2-bob. Sifat turkumidagi daraja kategoriyasi haqida ma’lumot
1-§. Oddiy daraja sifatlar haqida ma’lumot
Oddiy daraja deb belgining ortiq, kamlik munosabatini ifodalamaydigan va
bunda sifatlar daraja ifodalovchi vositalarga ega emasligiga aytiladi.
Demak, oddiy daraja shaklida sifatlar hech qanday qoʻshimcha olmas ekan,
ya’ni nol koʻrsatkichga ega boʻladi.
Sifatlarning ma’no jihatdan quyidagi turlari daraja koʻrsatish shakliga ega:
-
Xususiyat sifatlari;
-
Rang-tus sifatlari;
-
Ma’za-ta’m sifatlari;
-
Hajm-oʻlchov sifatlari;
-
Hid bildiruvchi sifatlari.
Makon, zamon sifatlari daraja shaklini koʻrsatmaydi.
1. Xususiyat sifatlarining daraja koʻrsatishi:
Bilsang men ham chaman oʻlkamning shoʻx va quvnoq, shod oʻgʻilchasi.
Bu gapda,
shoʻx, quvnoq, shod
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan boʻlib, hech
14
R.Ikromova, A.Azizova, D.Muhamedovalarning “Oʻzbek tili”
19
qanday qoʻshimcha olmagan, nol koʻrsatkichda ifodalangan.
Zukko va donishmand Amir Temur betakror siymodir.
Bu misolda
zukko, donishmand, betakror
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Bobur dovyurak, epchil, kuchli, oʻta idrokli inson boʻlgan.
Bu gapda,
dovyurak, epchil, kuchli, idrokli
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Biz Oʻzbekiston nomi bilan dunyoga mashhur boʻlgan goʻzal Vatanda
yashaymiz.
Bu gapda,
goʻzal
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Musavvir oddiy, ammo buyuk narsalardan chiroyli rasm yaratibdi.
Bu gapda,
oddiy, buyuk, chiroyli
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
Mirzo Bobur yoshligidan ziyrak bola boʻlib oʻsibdi.
Bu gapda
ziyrak
soʻzi oddiy daraja shaklida kelgan.
Har bir farzandki, oqil va dono boʻlsa, hech vaqt ota-onaning mehr haqqini
ado qilmoq kabi boʻlmagʻusidir.
Bu gapda,
oqil
va
dono
soʻzlari oddiy daraja shaklida.
Yaxshi soʻz bilan ilon inidan chiqar.
Soʻz yomon boʻlsa pichoq qinidan chiqar.
Bu gapda,
yaxshi
va
yomon
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
2.Rang-tus sifatlarining daraja ifodalashi:
20
Ular koridorga kirishlari bilan gʻalati voqeaning ustidan chiqib qolishdi: har
kuni boʻsh turadigan burchakda ustiga qizil mato yopilgan stol turibdi.
Bu gapda,
qizil
soʻzi oddiy daraja shaklida kelgan.
Yoz kunlari Mahmudning bogʻi oq, nimchang, ola, zangor, malla, lojuvard va
boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir koʻrinishlarga kirar
edi.
Bu gapda, oq, nimchang, ola, zangor, malla, lojuvard soʻzlari oddiy daraja shaklida
kelgan.
Bogʻ-rogʻlar, oʻrmon va yaylovlardagi bahorning yashil boʻyoqlarini oʻchirib
chiqib, ularni zafar, pushti, zargʻaldoq ranglarga boʻyab chiqishi kerak ekan.
Bu gapda, yashil, pushti, zargʻaldoq soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
3. Maza-ta’m sifatlari:
Shirin xayollar zanjirini uzgisi kelmagandek, sukutda oʻtirgan Alisher
oʻrtogʻining aytganini eshitmadi.
Bu gapda,
shirin
soʻzi oddiy daraja shaklida kelgan.
Qorabugʻroxon shaharni ishgʻol qilib, saroydagi boyliklarni qoʻlga kiritdi, oʻz
askarlariga bozorni talatdi, koʻp imoratlarga oʻt tushib ketdi, achchiq tutun shaharni
oʻrab oldi.
Bu gapda,
achchiq
soʻzi oddiy daraja shaklida kelgan.
4.Hajm-oʻlchov sifatlari:
21
Bobomiz millat, vatan sharafini hamma narsadan baland qoʻygan.
Bu gapda,
baland
soʻzi oddiy daraja shaklida kelgan.
U boshini tik tutib (yuki uncha ogʻir emasdi) oʻng tomondan yurib, katta,
hashamdor uylarni, baland daraxtlarni va uzoqdagi qor bilan qoplandan togʻlarni
tomosha qilib borardi.
Bu gapda,
katta
,
baland
soʻzlari oddiy daraja shaklida kelgan.
6.Hid sifatlari:
Hilvillab pishgan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu,
oʻriklarning xushboʻy hidi anqiydi.
Bu gapda,
xushboʻy
soʻzi oddiy daraja shaklida kelgan.
Misollardan koʻrinyaptiki, hid bildiradigan sifatlarining daraja koʻrsatishi
qaraganda kamroq uchrar ekan.
“Oddiy daraja; sifatlar belgining meyordagicha ekanligini koʻrsatadi va maxsus
koʻrsatkichga (qoʻshimchaga) ega emas”.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |