Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta ta’lim vazirligi



Download 315,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana08.02.2022
Hajmi315,4 Kb.
#435238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
HOAT kurs ishi-converted

 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Istiqlol davri butun xalqimiz uchun yuksalish va har tomonlama rivojlanish
jahon bilan qadam-baqadam taraqqiy etish davri boʻlmoqda. Biz tanlagan 
yoʻlimizning oʻzimizga xos va mosligi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish masalasi 
taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganida koʻrinadi. 
Mustaqillik yillarida ma’naviyatning ajralmas va uzviy bir qirrasi boʻlgan 
oʻzbek tili taraqqiyoti va ravnaqiga ham alohida e’tibor qaratildi. 2016-yil 13-may 
kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti 
universitetining tashkil etilganligi – fikrimizning yorqin dalili. Mazkur oliy ta’lim 
muassasasi tilimiz rivoji uchun, uning sayqal topishi, mukammallashuvi uchun ulkan 
makon boʻldi. Muassasa oʻz bagʻriga haqiqiy ilmi toliblarni jamlagan. U yerda 
tilimizning turli ochilmagan qirralari namoyon etiladi.
Tilshunosligimizda soʻz turkumlarining leksik-semantik, morfologik, uslubiy, 
formal-funksional jihatdan oʻrganish boʻyicha koʻpgina ilmiy ishlar amalga oshirilgan. 
Jumladan, oʻzbek tildagi ot, sifat,son, fe‘l, ravish kabi soʻz turkumlarining leksik-
morfologik xususiyatlari koʻpgina tadqiqotlar obyekti boʻlgan. Shunga qaramay, sifat 
leksemasining daraja kategoriyasi yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlar sistem 
tilshunoslik nuqtayi nazaridan sohadagi dolzarb masalalardan bir boʻlib qolmoqda. 
Hozirgi 
oʻzbek tilida predmet belgisini ifoda qiluvchi leksemalarning 
spetsifikasiyasini oʻrganushda bir necha tadqiqotlar mavjud. Ekspressivlik darajasi
ma’no koʻchish imkoniyati boshqa soʻzlarga qaraganda kuchli boʻlgan sifat turkumi, 
sifat leksemasining ayrim semantik tiplari tadqiqiga oid ishlar amalga oshirilgan. Soʻz 
turkumlari va ular orasida alohida ahamiyatga ega boʻlgan soʻz turkumi bu sifat 
tutkumidir. Undagi daraja kategoriyasi esa sifat turkumining asodiy qidmini tashlik 
etadi. Daraja kategoriyasi belgi bildiruvchi turkum soʻzlari uchun birdek ahamiyatga 
molik sanaladi. Boisi sifatda darajalarni bilgan izlanuvchi boshqa belgi bildiruvchi 



turkum soʻzlarini ham bemalol darajalay oladi. Sifat turkumiga oid soʻzlar 
semantikasini nutqda qoʻllanishi va uslubiy xususiyatlarini tahlil qilish alohida 
ahamiyat kasb etadi. Ularning qoʻllanish darajasi, nutqiy ma’nolari, ma’no 
tovlanishlarini tahlil qilish tilimiz xususiyatlarini, boyligini toʻlaroq anglash imkonini 
beradi. 
Tildagi har bir soʻz oʻzicha bir olam. Har bir ilm talab izlanuvchi oʻzicha bir 
yaratuvchi. Fan sohasidagi olimlar va ularning qarashlari bir-birini toʻldirsa, ba‘zan 
inkor etadi. Koʻpgina tadqiqotlarga asos boʻlayotgan sifat soʻz turkumi va undagi 
daraja kategoriyasi botasida ham turli xil qarashlar mavjud. Oʻzbek tilida sifatlar va 
ularning daraja kategoriyalari haqida turli xil olimlar turli xil qarash bildirishadi. 
Ba’zi olimlar uni 2ga boʻlishsa, ba’zilar uni 4ga boʻlinadi deb oʻrganishadi. Olimlar 
onrtasida sifat darajalari haqida asosiy qarama-qarshiliklar sifatlarning qiyosiy 
darajasi haqida boʻlib oʻtadi. Sifatlardagi ozaytirma darajani esa ba’zi olimlar alohida 
bir kategoriya sifatida qoʻllasa, ba’zilar unga umuman alohida daraja shakli deb 
qarashmaydi. Tilshunoslikdagi qiyosiy darajani alohida sifat darajasi deb 
oʻrganadigan tilshunoslar ham bor, shu bilar bir qatorda uni ozaytirma darajaning 
tarkibiy qismiga kirituvchilar ham topiladi. Bir tomondan olib qaralsa, ikki toifa 
olimlarning gaplarida jon bordek. Qora sifati oddiy darajada turibdi. Uni juda qora 
deganda bu soʻzning leksik ma’nosida koʻtarilish yuz beradi, ya’ni soʻzda qoralik 
belgisi kuchayadi. Shuningdek, qoramtir deganda ham soʻz ma’nosida ma’lum 
darajada burilish sodur boʻladi. Qoramtir soʻzida qoralik belgisi ozaygani natijasida 
biz uni ozaytirma daraja deya olamiz. Ammo qoraroq soʻzi va qoramtir soʻzi oʻrtasida 
aytarli farq koʻzga koʻrinmaydi. Ta’kidlaganimizdek, qoramtirda qoralik belgisi 
nisbatan kam, qoraroq deganda ham xuddi shu ma’no aks etmoqda. Quyida turli 
olimlarning sifat darajalari haqidagi turli qarashlari aks etgan. 




Download 315,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish