3.3. Yadro qurollari
Atom bomba.
Neytronlarning ko‘payish koeffisiyenti katta bo‘lgan
boshqarilmaydigan zanjir reaksiya atom bombasida amalga oshiriladi.
Energiya deyarli bir onda ajralishi (portlash sodir bo‘lishi) uchun reaksiya
sekinlatgichlarsiz tez neytronlarda amalga oshiriladi. Portlovchi modda sifatida
sof uran
U
235
92
yoki plutoniy
Pu
239
94
ishlatiladi.
Portlash sodir bo‘lishi uchun bo‘linayotgan metalning o‘lchamlari kritik
o‘lchamidan katta bo‘lishi kerak. Buning uchun bo‘linayotgan materialning
kritik o‘lchamlardan kichik bo‘lgan ikkita bo‘lagi tez birlashtiriladi yoki uning
bitta bo‘lagi shunday o‘lchamlargacha tez siqiladiki, bunda kamayayotgan sirt
orqali sizib o‘tayotgan neytronlar soni kamayishi natijasida bo‘lakning
28
o‘lchamlari kritik o‘lchamlardan katta bo‘lib qoladi. Har ikki usul ham oddiy
portlovchi moddalar vositasida amalga oshiriladi.
Bomba portlashida temperatura bir necha o‘n million kel‘vinga yetadi.
Temperatura bunday ortganda bosim haddan tashqaro ortib ketadi va qudratli
portlash to‘lqini yuzaga keladi. Ayni vaqtda kuchli nurlanish yuzaga keladi.
Bomba portlashidagi zanjir reaksiya mahsulotlari kuchli darajada radioaktivdir
va tirik organizmlar uchun katta xavf tug‘diradi.
Atom bombasi portlagan
bo‘lsa, yorug‘lik, issiqlik energiyalari birgalikda qo‘shma shikastlarni keltirib
chiqaradi.
Atom bombalari ikkinchi jahon urushining oxirida AQSH tomonidan
Yaponiyaga qarshi ishlatilgan. 1945 yilda atom bombalari Yaponiyaning
Xirosima va Nagasaki shaharlari ustiga tashlandi. Odamlarni ommaviy qirg‘in
qilishning bu aktiga hech qanday harbiy zaruriyat yo‘q edi, chunki bu vaqtda
Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi ravshan bo‘lib qolgan edi.
Vodarod bomba. Olimlarsun‘iy ravishda termayadro reaksiyasini amalga
oshirish usulini topdilar. Buning uchun termoyadroviy reaksiyada qatnashishi
lozim bo‘lgan modda (masalan H² va H³ aralashmasi) ichida atom bomba
portlatilsa bas. Atom bomba portlaganda juda qisqa vaqt ichida temperatura
~10
7
K ga yetib, deyteriy va tritiy birikadi, bunda energiya ajralib chiqishi
yanada kuchliroq portlash tarzida namoyon bo‘ladi. Portlashda vodarod
izotoplari qatnashganligidan bayon etilgan prinsipda ishlaydigan qurolga
vodorod bomba deb nom berilgan. Agar vodarod bombaning devorlariga U
238
izotop (ya‘ni tabiiy uran, chunki uning 99% i U
238
bo‘ladi) qoplansa,
termoyadroviy reaksiyada ajralib chiqadigan tez neytronlar U
238
yadrolarining
bo‘libishiga sabachi bo‘ladi Buning natijasida bombaning portlash quvvati
yanada ortadi.
6-jadvalda atom va vodarod bombalarining portlash episentridagi, bir
soat, bir kun va hokazo vaqt o‘tgandan keying radiatsiya aktivligi keltirilgan.
29
3.1jadval
Atom bombasi
Portlash
markazidagi
nurlanish,
Kyuri (Ki)
hisobida
Vodarod bombasi
10
13
10
12
10
11
10
10
10
9
10
8
10
7
10
6
10
5
10
4
10
3
10
2
Neytron bomba deb ataluvchi qurolda esa yadroviy sintez reaksiyasini
amalga oshishi uchun talab qilinadigan sharoit detonatorlik vazifasini bajaruvchi
atom bombani portlatish yo‘li bilan emas, balki boshqa usullar yordamida
vujudga keltiriladi.
Neytron bombani xarakterlovchi kriteriy sifatida termoyadroviylik
koeffisiyenti K
T
dan foydalaniladi. K
T
– yadroviy sintez reaksiyasida ajralib
chiqadigan energiyaning asosiy qismi (~80 %) neytronlarning energiyasi sifatida
Bir haftadan so’ng
Bir minutdan so’ng
Bir soatdan so’ng
Bir kundan so’ng
Bir haftadan so’ng
Bir yildan so’ng
10 yildan so’ng
100 yildan so’ng
Bir oydan so’ng
Bir soatdan so’ng
Bir kundan so’ng
Bir yildan so’ng
Bir haftaldan so’ng
Bir oydan so’ng
30
namoyon bo‘ladi (mazkur qurolnining neytron bombasi deb atalishining sababi
ham shunda). Shuning uchun neytron bomba portlaganda vujudga keladigan
zarb to‘lqini anchagina kuchsiz, lekin nurlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi.
Neytronlar muhit atomlarining elektron qobiqlari bilan bevosita ta‘sirlashmaydi.
Lekin muhit atomlarining yadrolari bilan ta‘sirlashuvi tufayli zaryadli zarralar,
γ-kvantlar va radioaktiv yadrolar hosil bo‘ladi. Bular esa, o‘z navbatida, boshqa
atomlarni ionlashtiradi. Shuning uchun odam organizmiga neytronlarning ta‘siri
tirik to‘qimalarning atom va molekulalarini ionlashtirishdan iborat bo‘ladi.
Ionlarning aktivligi o‘zgacha bo‘lganligi uchun sog‘ organizmda salbiy ta‘sir
ko‘rsatuvchi ximiyaviy birikmalar vujudga keladi. Yadroviy nurlanish, xususan,
neytronlar ta‘siridaba‘zi murakkab molekulalar, birinchi navbatda ilik, so‘ngra
qon hosil bo‘lish jarayonini, ayniqsa markaziy nerv sistemasining to‘qimalari
zararlanadi. Ovqat hazm qilish yo‘li va jinsiy a‘zolarning hujayralari ham
shikastlanadi. Nurlanishlarning tirik organizmga ta‘siri to‘g‘risida quyidagi
tajriba yetarlicha tasavvur beradi: maymunlar uzoq vaqt davomida kuniga olti
soatdan chambarak aylantirishga, o‘n minutda aylantirgandan keyin besh minut
dam olishga o‘rgatilgan. Bunday mehnatdan ular mutlaqo charchamagan.
So‘ngra maymunlarga neytron gamma nurlanish bilan ta‘sir etilgan. Nurlanish
ekvivalent dozasi 46 zivert (1Zv=1J/kg) bo‘lgan. Nurlanishdan besh sekund
o‘tgach, maymunlar yana chambarak aylantirishga undalgan. Lekin ularning
80% i 8 minut ichida ish qobiliyatini butunlay yo‘qotgan. Nurlangandan so‘ng
7’132 soat ichida barcha maymunlar halok bo‘lgan.
Shuni alohida qayd qilmoq lozimki, quvvati o‘n kilotonna bo‘lgan
neytron bomba (bunday bombadagi deyteriy-tritiy aralashmasining massasi 130
grammga teng) portlatilganda portlash markazidan bir kilometrcha masofadagi
ochiq yerda joylashgan odamlarga xuddi yuqorida bayon etilgan tajribadagidek
nurlanish ekvivalent dozasi ta‘sir etadi.
Yadro quroli yaratilishi munosabati bilan urushda g‘alaba qozonish
mumkin bo‘lmay qoldi. Yadro urushi insoniyatni halokatga olib kelishga
31
qodirdir, shuning uchun jahondagi barcha xalqlar yadro qurolini ta‘qiqlash
uchun astoyidil kurash olib bormoqdalar. 2-sxemada yadro qurollarini sinash va
ishlatish natijasida atmosferaning ifloslanish darajasi yillar hisobida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |