Insoniyat jamiyati fazasi
Yuqori pafeolit boshlanishi bilan Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika
hududlarining katta qismidan muzliklami chekindi.
Natijada zamonaviy odamlar
o'tmishdoshlarining hayot kechirish sharoitlari o'zgardi. Ular, o’z evolyutsiyalarida
2 min. yil davomida bir necha bosqichlami bosib o'tdilar. Bu davrda biosferaning
rivojlanishida buyuk voqea yuz berdi: Evolyutsiyaning cho'qqisi, kromanyon paydo
bo'ldi, keyinehalik bu mavjudodga
“aqlli odam” faxriy nomi berdilar. Uning
biologik tur - aqlli
odam (Homo Sapiens; xozirda populyatsiya to'g’risida
gapirganda Homo Sapiens - Sapiens deyishadi). Bu - odam 2 min.
yil oldin
odamsimon maymunlaming evolyutsiyasi natijasida shakllangan: oila-gominidlar
(Homonidlar); -otryad - primatlar (Primates), hozirgi paytda tirik bo'lgan bizning
qarindosh-maymunlar kiradi;
-sinf - sut emizuvchilar (Mamalia), yer sharida ulaming hukmronligi 10 min.
yil ilgari, aw al yetakchi bo’lgan dinazavrlarning
kosmik halokat yoki qandaydir
evolyutsion falokatdan keyin boshlandi;
-tip - xordalilar (chordata) ulaming o'tmishi 100 min. yillarga cho'zilib ketadi.
Aqlli Odam yer sharida biologik evolyutsiya natijasida paydo bo'ldi. Uning
asosiy nihoyasi - o'ta
murakkab, nozik, bilishning mukammal quroli bo'lgan odam
miyasini shakllanishi edi. Har bir tirik jonzot o'zininig sezish organlariga ega, u atrof
- muhitda yuz beradigan o'zgarishlarga adaptatsiya qilishga yordam beradi. (Aks
holda undagi keskin o'zgarishlarda u yoki bu tur hatto urug’ yo'q bo’lib ketadi).
Faqat inson tabiatdan qabul qilingan axboromi qayta ishlash in’omini oldi.
Aqliy
xulosa qilish, umumlashtirish , atrof-muhitga moslashish va uni o'zgartirish uning
alohida unsurlarini o'z ehtiyojlariga moslashtirish qobiliyatiga ega bo'ldi.
Zamonaviy odamni paydo bo'lishi uning gavdasini tuzilishi va hayot tarziga
boshqa o'zgarishlar ham yordam berdi: Tik yurish; ovqatga o'simlik va hayvon
mahsulotlarini ishlatish, bu ovqatni xilma - xil qildi, odamlami halokatli vaziyatlarda
tirik
qolishiga yordam berdi; mehnat qurollaridan foydalanish - boshda ibtidoiy,
keyin yana murakkab olovni o'zlashtirish.
Yuzlab avlodlarning tajribalari asosida ijtimoiy hayotning qoidalari ishlab
chiqildi, jamiyami birinchi b o 'g ’ini sifatida juft oila, hamda urug’ jamoasi (minimal -
25, maksimal - 200-500 odam) shakllandi. Oilalar o'zlariga eng oddiy turar joylar
qurdilar yoki g ’orlarda joylashdilar. Vaqti - vaqti bilan jamoa hayvonlar podasini
harakati orqasidan yurdi; aholi zichligi juda kichik - 1 kishi 50 - 100 km.2ga to'g’ri
kelar edi. Bu hozirgi Xorazm viloyati hududida (40 ming km.2 ) yoki Daniyada (44
ming km.2) bor yo'g’i ikki ming yoki bir ming kishi yashashi mumkin edi.
O'rta va yuqori paleolit davomida
ishlab chiqarish yuzaga keldi, uning asosida
yosh, jins taqsimoti va mehnatni oddiy kooperatsiyasi turar edi. Erkaklar baliqchilik
bilan, mehnat qurollari tayyorlash bilan shug’ullanar edilar, bu hayvonlami ov qilish
imkoniyatlarini kengaytirar edi. Ayollar terimchilik, ovqat tayyorlash, olovni saqlash,
bola tarbiyasi bilan shug’ullanar edilar.
Nutq - so'zlashni rivojlanishi muloqot qilishga, to’plangan tajribani va dastlabki
bilimlami uzatishga yordam berdi. Ibtidoiy san’at paydo bo'ldi - g’orlarda Altamir
g’orida (Ispaniya), Lasko g’ori (Fransiyada), Kapova g’ori (Ural), Zarautsoy g’ori
~ 43 ~
(0'2bekiston), Sarmishsoy (O'zbekiston) hayvonlar, ov manzarasi
tasvirlari saqlanib
qolgati, ibtidoiy diniiy e’tiqodlar - totemizm, anemizm, magiya, diniy marosimlar,
bag’ishlov marosimlari tarqaldi.
Oqibatda, aqlli odam o'zining o'tmishdoshlariga qaraganda nafaqat biologik,
balki ma’Ium ijtimoiy farqlarga ega edi: nutq; Homoning o'tib ketgan ajdodlariga
qaraganda, anchagina rivojlangan ehtimollar va qobiliyatlarga;
ishlab chiqarishning
turli xil qurollarini tayyorlash va foydalanish; birlamchi hamkorlik va mehnatni yosh
jinsiy taqsimoti; oila va urug’ jamoasi; ilk bilimlar, ibtidoiy san’at, birgalikda yashash
va animistik e’tiqodlar.
Lekin sivilizatsiya piramidasining barcha “qavat” va “xonalari” to’ldirilmagan
edi. Mehnatning natijalarini o'zlashtirish shakllari hali endi yuzaga kelayotgan edi,
faqat mehnat qurolariga shaxsiiy egalik qilish bilan cheklanish, ovchilik, o'ljalar,
terimchilik mahsulotlarini natijalarini jammoa bo'lib bir tekisda taqsimlash mavjud
edi.
Hali ijtimoiy guruhlar, davlat va huquq yo'q edi. Ushbu sabablar bo'yicha
jamiyatning bu davrini tarixning birinchi fazasi deyishga bizda asos yo’q. Bu baribir
ming yillarga cho'zilgan jamiyat arafasidir. Bu davrda ibtidoiy jamoalar
Osiyo,
Afrika, Yevropa, Amerikaa
ing bepoyon hududlarida joylashgan edi,
Do'stlaringiz bilan baham: