraganda balandroq-unga qaraganda baland. 
Yuqoridagilardan ma’lum boʻladiki, daraja ma’nosini ifodalash maxsus 
grammatik koʻrsatkichga ega boʻlgan forma faqat bitta. U ham boʻlsa, –roq affiksi 
yordamida yasaluvchi ozaytirma daraja formasidir”. 
Bu kitobda yana ravish soʻz turkumining darajalanishi haqida qisman 
ma’lumotlar berilgan.
6
Ravish soʻz turkumining darajalanishi sifat soʻz turkumini 
bildiradigan belgilar kabi ravishlar bildirgan belgilar ham turli darajaga ega boʻlishi 
yoki darajalanmasligi mumkin. Bundan tashqari, ravish bildirgan belgi darajasining 
ortiq-kamligi xuddi sifatlardagi kabi usul bilan ifodalanadi. Belgining ortiq darajasi 
maxsus soʻzlar yordamida (leksik usul bilan) ifodalanadi. Masalan: juda tez uchadi
nihoyatda sekin eshitilyapti. 
Belgining kuchsiz ozaytirma darajasi –roq affiksi yordamida ifodalanadi: 
sekinroq gapir, keyinroq keldi kabi”.
7
Yana shuni aytib oʻtishim lozimki, bu kitobda ravish soʻz turkumida 
darajalanishning turlari haqida alohida ta’riflar berilmagan. Bundan tashqari, fe’l 
shakllari ravishdosh va sifatdoshlarning qisman daraja koʻrsatishiga misol berilgan 
boʻlsa-da, ularning darajalanishi haqida alohida ma’lumotlar berilmagan. 
“Oʻzbek tili amaliy grammatikasi“ (I-qism) kitobida oʻzbek tilida daraja 
kategoriyasi haqida keng ma’lumot berilgan. 
“Predmet, holat, hodasaning turli-tuman oʻziga xos konkret hamda abstrakt 
belgilari boʻladi. Bunday belgilar normal boʻlishi mumkin va shu normallikka 
6
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorlarning “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” – M.: 
2004.135-b.
7
Umumta’lim maktablarining 6-7-8-9-10-11-sinf darsliklari. 


12 
nisbatan ortiq yoki kam, past yoki baland boʻlishi mumkin. Bu hodisa sifatning daraja 
formalari yordamida ifodalanadi. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida sifatning daraja 
formalari quyidagicha: 1. Orttirma daraja - belgining ortiqligini ifoda etish uchun 
qoʻllaniladi. 2. Ozaytirma daraja - belgining kamlik darajasini ifoda etish uchun 
qoʻllaniladi. 3. Qiyosiy daraja - bunda belgining ortiq-kamligi turli chogʻishtirish 
usullari vositasida aniqlanadi.
8
1. Orttirma daraja. Bu daraja formalari orqali predmet, holatga oid belgi 
xususiyatlarning ortiqlik ma’nolari, ya’ni belgining normal holatdan yuqoriligi, 
balandligi ifodalanadi. Belgi darajaning ortiqligini koʻrsatishda uch xil usul qoʻllanadi: 
1) morfologik (affiksatsiya) usul; 2) leksik usul: bunda turli kuchaytiruv ma’nosini 
beruvchi soʻzlar, soʻz birikmalaridan foydalaniladi; 3) leksik-semantik usul; 4) fonetik 
usul - bunda esa urgʻu, intonatsiya, tovush takrori kabi fonetik vositalaridan 
foydalaniladi. 
Morfologik usul belgining ortiqlik darajasini ifodalashda qoʻllanuvchi intensiv 
forma baror predment belgi hususiyatini boshqa predmentdasi shunday belgi-
xususiyati bilan qiyos etilmagan holda ortiqligini ifodalashga xizmat etadi. Bu turli 
koʻrinishlarga ega: a) soʻzning birinchi ochiq boʻgʻini ajratilib, unda keyingi 
boʻgʻindagi birinchi (ochiq) boʻgʻini ajratilib, unda keyingi boʻgʻindagi birinchi 
undosh qoʻshiladi-da, yopiq boʻgʻin hosil qilinadi va ketidan toʻliq formasi qoʻshilib 
aytiladi. Masalan: dum-dumaloq, pak-pakana. b) soʻzning avvalgi ikki tovushi (ba’zan 
bu - bir boʻgʻinga toʻgʻri keladi) ajratilib, unga p, m, s tovushlari qoʻshiladi-da, yopiq 
boʻgʻin hosil qilinadi va ketidan asl oʻzak qoʻshilib aytiladi: kap-katta misolllar kabi. 
v) soʻz oldidan takrorlanuvchi qolip boʻgin ikki (yopiq, ochiq) boʻgʻindan iborat 
boʻladi, ya’ni ajratib olingan ikki tovush p tovush qoʻshish orqali yopiq boʻgʻin hosil 
qilinadi va unga yasama boʻgʻin-pa qoʻshiladi: toʻppa-toʻgʻri kabi. 
8
Mirzayev I. K., Temirov Sh., A. “Oʻzbek tili amaliy gramatikasi” – M.: 2019. 324-b. 


13 
Leksik usul bir necha turga boʻlinadi: a) maxsus kuchaytiruvchi (juda, eng, 
gʻoyat, nihoyatda, bir, biram, tim, naq, zap va boʻlishsizlik ma’nosidagi behad, 
benihoya, cheksiz, misilsiz kabi) soʻzlar orqali ifodalanadi. b) takroriy (juft) soʻzlar 
vositsaida ifodalanadi. Bunday takroriy soʻzlar koʻpincha ot oldidan qoʻllanadi. 
Takroriy soʻzlar affikssiz yoki birinchi komponenti affiks yoki yuklama olgan holda 
va har ikki komponent -day affiksi olgan holda boʻlishi mumkin. Kamol baquvvat 
tishlari bilan yongʻoqlarni qar-qurs chaqib, oltin rangli barmoqday-barmoqday mayiz 
bilan yeya boshladi. (Oybek) v) turlicha soʻz birikmalari, ideomatik iboralar 
vositasida: Ellik yoshlardagi haddan ziyod choʻtir bir kishi karovatdan oyoqlarini 
tushirib yotardi. (Oybek) 
Leksik-semantik usul. Bu usulda ma’noni kuchaytirish uchun belgi bildiruvchi 
soʻzlar oʻrnida yoki ular oldidan boshqa turkumdagi soʻzlar qoʻllanadi, ba’zan u 
soʻzlar takrorlangan holda yoki -dek affiksini olgan holda keladi: achchiq garimdori - 
zahar garimdori kabi. 
Fonetik usul. Bu usul jonli tilga oid, ya’ni tovushlarga xos boʻlgan turli 
hodisalar talaffuz vaqtida namoyon boʻladi. Belgi ma’nosini kuchaytirishda fonetik 
usuldan ham foydalaniladi. Bu quyidagicha: a) belgi bildiruvchi soʻz sostavidagi 
unlilar choʻgʻiq talaffuz qilinadi va urgʻu oʻsha unlilarga tushadi: balaand, tooza 
singari. b) soʻz sostavidagi ba’zi undoshlar ikkilanadi: yummshoq, yuppqa, tekkis 
kabi. 
Ba’zi bir belgi bildiruvchi soʻzlarga nisbatan ikkala hodisani ham qoʻllash 
mumkin boʻladi. Bunga misol tariqasida, birinchidan, asl oʻzagida ikkita undosh bor 
soʻzlarni keltirish mumkin, ya’ni ma’noni kuchaytirish uchun oʻsha qoʻsh undoshlar 
yanada koʻpaytiriladi: achchiq, qattiq kabi: shu bilan birga, bu soʻzlarning birinchi 
boʻgʻidagi unlilarni choʻziq talaffuz etish ham mumkin: qaattiq, jaajji kabi. 


14 
2. Ozaytirma daraja. Koʻproq rang-tus belgilariga xos, ayniqsa, ozaytiruvchi 
affikslar rang bildiruvchi sifatlar bilan bogʻliq. Bundan belgi ma’nosining normal 
darajaga yetmaganligi, normaldan pastligi (turli usullar bilan) ifoda etiladi. 
1) affiksatsiya: -ish, -gʻish (qizgʻish, sarigʻish, koʻkish, oqish) kabi 
2) leksik vositalar: yarim, nim, och va boshqa vositalar bilan ifodalanadi. 
3) leksik-morfologik usul. Bunda belgi ma’nosini berish uchun leksik 
elementlar va ozaytiruvchi affikslar qoʻllanadi. 
Qolaversa, bu kitobda qiyosiy daraja haqida ma’lumotlar keltirilgan boʻlib, bu 
daraja orqali belgining ortiq yo kamligi, yuqori yoki pastligini qiyoslash yoʻli orqali 
aniqlanadi, ya’ni bunda predmetlarning oʻzi yoxud ularning belgilari bir-biriga 
chogʻishtiriladi.
9
Bunga misol qilib “

Download 315,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish