Uzum oʻrikdan shirinroq
” gaplari keltirilgan. Qiyosiy
daraja formasini yasovchi eng muhim vositalaridan biri -roq affiksidir”. Bu kitobda
yana ravish soʻz turkumining darajalanishi haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.
Faqat, bu kitobda fe’l shakllaridan ravishdosh va sifatdoshlarning daraja koʻrsatishi
haqida ma’lumot berilmagan.
M.Asqarova, R.Yunusov, M.Yoʻldoshev, D. Muhamedovalarning 2006-yilda
chop etilgan “Oʻzbek tili praktikumi” nomli kitobda daraja kategoriyasining alohida
ta’rifi berilmagan, faqat sifat soʻz turkumining, ravish soʻz turkumining daraja
koʻrsatishi haqida ma’lumotlar berilgan.
10
9
Mirzayev I. K., Temirov Sh., A. “Oʻzbek tili amaliy gramatikasi” – M.: 2019. 356-b
10
M.Asqarova, R.Yunusov, M.Yoʻldoshev, D. Muhamedova “Oʻzbek tili praktikumi” – M.: 2006. 218-b.
15
”Bir predmetdagi belgining boshqa predmetdagi xuddi shu belgiga nisbatlab
farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi.
Sifatlarda 3 xil daraja mavjud. 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma
daraja;
1) oddiy daraja sifatlari bir predmetgagina xos belgini ifodalaydi. Ular belgini
boshqa belgiga qiyoslamagan holda anglatadi. Oddiy daraja sifatlarida hech qanday
qoʻshimcha yoki yordamchi soʻz boʻlmaydi.
2) qiyosiy darajada bir predmetdagi belgisi boshqa xuddi shunday belgiga
qiyoslanadi. Qiyosiy darajada –roq qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi. Bu
qoʻshimcha belgining ortiq yoki kamligini koʻrsatadi.
3) orttirma daraja shakli yordamchi soʻzlar vositasida hosil qilinadi va
belgining me’yordan ortiqligini ifodalaydi. Orttirma daraja ma’nosini ifodalovchi
yordamchi soʻzlarga quyidagilar kiradi: eng, juda, gʻoyat, gʻoyatda, oʻta, benihoyat,
nihoyat, nihoyatda kabi.
Ravishlar ham sifat soʻz turkumining belgini darajalab koʻrsatish xususiyatiga
ega: oz, ozroq, eng oz, nihoyatda oz kabi. Shunga koʻra daraja kategoriyasi 5 shaklga
ajratgan. 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) kuchaytirma daraja;
5) ozaytirma daraja”.
Faqat bu kitobda fe’l shakllarining ravishdosh va sifatdoshlarning daraja
koʻrsatishi haqida ma’lumot berilmagan.
Baxtiyor Mengliyev, Oʻrol Xolyorovlarning 2008-yilda chop etilgan “Oʻzbek
tilidan universal qoʻllanma” kitobida sifat soʻz turkumining, ravish soʻz turkumining
daraja kategoriyasi haqida ma’lumotlar berilgan. Sifat soʻz turkumining daraja
16
kategoriyasini 3 turga ajratilgan: 1) oddiy daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma
daraja.
11
Ba’zi ravish darajalanish xususiyatiga ega: koʻp, oz, sekin. Shuning uchun
ayrim grammatikaga doir manbalarda ravishning 3 darajasini ajratishni koʻrish
mumkin: 1) oddiy daraja: tez, kech, sekin. 2) qiyosiy daraja: tezroq, kechroq, sekinroq,
sal burunroq. 3) orttirma daraja: juda tez, eng kech, juda sekin, eng burun.
Bu kitobda faqat fe’l shakllari - ravishdosh va sifatdoshlarning daraja
koʻrsatishi haqida ma’lumot berilmagan.
R.Ikromova, A.Azizova, D.Muhamedovalarning “Oʻzbek tili” kitobida daraja
kategoriyasi haqida alohida ta’rif berilmagan. Bu kitobda sifat va ravish soʻz
turkumlarining darajalari haqida ma’lumotlar berilgan.
”Predmetdagi belgisini miqdorga koʻra nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajasi
deyiladi. Sifatlarda 3 xil daraja bor: 1) oddiy (bosh) daraja; 2) qiyosiy daraja; 3)
orttirma darajalardir.
12
Predmet belgisi boshqa predmetdagi belgiga qiyos qilinmasa, sifat oddiy
darajada boʻladi. Oddiy darajadagi sifat hech qanday daraja koʻrsatkichiga va uni
ifodalovchi vositalarga ega boʻlmaydi.
Bir predmetdagi belgining boshqa predmetdagi belgidan (yoki oddiy
darajadagidan) ortiq yoki kam ekanligini ifodalash qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy
darajaning morfologik koʻrsatkichi asosan –roq affiksi boʻlib, belgilarni qiyoslash,
chogʻishtirish ma’nosi gap mazmunidan, sifatdan oldingi otning chiqish kelishigi
formasida ishlatilishidan, shuningdek, chiqish kelishigidagi ot+joʻnalish kelishigidagi
ot + qaraganda formasida qoʻllanishi orqali anglashiladi.
11
Baxtiyor Mengliyev, Oʻrol Xolyorov “Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma” – T.: 2008 324-b.
12
R.Ikromova, A.Azizova, D.Muhamedovalarning “Oʻzbek tili”
17
Qiyosiy daraja sifat oldidan sal, bir oz, xiyol kabi soʻzlarni keltirish bilan ham
ifodalanishi mumkin.
Bir predmetdagi belgining boshqa predmetdagi belgidan (yoki oddiy darajadagi)
belgiga nisbatan eng koʻp, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja deyiladi.
Sifatning orttirma daraja formasi quyidagicha ifoda qilinadi:
1) sifat oldidan eng, juda, gʻoyatda, behad, gʻoyat kabi soʻzlarni keltirish bilan
yasaladi.
2) oddiy (bosh) darajadagi sifatni takrorlash bilan: uzundan-uzun, bemazadan-
bemaza, shirindan-shirin kabi yasaladi.
3) sifat oldidan uning (bosh sifatning) bosh qismini qoʻllash orqali: koʻk-koʻm-
koʻk, qizil-qip- qizil kabi. Bunda sifatning bosh qismidan soʻng p, m tovushlari
orttiriladi yoki sifat tarkibidagi biror tovush p, m bilan almashtirish orqali yasaladi”.
13
”Ravishlarda ham belgini darajalab, ifodalash hodisasi mavjud boʻlib, xuddi
sifatlardagi singari, qiyosiy daraja ravishdan soʻng –roq affiksini qoʻshish bilan
yasaladi.
Orttirma daraja esa undan oldin juda, nihoyatda, gʻoyat, eng, hammadan
soʻzlarni keltirish bilan hosil qilinadi. Belgini darajalab koʻrsatish asosan holat va
miqdor ravishlariga xosdir. Ba’zan payt, oʻrin ravishlari ham belgini darajalab
koʻrsata olishi mumkin”.
Yana bu kitobda sifat va ravish soʻz turkumlaridan tashqari fe’l shakllari
qisman ravishdoshlarning daraja koʻrsatishi haqida ham ma’lumotlar berilgan boʻlib,
ular quyidagicha: ”Ravishdoshdan ba’zan belgining kamligi formasi ham yasaladi.
13
Oʻzbek tili grammatikasi. 1-tom. 299-300-betlar
18
Bunga: oʻylab - oʻylabroq kabi misollar berilgan. Bu kitobda fe’l shakllaridan yana
biri sifatdosh shakli boʻlib, uning daraja koʻrsatishi haqida ma’lumotlar berilmagan.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |