32
3.4. Atom energetikasi
Bunday energiyadan tinch maqsadda foydalanish butun insoniyat uchun
katta foyda keltirishi mumkin. Buning uchun Atom energiyasidan foydalanib
Atom elektrostansiyalari (AES) qurish ulardan juda katta miqdordagi elektr
energiya ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Atom energiyasidan
foydalanish Butun dunyo agentligining xabar berishicha, 1985 yilning oxirida
dunyoning 26 ta mamlakatida atom elektrostansiyalarida umumiy quvvati
248577 MVt bo‘lgan 374 reaktor ishlab turgan.
1975 yildan boshlab dunyoda atom elektrostansiyalarida ishlab
chiqarilgan elektroenergiya umumiy ishlab chiqarilgan elektroenergiyaning 5,3
foizini, 1985 yilda esa 15 foizini tashkil qildi. Yaponiyada esa, atom
elektrostansiyalarida ishlab chiqarilgan energiya 1975 y. da umumiy
elektr energiyaning 6,1 % ini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 26 % gacha
ortdi. Umuman so‘nggi 10 yil ichida dunyoda atom elektrostansiyalar
qurilishiga katta e‘tibor berilmoqda. Shu kunlarda dunyoda yana 224 reaktor
qurilmoqda.
Hindiston hukumati xalqning turmush darajasini ko‘tarish uchun atom
energiyasini ishlab chiqarishni kamida 10 marotaba orttirish zarurligini aytdi.
AQSH olimlarining aytishicha, AQSH xalqini hozirgi kundagi turmush
darajasini saqlab qolishni atom energiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Fizik
olimlarning
uqtirishicha,
pirovardida,
kishi
salomatligi
uchun
atom
energiyasining ta‘siri juda kam. Gaz, neft va kumir yoqib energiya olinganida
kislotali yomgirlar yog‘ishi, kishining nafas olish organlarini kasallanishi va
umuman havoni temperaturasini ko‘tarilib «issiqlik effektini» vujudga kelishi
mumkin.
Shu bilan birga termoyadro reaktori ichidagi noyob sharoit — yuqori
harorat va kuchli neytron nurlanishni vujudga keltiradigan boshqa sharoitda
sodir bo‘lmaydi. Bundan, albatta, foydalanib qolish kerak. Masalan, yuqori
33
temperatura yordamida termoyadro reaktorini birinchi devori yonida suvning
termik parchalash orqali vodorod ishlab chiqarish mumkin. Olingan vodorodni
keyin benzin o‘rniga yoqilg‘i sifatida ishlatish mumkin.
AES dagi issiklik energiyasini elektr energiyaga aylantirishning ikkita
konturdan iborat bo‘lgan prinsipial sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Birinchi AES ning ishlash jarayonini kuzatishlar atom energiyasidan elektr
energiya olishda foydalanish mumkinligini ko‘rsatibgina qolmay, shu bilan
birga keyinchalik katta quvvatli AES larni qurishda baza bo‘lib xizmat qildi.
To‘plangan
tajriba
natijalari
atom
energiyasining
kelajagi
uchun
sekinlashtiruvchi va issiqlik uzatuvchi moddasi oddiy suvdan iborat bo‘lgan
korpusli reaktorlar va uran-grafit tipidagi reaktorlar maqsadga muvofiq deb
topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: