Homo sapines
turi
shakllanish manbalaiidan uzoqlashib borishi bilan jamiyatdan ma’naviy sohasi uning
dinamikasini belgilab yana ko'proq ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan yaratilgan,
uning mehnati bilan o'zgartirilgan tabiat buyumlari yanada oshadi; lekin bu -
ilmlaming
buyumlashgan
kuchi, boshqacha qilib aytganda inson ma’naviy
dunyosining kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish natijalaridir.
Biroq, jamiyat
taraqqiyoti - to'g’ri chiziq emas; m ’anaviy qayta ishlab chiqarish dinamikasidagi
navbatdagi bosqichga chiqish egri - bugri tarzda yuz beradi, vaqti-vaqti bilan
madaniy qatlamlaming butun qatlamlari yo'qoladi.
Insonning moddiy va ma’naviy dunyosining barcha boyligi-uning o'z
mehnatining natijasi,
o'z-o'zini
rivojlantirishidir,
ollohning
ijodi, boshqa
planetadagilarning ehsoni emas. Tarix-jam iyatning o'z taraqqiyotini yilnomasi, uni
mag’lubiyat va g’alabalari, yutuq va omadsizliklari, tarixiy progressning bosqichdan -
bosqichga azobli harakatidir.
Yuqorida aytilganlardan tarixni davrlashtirishning mezonlariga yangi yondashuv
kelib chiqadi.
Eng aw alo tarixiy jarayon mantiqiga keng tarqalgan yondashuv bilan bahslashi
zarur. Bu yondashuvda keyingi tarixiy davrga o'tishini boshlanishiga birinchi turtki
moddiy ishlab chiqarish - kuchlari taraqqiyotida navbatdagi bosqich - ishlab
chiqarish vositaiari (mehnat qurollari va predmeti, energiya manbalari, ishlab
chiqarishga tortilgan tabiat kuchlari) insonning bilim va ko'nikmalari darajasini aks
ettiradigan uning maqsadga yo'naltirilgan irodasi, mehnat faoliyati mahsulotlari deb
hisoblaydi. Bosh ishlab chiqarish kuchi - bu
uning ehtiyoj va qobiliyatlari, bilim va
ko'nikmalari, xohish va irodasi bilan insonning o'zidir. Qoniqtirilmagan ehtiyoj
insonni o'z aql - zakovatini o'rab turgan muhitni o'zgartirishga safarbar qilishga
undaydi, bilimlarga chanqoqlik va faol
harakat zarurligini tushunishni tug’diradi.
Keyingi har bir avlod ehtiyoj larini sakrashsimon o'sishi ularni to'la qondirish uchun
moddiy va ma’naviy qayta ishlab chiqarishda, mulkchilik shakllari, ijtimoiy-siyosiy
ustqurtmada tub o'zgarishlar asosida samarali yo'llami izlashga kuchli turtki beradi.
Jamiyatda ahamiyatli bo'lsada, lekin ishlab chiqarish munosabatlari, mulkchilik
shakllari tarixiy davrlarni davrlshtirishda bosh va hal qiluvchi mezon bo'lib xizmat
qilishi mumkin emas. Ishlab chiqarish vositaiari va ishlab chiqarish natijlarini
o'zlashtirish, ularni almashuvi ular insonning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qanhcalik
darajada qondirishiga yordam berishiga bog’liq. Jamiyatning hayotidagi
tub
yangiliklami yuz berishi sababli odamlar ularni zaruriyatni angladilar va o'z
tushunishlari hajmida ongli amalgam oshirdilar. Ongdagi o'zgarishlargacha ijtimoiy
ongda, -moddiy ishlab chiqarishda, mulkchilik shakllaridagi o'zgarishlar bo'lib
o'tadi. Odamlar o'z tarixining ijodkori bo'ladilar.
Mulkchilik shakllarining almashuvi asosida tarixiy davrlarni davrlashtirish
mukammalikdan uzoq. Tarixni davbrlashtirishda yangi mezonlar izlash zarur.
Quyidagi taklif etilayotgan yondashuv insoniyat harakatini davrdan-davrga ma’naviy
- ijtimoiy boshlanishni birligidan anglangan ehtiyojlar ustuvorligidan kelib chiqadi,
~ 39 ~
qaysiki u odamlami yangi bilim va ko'nikmalami egallashga, atrof dunyoni
o'zlashtirishga, ishlab chiqarish va moddiy ne’matlami va xizmat ko'rsatishni
almasbuvi, vositalarini va ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish usuilarini ijtimoiy
- siyosiy va davlat munosabatlari, huquq normalarini o'zgartirishga
undaydi.
Shuningdek, harakat notekis tushkunliklar va yorib o'tishlar - nisbatan silliq,
evolyutsion rivqjlanish davrlari almashuvi, tarix progress avangardiga goh bir - goh
boshqa mamlakat, xalqlami chiqishi yuz beradi. Ayiian yo’lboshchilarda keskin
tafakkur faoliyatiga yo'naltirilgan inson ruhi parvozi kuzatiladi, parvoz jamiyatni
barcha sohalarini qamrab oladi, keyin uning intensivligi pasayadi.
Navbatdagi bosqich cho'qqisiga erishish jamiyat jamiyatda buzilish sjdir bo’ladi.
Tugatgan texnologik tizimlar va iqtisodiy shakllar tez o'sayotgan ehtiyojlami qondira
olmaydilar. Hukrrtron elita bu ziddiyatlami tashqi manbalar, boshqa hududlarni bosib
olish hisobidan yechishga urinadi; lekin bu tushkunlikni chuqurlashtiradi va
turgmlikka olib boradi. Ertami kechmi, baribir tushkunlik yuz beradi, ishlab
chiqarish kuchlarining bir qismini buzilishi va yo’qotishga, jamiyatni texnologik va
axloqiy degradatsiyasiga olib keladi. Lekin bir vaqtning o'zida yangilangan ba’zada
yangi yorib o'tish urug’i yetiladi. Bu yerda biz tarixiy sikllar tushunchasiga yaqin
kelamiz.
Shu asosida yangi sivilizatsiyalar yoki ulaming yirik bosqichlari shakllanadigan
tarixiy to'ntarishlaming episentrlari planeta bo'yicha ko'chib yuradi. Yangi
sivilizatsiyalar goh u yerda, goh bu yerda yulduz kabi yarqiraydi, keyin esa so'nadi.
Er. aw . I ming yillikda sivilizatsiyalaming epitsentrlari sharq dunyosida va unda
tutash O'rtayerdengizi
havzasida to'plandi. Eramizning II ming yilligida esa
Yevropaga ko'chib o'tdi, bu yerda vaqt o'tishi bilan industrial sivilizatsiya paydo
bo'ldi, keyin Shimoliy Amerika va butun planetaga tarqaldi. Hozir esa
Y.V.Yakovetsning fikricha yalpi to'ntarish epitsentri yana Sharqqa, Osiyo-Tinch
okeani hududi (Y aponiya, AQSh, Janubiy Koreya va boshqa industrial
mamlakatlarjga ko'chmoqda. G'arbiy Yevropa mamlakatlari yangi yuksalishga
yaqinlashmoqda. Yetakchi davlatlar bilan birgalikda jahon progressing ikkinchi,
uchinchi qatorida, yetakchilardan eng chekkada bir-ikki sivilizatsiyaga orqada qolgan
mamlakatlar mavjud. Oqibatda, yerda bir vaqtni o'zida bir necha sivilizatsiyalami
o'zida aks ettirgan bir necha mamlakatlar yonma - yon mavjud bo'lishi mumkin.
Vaqt jihatdan uzunligi bo'yicha va o'zgarishlar chuqurligi bilan quyidagi
tarixiy sikllami ajratish mumkin.
1.
Qisqa muddatli sikllar mamlakatlar, xalqlar, dunyoni taqdirini jiddiy
o'zgartirmay tarixiy progressing, yoki bu qayta aylanishida bir necha yilni qamrab
oladi.
2.
O'rta muddatli (10-20 yil) sikllar odamlar avlodlarining faol harakati
davrlarining almashuvi bilan mashinalar avlodining yangilanish, siyosiy tuzumdagi
o'zgarishlar, xalqaro ittifoqlardan shakllanishi va rivojlanishi bilan bog'liq
siyosatchilar, tadbirkorlar, olimlardan har bir avlodi dunyoni o'z tushunchasi
bo'yicha tasawur bilan keladi, o'z konsepsiyalari, o'z g'oyalarini o'matishga harakat
qilib, keyingi avlodga qandaydir jiddiyroq biror nima qoldirishni o'ylaydilar, shuning
uchun o'zgarishlar qisqa muddatli sikllar davridan ko'ra chuqurroq, lekin inson nasli
tipi, shuningdek, insoniyat hali qandaydir jiddiy o'zgarmaydi.
- 4 0 -
Rus olimi A.L.Chijevskiy o'rta muddatli sikllami noyob tadqiqini amalga
oshirdi. U 1924 yilda chop etilgan kitobida barcha kontinentlardagi 50 davlat va
xalqlardan er. aw . 500-yildan 1914
yilgacha 2414 yillik tarixini statistik
tadqiqotlarini xulosasini chiqaradi. Hisob birligi qilib tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan
ularning ikki nuqtasini oladi: boshlanish yili va keskinlikning oily nuqtasini oladi.
Tadqiqotlar bilan
ommaviy voqealami sonini siklik tebranishini (istoriometrik
sikllar) o’rtacha davri 11 yilda bo'lishini aniqladi. “Har yuz yilda tarixiy voqealar
roppa - rosa 9 marta yuz beradi... Umumiy tarix yoki insoniyatning harbiy yoki
ijtimoiy faoliyati o'rta arifmetik II yilga teng.” (53a. C.27). shu bilan birga sikl
tuzilishida to'rt davr aniq ajratiladi; minimal uyg’onish davrida (3 yil) o'rtacha 5 %
tarixiy voqealar to'g’ri keladi, uyg’onishni kuchayishi davrida (2 yil)-20 %,
maksiaml uyg’onish davrida (3 yil) - 15 % (o'sha yerda. C.29.)
A.L.Chijevskiy qat’iy o'rta muddatli istoriometrik sikllami quyosh faolligi sikli
tebranishlari bilan bog’laydi: “Yer sharining turli qismlarida bir vaqtni o'zida yuz
beradigan tarixiy voqealar miqdori, quyosh faoliyatining maksimumiga yaqinlashishi
bilan asta-sekin o'sib boradi, maksimumlar davrida ko'p sonliga yetadi, minimumiga
yaqinlashishi bilan kamayadi. Bu tarixiy voqealami har bir siklini yalpi - tarixiy
jarayon - umumiy deb hisoblashga imkon beradi. (O’sha yerda, C. 27). Bunday
sinxronlikni olim kishilami ruhiy faoliyatini intevsivligiga ularni uyg’onish
darajasiga, agressivligi, ommani o’ziga tortadigan g’oyalami ilgari suradigan
yo'lboshchilar orqasidan ergashishga tayyorligi quyosh faolligini bevosita ta’siri deb
tushuntiradi.
Qadimgi sivilizatsiyalaming paydo bo'lish poyasini o'zi quyosh ta’siri optimal
bo'lgan kengliklar bilan bog’langan: “Agar biz sivilizatsiyalaming paydo bo'lishi va
taraqqiyoti shart - sharoitlarini ko'zdan kechirganimizda, shunda aniq ko'ramizki
insoniyatning aqliy hayotining buyuk markazlari boshda harorat optimum bo’lgan
joylarda joylashadi. Bu madaniyatga tarqaladi: Xitoy, Bobil, Misr, Hind (jumladan
Qadimgi O'zbekiston), Antik, Arab (O'sha joyda C 21)
A.L.Chijevskiy o'zi kashf qilgan tarixiy jarayon qonuniyatini kelajakni bilish
uchun davlatlar, siyosatchilar amaliy faoliyatida foydalanishni taklif etdi.
U
foydalanishni shunday misolini keltiradi: “1927-1929 yillarda quyosh faoliyati
maksimumini kirishini taxmin qilish zarur... Ehtimol bu yillarda ijtimoiy-siyosiy
tartibning mavjud amallari oqibatida katta tarixiy voqealar yuz beradi, u yangidan
geografik xaritani o'zgartiradi.” (o'sha yerda C.69) Hozir biz bilamizki bu davming
oxirida jahon iqtisodiy tushkunligi yuz berdi, SSSR va Germaniyada totalitar
tuzumlami shakllanishi boshlandi.
Tabiiy sikllar, jumladan quyosh sikllarini odam hayot faoliyati va omma
faolligiga ta’siri shubhasiz. Lekin u albatta to'g’ri chiziqli bo'lmaydi, chunki
ko'pgina iqtisodiy va ijtimoiy - siyosiy omillaming ta’siri bilan shartlanadi, ulami
roli asta - sekin o'sib boradi, lokal sivilizasilaming o’ziga xos dinamikasi orqali
amlga oshadi. Shuningdek tarihiy sikinlari qisqarishning umumiy ananasiga ega
bo'ladi, buni quyosh sikllariga nisbatan aytib bo'lmaydi.
Quyosh siklning
davomiyligi 7 dan 16 yilgacha ancha uzoq oraliqda tebranadi, o'rta muddatli sikllar
ustida uzoq muddatli va yuqori uzoq muddatli sikllar turadi.
~ 41 ~
3.
Uzoq muddatli yarim asrli (agarda zamonaviy davr to'g’risida gapirganda)
tarixiy sikllar Kondratevning ‘4izun to'lqinli” nazariyasiga mos tushadi. “Uzun
to' lqinlar” iqtisodiy va texnika taraqqiyotida jamiyat hayotining chuqur qatlamlarida
sifat o'zgarishlari bilan yangi texnalogik ukladga, iqtisodiy - ijtimoiy, siyosiy
hayotdagi o’zgarishlar, sivilizasiyalarining o'z taraqqiyotida yangi bosqichga o'tish
bilan bog’liq. Ilmiy adabiyotda uzoq muddatli (Kondratev) sikllari hisobini iqtisodiy
taraqqiyotning
Do'stlaringiz bilan baham: |