O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

 
Dars o’tish vositalari:
(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy 
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli 
lug`atlar) 
Dars o’tish usullari:
Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni 
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan 
holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan 
mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida 
berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Amir Temur va Temuriylar davrida ilm-
fan taraqqiyoti va madaniyat mavzusining ob’ekti, predmeti va vazifalari borasida 
tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada 
o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita 
bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish. 

Darsning xrono kartasi – 80 minut.

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, 
talabalarning davomati – 2 minut 

Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut 

Yangi mavzu bayoni – 50 minut

Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut

sinov savollar namunasi – 10 minut 

Uyga vazifa berish – 3 minut 


138 
Temur va temuriylar davrida ma'naviy madaniyat, ilm-fan g’oyat darajada 
rivojlanadi. Taniqli filolog olim Ochil Tog’aev "Oltin daraxt" maqolasida: "O`rta 
Osiyo-da madrasa ta'limi X asrlarda paydo bo`lgan, ammo uning haqiqiy mukymmal 
rivoji Amir Temur" davriga to`g’ri keladi. Ba'zi etaibalarda uni sharqda oliy 
talimning asoschisi, deb ataydilar. Amir Temurning g’arbiy, nazariy va amaliyot 
sohasidagi kashfiyotlarining o`zi dorilfunun-dir"', deb ta'kidlaydi. Milliy 
madaniyatimiz muxoliflari Temur va temuriy-lar davrida o`lkamizda fan va 
madaniyatning ravnaq top-ganligini Sohibqironning harbiy safarlari chog’ida xo-rijiy 
yurtlardan fan, adabiyot namoyandalarini ko`chirib, Samarqandga olib kelganligi 
bilan bog’laydilar. Albatta, bu narsa hech qanday mantiqqa to`g’ri kelmaydi. Chunki, 
birinchidan, Amir Temurga u qadar ham Turonzamindan dunyoni o`zlarining 
qomusiy 
ilmlari 
bilan 
lol 
qoldirgan 
buyuk 
alloma 
va 
siymolarning 
etishib^chiqqanligidir. Bular Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Al-Beruniy, Al-Farg’oniy, 
Abu Ali ibn Sino, Al-Buxoriy, As-Samarqandiy, Ash-Shoshiy, Al-Javhariy va 
boshqalardir. Ikkinchidan, Amir Temurgacha ham juda ko`p mamlakatlarni zabt etib, 
ming-minglab ustalar, olimlarni o`z yurtiga asir kilib olib ketgan jahongirlar bo`lgan, 
ammo u erlarda madaniy hayotda o`zgarish deyarli bo`lmagan. Tarixiy manbalarning 
guvohlik berishicha, 1221 yilda mo`g’ullar Bugok Xorazm-Shohlar yurtini egallab, 
shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirib, aholini . qirrg’in qilganlar'va yuz minglab 
eng zo`r ustalar, me'morlar, olim va mutafakkirlarni Chingizxon saltanatining poytaxti 
Qoraqurumga olib ketganlar. Bo`lib o`tgan voqealardan 30-40 yilcha keyin 
Qoraqurumda bo`lgan 
italiyalik sayyohlar bu erda qariyb 2 million turli millatlarga mansub ustalar, olim va 
donishmandlarni ko`rganlar. Biro.k ana shu olimlar, donishmandlar, hunarmand va 
ustalar o`zlaridan so`ng Qoraqurumda biror-bir xotira qoldirdilarmi Yo`q, albatta. 
Unda Temur zamonasida va undan keyingi davrda Turon yurtida ilm-fan, 
adabiyot va xullas, ma'naviy madaniyat-ning bu darajada barq urib rivojlanganligi-
ning sababi nimada? Buning sabablari quyidagilardir . Amir Temurning o`zi o`qi-
mishli, savodxon va ma'ri-fatparvar inson bo`lgan. Faqat o`qimishli, savodli va 
ma'rifatparvar insongina olimu ulamo va ziyoning yurt taraqqiyoti va el farovonligi 
hamda madaniy jabhadagi qadrini biladi. 
. O`z ona tilidan tashqari fors va mo`g’ul tillarini yaxshi bilgan Amir Temur 
mamlakati taraqqiyotida, xalqning madaniy va ma'naviy kamolotida ilm-fan va ma'ri-
fatning ahamiyatini juda-juda qadrlardi. Shu bois ulug’ amir o`z yurtida bo`lsin, 
harbiy yurishlar qilib bor-gan mamlakatlarida bo`lmasin, ularning millati, irqidan qat'i 
nazar, kasb-hunar egalari, ustalar, me'morlar, olimu fuzalolar, adabiyot va san'at 
arboblarini juda-juda qadrlar, ular bilan doimo maslahatlashar, ularning fikr va 
xulosalariga doimo quloq solar edi. Ma'na-viy madaniyat xodimlarining, ishlash, 
yashash va ijod qilish-lari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berardi. Bu o`rinda 
"Temur tuzuklari"da quyidagilarni o`qiymiz: "Ettinchisi - sayyidlar, ulamo-yu 
mashoyix, oqilu dono-lar, muhaddis'lar, xabarchilar ni tanlangan e'tiborli odamlar 
hisoblab, izzatu xurmatlarini joyiga qo`ydim. Sakkizinchi toifa - hakimlar, tabiblar, 
munajjim-lar va muhandislarki, ular saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni 
o`z atrofimga to`pladim". 


139 
Tarixchi Ibn Arabshoh haqiqatni tan olishga majbur bo`lgan: "Temur olimlarga 
mehribon bo`lib, sayyidu sharif-larni o`ziga yaqin turardi. Ulamolar va fozillarga 
to`la- ' Muqaddis - Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati, diniy va axloqiy 
ko`rsatmalari haqidagi rivoyatlarni to`plash bilan shug’ullanadigan olimlar. to`kis 
izzat ko`rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko`rardi. Ularning 
har birini o`z ^martabasi-ga qo`yib, o`z ikromu xurmatini unga izhor etardi. Ularga 
risbatan o`z muruvvati bisotini yoardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. 
Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insofu xishmat bo`lardi... 
....Temur tarixlari, xudoning rahmati va sa-lomi bo`lur anbiyolar qissalarini, 
podshoxlar siyrat-lari va o`tgan salaflar haqidagi hikoyatlarni doimo - safarda ham, 
xadarda ham o`qitib, qunt bilan tinglar edi" .Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" 
asarida Amir Temurning olim-ulamolar bilan bo`lgan suhbatlaridan bi-rini keltiradi. 
Amir Temur yig’ilganlarga qarata muro-jaat qiladi: "Fan va dinning mashhur kishilari 
o`z maslahatlari bilan podshoxlarga yordam berib kelganlar, siz-lar esa menga 
nisbatan bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o`rnatish, 
tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash, yurtimiz-da 
qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlanti-rishdir. Sizlar bu ishlarni amalga 
oshirishda menga o`z maslahatlaringiz bilan ko`maklashishingiz kerak. Mamla-
katning ahvoli, devonning suiiste'mol qilingashdagi va qilinayotganligi, oddiy 
odamlarning joylardag^?o!shy?Mf tomonidan qisib qo`yilishi kabi holler hammadan 
ko`ra sizlarga ayondir. Shular haqida ma'lumot bersangizlar, bu kabi adolatsiz ishlarni 
bartaraf etuvchi hamda shariat va qonunlarga muvofiq chora-tadbirlarni aytsangizlar 
yaxshi bo`lurdi". U o`z aytganlariga amal qilib, lavozim-larini suiiste'mol qilgan o`g’li 
Mironshohni va nabirasi Pirmuhammadni xalq oldida qattiq jazolaydi, so`ngra 
Mironshohni lavozimidan ham pastlatgan. -" Albatta, Amir Temur yurtida ilm-fan 
ahli, ijodkor uchun yaratilgan bunday shart-sharoit, g’amxo`rlik tufayli Samarqand 
dunyoning ma'rifat markazlaridan biriga ayla nadi va uning dovrug’i doston bo`ladi. 
Buni eshitgan, ilm-fanga havas qo`ygan ijodkorlar o`z ixtiyor va tashabbuslari bilan 
ma'rifat markazi Samarqandga kela boshlaganlik-lari ehtimoldan ko`ra haqqiatga 
yaqindir. Ashraf Ahmedov XIV asrniyg o`rtalarida Qozizoda Rumiy Turkiyanin 
Bursa shahridan o`z ixtiyori bilan Samarqand shahriga kelganligini hikoya qiladi. 
Ammo bu bnlan biz ilm-ma'rifat va ijod ahl-yaarini Amir Temur o`z poytaxtiga olib 
kelganligini iikor etmoqchi emasmiz. Chet mamlakat-lardan Samarqandga olib 
kelingan olimlar orasida Xu-somiddin Ibrox>Ishshoq Kermoniy singari tabib, mavloio 
Ahmad kabi falakiyotshuios va boshqalarning bo`lganligi bu fikrimizga dalildir. 
Ammo Amir Temur bunday ijod-korlarni poytaxtiga olib kelib gunohi azimga
botmagin va xato qilmagan demoqchimiz. Buyuk Sohibqiron tufayli, uning e'tibori, 
saxiyligi va Samarqandda ilm-fan, adabiyot taraqqiyoti uchun shart-sharoit 
yaratganligi eva-ziga bunday tafakkur va qobiliyat egalari jahonga tanilib mashhur 
bo`lgan bo`lsalar, ne ajab.Xullas, aytmoqchisizki, Temur va temuriylar zamonasi-da 
Turoizamin o`lkasida fanning barcha sohalari gurkirab o`sadi, tabiiy va gumanitar 
fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar etishib chiqadi, ular jahon madaniyati va 
faniga munosib hissa qo`shadilar. Xalq xo`jaligining turli tarmoklarini rivojlantirish 
aniq fanlarning rivojlanishini talab qilgan bo`lsa, jamiyatiing ma'na-viy ehtiyoji 
gumanitar fanlarning taraqqiyotini talab etardi. "^Temuriylar davrida ayniqsa 
falakiyotshunoslik faii yuksaladi. Bu o`rinda Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin 


140 
Jamishd va Ali Qushchilar ijodining kamolot cho`qqisiga ko`tarilganligini ta'kidlash 
joiz. Gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishi-ladi. Tarix ilmi bobida 
sohibqiron Amir Temurning harbiy zafarli yurishlarini o`zining "Zafarnoma" asa-rvda 
yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy, "Zubdatut tavorix" asarining muallifi Hofizi Abro`, 
"Matlaus-sa'dayn" ni yaratgan Abdurazzoq Samarqandiy, 7 jildli "Ravzat us-safo" 
muallifi Mirxoyd, "Xulosat-ul axbor" ,"Habib us-siyar" asarlarining muallifi 
Xondamir, "Badoyiul-vaqoe" asarini yozgan Zayniddin Vo-: sifiy va boshqalar 
barakali ijod qiladilar. Badiiy ijod va tilshunoslikda Abdurahmon Jomin, Alisher 
Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy va boshqalar yuksaklik 
martabasiga erishadilar.'
Mirzo Ulug’bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat taraqqiyotiga eng 
ko`p va salmokli xissa qo`shgan hukmdordir. U Samarqandda birinchi falakiyot-
shunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Bu so`zlar 
rivoyat yoki afsona emas, balki jahonning ulug’ allomalari tomonidan tan olingan 
haqiqatdir. Ulug’bek akademiyasini tan olgan va dunyoga taratgan kishi - bu fransuz 
yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volterdir. Bo`riboy Ahmedov o`zining "Ulug’bek" 
kitobida Volterning quyidagi so`zlarini keltiradi: "Transoksia-nada uning o`rniga 
taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, er 
kurrasini o`lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi"'.
Chindan ham Ulug’bek tomonidan qurdirilgan rasadxona o`z davrining akademiyasi 
bo`lgan. Tarixchi olim, professor G. A. Hidoyatov bu haqda haq gapni aytgan: 
"Samarqandda barpo etilgan Ulug’bek rasadxonasi ulkan madaniy yutuq bo`lgan 
ediki, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona o`sha davrda 
ham, undan ancha. keyin ham yaratilmadi. Rasadxonada 1018 ta yulduz tasvirlangan 
katalog tuzildi, yulduzlarning belgisi o`ndan to`qqizigacha aniq bo`lgan turish 
burchaklari sinuslari va tangenslari natural qiymatlarining jadvallari, shuning-dek er 
hududidagi ko`p sonli nuqtalar koyrdinatalarini qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi. 
Rasadxonada Ulug’bekning bevosita rahbarligida o`tkazilgan ishlar uning 
matematika, geometriya va fala-kiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi 
ekanligi-dan guvoxlik berar hamda bir qancha amaliy vazifa-lar echimi uchun katta 
ahamiyat kasb etardi". Ulug’bekning bilimdonligi va mahorati to`g’risida G’iyosiddin 
Jamshid Koshiy 1417 yili Samarqanddan ota-siga yozgan xatida quyidagilarni 
ta'riflagan: "Allohga va ne'matlariga ko`p shukurlar bo`lsinkim, eti iqlim-nyng 
farmonbardori islom podshohi donishmand kishi-^urlar. Men bu narsani odob rasmi 
yuzasidan aytayotganim yo`q. Haqiqat shuki, avvalo u kishim Qur'oni Karimning 
aksariyat qismini yoddan biladilar. ... Arab tilining tarixim, Ulugbek rasadxonasining 
maketi. nahv va sarfini yaxshi biladilar va arabchadan g’oyat yaxshi yozadilar. 
Shuningdek, u kishi fiqhdan ancha xabardor-lar: mantiq, ma'nolarning bayoni va 
usullaridan ham xabardorlar. U kishim riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini 
mukammal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko`rsatganlarki, kunlardan bir kun 
otda ketayotib, 818 rajab oyining o`ninchi va o`n beshinchi - kunlari orasidagi 
dushanba kuni yil mavsumining qaysi kuniga munosib kelishini aniqlashni istadilar. 
Shunga ko`ra, otda ketayotib, xayoliy hisob bilan quyoshning taqvimi bir daraja va 
ikki da-qiqa ekanligini topdilar. Keyin otdan tushgach, bu Bandai bechoradan so`rab 
oldilar... 


141 
...Inson bino bo`lganidan beri shu kungacha hali hech kimsa bu qadar aniq 
hisoblay olmagan edi. Qisqa qilib aytmoqchimanki, u kishi bu fan sohasida g’oyat 
katta mahoratga erishganlar, yulduzshunoslikka taalluqli amallarni yaxshi 
bajaradilar va chuqur dalil-lar bilan xuddi keragidek isbotlaydilar. "Tazkira" va 
"Tuhfa"dan shu qadar zo`r dars o`tadilarki, ularga hech qanday Qo`shimcha qilishning 
hojati qolmaydi". 
Ulug’bek akademiyasida 1417 yilda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 
olimlarning so.ni 100 dan oshib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattot-lar, 
musavvirlar, geograflar bor edi. Xususan, falakiyot va matematika sohalari olim-lari 
sharafliroq va obro`-liroq hisoblanganlar. Ay-niqsa, bu borada Ulug’bek, Qozizoda 
Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug’bek-ning sodiq shogirdi Ali Qushchi, 
Mavlono Muhammad Havofiylar eng salobatli va nufuzli bo`lganlar. Ulug’bek 
madrasasi darsxonalarida o`quv mashg’ulotlari-ning boshlanishi 1420 yilga to`g’ri 
keladi. Vosifiyning bergan ma'lumotlariga qaraganda madrasaning birinchi 
mudarrisligiga Mavlono Muhammad Havofiy tayinlangan. Madrasa bitishga yaqin 
qolganda qurilishda mehnat qilayotganlar bu erga tashrif buyurgan Ulug’bekdan kim 
mad-rasaga mudarris etib tayinlanadi deb so`rashgan. Savolga javoban Ulug’bek 
mudarrislikka barcha ilmlardan xabardor kishini topajakligini aytadi. Shunda oddiy 
xizmatkorlar qatorida g’ishtlar orasida eski kiyimda o`tirgan Mavlono Muhammad bu 
lavozimga men munosibman, deb o`zini ta-nishtiradi. Ulug’bek Mavlono 
Muhammadni imtihon qiladi. Mavlono Muhammadning javoblaridan to`la qoniqish 
hosil qilgan Ulug’bek uni hammomga olib borib yuvinti-rib, kiyintirishga farmon 
beradi. Madrasa ochilishidagi birinchi ma'ruzani Mavlono Muhammad o`qiydi. 
Ma'ruzaiipg mohiyati shu qadar ilmiy va murakkab bo`lganki, uii hozir bo`lgan 90 
olimdan faqat Mirzo Ulug’bek bilan Qozizoda Rumiy tushungan, xolos. Madrasada 
ilohiyot ilmlaridan tashqari, riyoziyot ,handasa ,ilmi hay'at ,tibbiyot ,tarix, geografiya, 
ilmi aruz singari dunyoviy ilmlar ham o`qitilgan. Mirzo Ulug’bekning avlodlariga 
qoldirgai ilmiy mero-si - asarlariga kelsak, ular son jihatidai ko`p emas. Ularning eng 
asosiysi "Zij"i bo`lib, bu asar "Ziji Ulug’bek", "Ziji Guragoiiy" nomlari bilan 
mash?ur. Undan tashqari Ulug’bek matematikaga oid "Bir daraja sinusni aniqlash 
haqida risola", falakiyotshunoslikka oid "Risolai Ulug’bek, arba' ulus" va musiqiy 
ilmlarni, tarix ilmiga bag’ishlangan "Tarixi o`z ichiga olgan "Risolai' dar ilmi 
musika" kabi risolalarini yozgan. 
Ulug’bek "Zij"i o`zining tarkibiga ko`ra, VIII - XI asr-larda boshlangan falakiyot 
ilmiga oid an'anani davom ettirgan bo`lsa-da, uning ilmiy saviyasi va pokonasi ilga-
rigi "Zij"lardan ancha yuqori bo`lgan. Bu asar kirish qism, muqaddima va to`rt 
maqoladan iborat. Ulug’bek asarning kirish qismida Qur'ondan oyatlar keltirib, 
falakiyotga oid kuzatishlarning zarurligini 
nazariy jihatdan asoslamoqchi bo`ladi. 
"Zij"ning birinchi kitobi etti -bobdan iborat bo`lib, u eralar va kalendarlar 
masalarariga bag’ishlangan. Ikkinchi kitob 22 bobdan iborat. Unda matematika va 
sferik falakiyotshunoslik muammolari ustida so`z boradi. Undan tashqari.ana shu 
ikkinchi kitobda va uchinchi kitobda sinuslar va tangenslar jadvallari keltiriladi. 
Kitobning to`rtinchi bobida Ulug’bek ekleptikaning g’miqdorini keltiradi. "Zij"ning
uchinchi kitobi 13 bobdan iborat bo`lib, faqat falakiyotshunoslik masalalariga 
bag’ishlangan. Bunda quyosh, Oy va besh sayyoraning harakatlari haqida oso`z 


142 
boradi.Ulug’bek asarining oxirgi - to`rtinchi kitobi ikki bobdan iborat bo`lib, u asosan 
ilmi nujumga ba?ishlangan. Tarixchi olim Abdulahad Muhammadjonov Ulug’bek 
jadvallari to`g’risida bunday deb yozadi: "Ulug’beknipg a^stro-nomik jadvali o`sha 
zamondagi shunga o`xshash jadvallar orasida yuksak daral<.ada anshsligi bilan 
ajralpb turadi. Masalan, falak alburj tskisligining xatti istivoga og’maligi Ulug’bek 
jadvalida 23 daraja, 30 da?i?a, 17 soniyaga teng bo`lib, hozirgi hisob bo`ypcha u 23 
daraja, 30 daqiqa, va 49 soniyani tashkil etadi. Bu ikki raqam o`rtasidagi tafovut 
hammasi bo`lib, minus 32 sopiyaga teng, xolos. Shuningdek, Ulug’bekning yil 
hisobini hozirgi aniq, hisob-kitoblarga solishtirgudek bo`lsak, u bor-yo`g’i 1 daqiqayu 
2 soniyaga farq qiladi. Bular XV asr uchun g’oyatyuksak aniqlik bo`lib, hozirgi zamoi 
o`lchovlariga juda yaqindir"1. Ulug’bekning "Risolai Ulug’bek" asari hali o`rgapkl-
magan. Bu noyob asarning o`rganilishi Ulug’bek ijodiiipg.. yangi qirralarini 
ochishga yorday beradi. Buyuk olimning "Tarixi arba' ulus" asarida turk-larning 
avlod-ajdodlari, mo`g’ul qabilalari hamda Chingiz-xon vafotidan keyin tashkil topgan 
Ulug’yurt, Jo`chi, Chig’atoy va Elxoniylar ulusining tarixi berilgan. 
Ulug’bek akademiyasining ko`zga ko`ringan namoyandala-ridan biri G’iyosiddin 
Jamshiddir. Ulug’bek bylan ham-nafas ijod qilgan Jamshid "Ziji hoqoniy", "Bog’lar 
sayri" va "Osmon narvoni", matematikaga bagishlangan "Xorda va sinuslar haqida 
risola", "hisob kaliti" va "Doira haqida risola" asarlarini yozgan. 
Mirzo Ulug’bekning yana bir safdoshi Qozizoda Rumiy-dir. Ulug’bek unn 
ustozim deb e'zozlaydi. Zero, Rumiy 1360 yilga yaqin tugilgan bo`lib, 20-25 yoshlar 
atrofida, ya'ni Ulug’bek tug’ilmasdan ilgari Samarqandga kelgan va Temur safiga 
o`tgan. Shu bois Ulug’bek Qozizoda Rumiy, Mavlono Ahmad kabi zamonasining 
buyuk falakiyotshunos-lari ta'sirida shakllanadi va uning bu fanlarga qiziqishi ortib 
boradi. 
Ulug’bek akademiyasining iste'dodli vakillaridan yana biri Ulug’byokning 
ishonchli va srdiq shogirdi Ali Qush-chidir Ulug’bek Ali Qushchi Samarqandiyni o`z 
o`g’illari Abdullatif va Abdulazizlardan azizroq va qadrliroq hisoblar va uni "farzandi 
anjumand" der edi. Ali Qushchi zamonasining Ptolomeyi deb nom olgan. Uning 
falakiyot, arifmetika va algebraga oid oltita asari bor. Ali Qushchi falsafa ilmining 
katta 
bilim-doni bo`lib, butun dunyo moddiy zarrachalardan tashkil topgan deb hisoblaydi. 
1449 yilda Ulugbekning fojiali o`limidan so`ng u tuzgam akademiya ham tarqalib 
ketadi. Ali Qushchi ham Samarqanddan Tabrizga boradi, u erdan 1473 yili Istan-bulga 
o`tadi. Turkiya sultoni Muhammad Fotih uni katta hurmat bilan qarshi oladi. Ali 
Qushchini Ae Sofiya mad-rasasiga bosh mudarris etib tayinlaydi. Ali Qushchi bu erda 
rasadxona Qurdiradi, "Zij"ini Turkiyada tarqatadi. Turkiya orqali "Zij" Yevropaga 
tarqaladi. Bugungi kunda "Zij"ning dunyoda 120 ga yaqin forsiy va 15 dan ortiq 
arabiy nusxalari mavjud. Ulug’ olim Ali Qushchi 1474 yil 17 dekabrda olamdan 
o`tadi. Uning qabri Ayyub Sulton qabristonidadir. Shunday qilib Mirzo Ulug’bek 
jahon fani va mada-niyati taraqqiyotiga buyuk hissa qo`shadi. Tarixchi olim Bo`riboy 
Ahmedov aytganidek, Mirzo Ulug’bek "...tirikli gidayok o`ziga haykal o`rnatib 
ketdi"'. Ulug’bek "Zij"n buyuk –bir falakiyotshunoslikka oid asar bo`lib, u o`rta 
asrlarda va undan ancha keyin ham Hindistondan to Atlantika okeanigacha 
bo`lgan hududda falakiyotshunoslikning rivoj-lanishiga ulkan naslidir.


143 
Xullas, millatimiz faxri hisoblanmish Mirzo Ulug’bekning nomi asrlar osha 
avlodlarimizning dunyoqarashini hakllantirishda faxrlanish, vatanparvarlik 
g’oyasining ma'naviy ozuqasi bo`lib xizmat qilaverishiga ishonchimiz komildir. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish