shug’ullanadigan jamoalar o’rtasida ayirboshlash
yanada muntazam tus oldi, bu
ayirboshlash uchun ekvivalent buyumga bo'lgan ehtiyoj kuchaytirildi. Neolit davrida
jamiyatning “iqtisodiy” piramidasi asosan qurib bo'lindi.
Keyingi qavat - ijtimoiy - siyosiy munosabatlaming faqat alohida unsurlari
shakllandi. Ilgari bir xil bo'lgan jamoaning ijtimoiy tabaqalanishi boshlandi. Jamoa
oqsoqollari, qabila yo lboshchilari, sehrgar va folbinlar, harbiy yo’lboshchilar
an’anaviy jamoa tengligini buzib asta - sekin eng yaxshi yerlar, yaylovlami, jamoa
boyligini o'zlashtirib oldilar. Sug’orma dehqonchilik
hududlariga yirik jamoa
birlashmalari - qabilalar paydo bo'ldi. Eng yaxshi yerlar, yaylovlar uchun qonli
to'qnashuvlar kuchaydi.
Jamiyat piramidasining yuqori qavati - insonning ma’naviy dunyosida
o'zgarishlar bo'ldi. Atrof dunyoni bilish darajasi keskin o'sdi. Tabiat sikllariga ko'ra
dehqonchilik qilish, hayvonlami o'stirish, hunarmandchilik, qurilish bilan
shug’ullanish o'tgan ajdodlar to'plagan keng va turli xil bo'limlaisiz mumkin emas
edi. (o'sha davrlarda avlod faol hayotining o'rtacha davomiyligi 15-20 yil bo'lsa,
ming yillik davomida 50-60 avlod o'tdi).
Astronomiya, arifmetika, biologiya,
tibbiyot, agronomiya fanlari paydo bo'ldi. Albatta, abstrak umumlashtirishlargacha
hali uzoq edi, lekin boshlang’ich dunyoni bilish e’tiqodlar, miflar tuzilishida aks etar,
sehrgar va kohinlar tomonidan qo'llab turilgan. Neolit san’ati - tasvirlar, marosim
qo'shiqlari va rasmlar bu miflami aks ettirar edi. Diniy e’tiqodlar yanada
murakkablasha boshladi; axloq va boshlang’ich e’tiqodni bir -
biridan ajratish qiyin
edi. Turli xil bilimlar va ko'nikmalami hajmi ancha o'sgani uchun ulami keyingi
avlodlarga uzatish muddati uzaydi.
Neolit inqilobi nihoyasida paydo bo'lgan, o'matilgan jamiyatning asosiy belgilari
ana shunday edi. Neolit inqilobini bir necha bosqichlarga bo'lish mumkin: ilk
paleolit, er. aw . 7-6 ming yilliklami qarrnab olgan; uning epitsentri Old Osiyo va
Yaqin Sharqda edi; yetuk yoki o'rta neolit er. aw . 5-4 ming yilliklar boshlari, bu
bosqichda neolit sivilizatsiyasining qudrati namoyon bo'ldi, u Nil, Hind, Frot, keyin
Amudaryo,
Sirdaryo, Yanszi, Yevropaga tarqaldi. “Neolitlashuv” jarayoni taxminan
2800-yil atrofida sekin bordi.
Er. avv. 4-ming yillikdayoq neolit sivilizatsiyasining kuch - qudratini tugash
belgilari paydo bo'ldi, navbatdagi davr - eneolit boshlandi.
Eneolit (mis - tosh) davrida yetakchi metall, dastlab mis, oltin, keyin jez paydo
bo'ldi. Tosh quroilar, hatto eng mukammal (mikrolitlar)
tayyorlanishda juda
mehnattalab va turli xil murakkablashgan ehtiyojlarni qondirish uchun qo'llashda
yetarlicha ishonchli emas edi. Tajribalar shuni ko'rsatdiki, foydalanilayotgan sof
metallar oltin, misni qo'llash qulayroq, mustahkam, qayishadigan, ularga istalgan
shaklni berish, turli metallami qo'shish mumkin. Qo'rg’oshin va misni qo’shib - jez
(bronza) hosil qilish mumkin.
Lekin mis, qo'rg’oshin, oltin konlari kam uchraydi; eneolit davrida ko'pgina
qabilalar ulardan foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. Bu foydalanishga yaroqli
yerlarda aholi zichligini o'sishiga, aholini o'sish su’ratlarini kamayishiga olib keldi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko'ra er.aw. 5000-yilda o'sish 0,9 kishi, bir yilda ming kishiga
to'g’ri kelsa, aholining umumiy soni 30 min. kishi. Er. aw . 2000 yilda o'sishning
-47
o'rtacha yillik surati 4,5 marta - 0,2 kishigacha, aholi soni 3-ming yil
davomida bor
yo'g’i 20 min. ga ko'paydi. (54. C. 151.).
Hosildor yerlar, metalga boy hududlami bosib olish uchun ko'p sonli urushlar
olib borildi.
Eneolit davrida texnologiyada iqtisodiy - ijtimoiy hayotda tushkunlik yuz berdi.
Jamiyat tamoman yangi materiallar (jez) ni, texnologiyani kashf qilish va
o'zlashtirish xususiy mulkchilikga o'tish zaruriyati alohida turar edi, bu sinflar va
davlatning paydo bo'lishiga olib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: