turlicha bo‘lgan nurlanishlardan foydalanish mumkin. Bunday tadqiqotlarda
qo‘lga kiritiladigan ma‘lumotlar radioterapiya va radiodiagnostikada, ob‘ektlarni
24
2.3. Dozimetrlar
Nurlanishlar dozasi dozimetr deb ataluvchi asboblarda o‘lchanadi. U
yadroviy zarralarni qayd qiluvchi asbobdir. Konstruktiv jihatdan dozimetrlar
yadroviy nurlanish detektori va o‘lchagich qurilmalaridan iborat. Odatda ular
doza yoki doza quvvati birliklarida darajalanadi. Ba‘zi hollarda berilgan doza
quvvatining oshirilganini signalizatsiyalash ham nazarda tutiladi.
Detektorlarning turlariga ko‘ra dozimetrlarni ionizatsion, lyuminessent,
yarim o‘tkazgichli, fotodozimetrlar va boshqalarga ajratadilar.
Dozimetrlar birorta ma‘lum nurlanishni registratsiyalashga moslantirilib
yasalgan bo‘lishi mumkin.
Rentgen va
- nurlanishning ekspozitsion dozasini yoki uning quvvatini
o‘lchashga moslangan dozimetrlarga
rentgenometrlar deyiladi. Odatda ularda
detektor sifatida ionizatsion kamera xizmat qiladi. Kamera zanjiridan ´tuvchi
zaryad ekspozitsion dozaga, tok esa uning quvvatiga proporsionaldir.
Yutilgan dozani o‘lchaydigan dozimetrik asboblarga DRG-0,5 M, DKS-
0,4, «Bella» kabilar kirishi mumkin. Bulardan tashqari individual dozimetrlar
ham mavjud. Bunday dozimetrlarga DK-0,2 ni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
har bir individual dozimetr oldindan zaryadlangan silindrik ionizatsion
kameradan tashkil topgan. Ionlanish natijasida kamera razryadlanadi, buni
kamera ichiga montaj qilingan elektrometr yordamida qayd qilinadi. Uning
ko‘rsatishlari ionlovchi nurlanishning ekspozitsion dozasiga bog‘liq.
Dozimetrlarga o‘ziga xos bir necha talablar qo‘yiladi. Birinchidan,
dozimetr alohida zarrani emas, to‘liq zarralar oqimini qayd qilishi zarur.
Ikkinchidan, dozimetr yadroviy zarralar oqimi xarakteristikalaridan faqatgina
dozani o‘lchashi kerak. Uchinchidan, aniq dozimetrik o‘lchash uchun
moddadagi yadroviynurlanishning yutilgan energiyasi modda va nurlanish
turiga, shuningdek, nurlanish energiyasiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Dozimetrning
25
asosiy ishchi qismini ionizasion kamera, gazorazryad sanagich, fotoplyonkalar
va stsintilyatorlar tashkil qiladi.
Dozimetrlar 6 turga bo’linadi:
1.
Tashqi nurlanish dozasini o‘lchovchi dozimetrlar;
2.
α- va β- zarralar oqimini o‘lchovchi dozimetrlar;
3.
Inson yutgan dozani o‘lchovchi cho‘ntak dozimetrlari;
4.
Havoni radioaktiv gaz va aerozollar bilan ifloslanganligini
o‘lchovchi dozimetrlar;
5.
Suv va oziq-ovqt mahsulotlarining radioaktivligini o‘lchovchi
dozimetrlar;
6.
Havoning tashqi nurlanishini o‘lchovchi dozimetrlar;
Birinchi uchta dozimetrlardan keng foydalaniladi.