O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

Tarixshunoslik 
Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida tarixshu-noslik fanining ham buyuk 
namoyandalari etishib chiqadi. Bunga shaxsan sohibqiron Amir Temurning tarix 
faniga bo`lgan katta hurmat va e'tiqodi sabab bo`lgan bo`lsa ajab emas. XV asrda 
tarix ilmi sohasida yozilgan asarlarna sanab ko`rsatishning o`zi 
temuriylar davrida bu tarmog’ning ne-chog’lik taraqqiy etganligidan. Guvohlik 
beradi. Ana shuiday tarixiy manbalar ichida hozirgacha etib kelgan, fors tilida 
yozilgai Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma". X,ofizi Abro`ning "Zubdat at-
tavorix", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Fasiq Ahmad Havofiyning 
"Mujmali Fasiqiy", Abdurazzoq Samarqandiyning "Mat-la us-sa'dayn", Mirxondning 
"Ravzat us-safo", Xondamir-ning "habib us-siyar" va Ibn Arabshohning arab tilida 
yozilgan "Ajoyib al-makdur fi tarixi Taymur" asarlari-dir. Bu ro`yxatga yana 1404 
yilda Samarqandga, Amir Temur huzuriga tashrif buyurgan ispan sayyohi Rui Gon-
zales de Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. YUqorida 
nomlari sanab o`tilgan asarlar orasida ?ofizi Abro`ning "Zubdat at-tavorix" va 
Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafar-noma"si tarixiy kechinma va voqealar bayoii-ning 
izchilligi va batafsilligi bilan ajralib turadi. Sharafiddin Ali Yazdiyning 
"Zafarnoma" asarida sohibqiron Amir Temur tarixiga oid ma'lumotlardan tashqari 
Temurdan oldingi o`tgan davr tarixi haqida ham bag’oyat qiziqarli ma'lumotlar 
berilgan. Muallif bu asarni temuriylardan Shohruhning o`g’li Ibrohim Sul-tonning 
tashabbusi bilan yozgan. Ibrohim Sulton bobosi Temur haqida maxsus kitob 
yozdirishni niyat qilgan va 1419-1420 yillarda turli kotiblar - baxshi va munislar 
tomonidan Temur haqida turkiy hamda forsiy tilda yozil-gan mavjud ma'lumotlarni 
to`plash haqida farmon bergan. To`plangan ma'lumotlar bo`lgan voqealarni o`z ko`zi 
bilan ko`rgan kishilar hikoyasi bilan taqqoslangan, so`ngra Sharafiddin Ali Yazdiyga 
bu hujjatlar bilan tanishish va Ibrohim Sultonga axborot berish topshirilgan. Taniqli 
sharqshunos olim Asomiddin O`rinboev "Sharq yulduzi" jurnalining 1992 yil 3- 
sonida bosilgan "Temu-riylar davriniig nodir yodgorligi" maqolasida hikoya qiladi: 
"Zafarnoma"ning Temur tarixidan bahs etuvchi asosiy qismida Sharafiddin Ali 
Yazdiy shunday yozadi: "Podshoxlikiing barcha tomonlaridan Temur haqidagi turkiy 
va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma she'riy hamda nasriy nusxalari 
to`p-lanib bo`lgach, ular bilan tanishish uchun uchta guruh tu-zilgan, turkiy va forsiy 
tillarning bilimdonlari ikki guruhni, voqealarni o`z ko`zlari bilan ko`rganlar esa bir 
guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur xaqidagi har bir hikoya o`qilgan, agar u voqea 
bayoni o`z ko`zi bilan ko`rgan kishining talqiniga to`g’ri kelmay qolsa, Ibrohim 
Sulton haqiqatni topish uchun turli shaharlarga choparlar yuborib, mazkur voqeani 
Temurning boshqa zamondoshlaridan surish-tirgan yoki qo`shimcha ma'lumotlar 
to`plagan. Ibrohim Sul-ton aytib turgan va asarning dastlabki xomakisi qalamga 
olingan. Ana shu asosda Sharafiddin Ali "Zafarnoma" asarini yozgan. Ibrohim 
Sultonning buyrug’iga muvofiq kitobpi bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular ora-
sidagi masofa haqidagi barcha ma'lumotlar juda sin-chiklab tekshirilishi shart 
bo`lgan". 


144 
"Zafarnoma" 
asarini 
yozishda 
Sharafiddin 
Ali 
Yazdiy-ning 
shaxsiy 
kuzatishlaridan ham keng foydalanilgan. Muallifning rejasi va niyatiga ko`ra, asar 
muqaddima va uch maqoladan iborat bo`lishi lozim edi. Birinchi maqolani Temurga, 
ikkinchisini Shohruhga va uchinchisini Ibrohim Sultonga bag’ishlashga 
mo`ljallangan. "Zafarno-ma"ning faqat birinchi qismi bizgacha etib kelgan, xolos. 
Boshqa ikki maqola esa yo`q - ular Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilmagan 
yoxud yozilgan bo`lsa-da, yo`qo-lib ketgan bo`lishi mumkin. "Zafarnoma" xalq 
ommasi o`rtasida zo`r qiziqish uyg’ot-di va katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Bu 
haqda Shara-fiddin Ali Yazdiyning zamondoshi, tarixshunos olim Abdurazzoq 
Samarqandiy bukday deb yozgan edi: "qutli fol bu yilning nodir voqealarpdan 
"Zafarnoma" nomli ajoyib kitobning bitilishi-dir. Bu kitobni qalami husni xat bituvchi 
jahoi xushta'b-larining nozik so`zlisi, Eronning eng fazilatli kishisi, oqillik burjining 
ravshan yulduzi, matonat qutichasining durri, Ollohning rahmatiga cho`milgur 
mavlono Sharafid-din Ali Yazdiy yozib tamomlagan hamda mushkin raqam bilan 
xosu omning imog’iga anbar bo`y nasim etkazgan, so`z ulug’ligini javza cho`qqisidan 
yuqori o`tqazgan". "Zafarnoma" XV va XVI asrlarda qahramonlik qis-sasi janrida 
o`zbek tilida ikki marta - shoir Lutfiy va fors tilida mashhur shoir Abdurahmon 
Jomiyiing jiyani Xotifiylar tomonidan nazm etilgan. Undan keyin ham bu tarixiy asar 
bir necha marta turli tillarga ko`chirilgan. Endi mashhur tarixchi Sharafiddin Ali 
Yazdiy shaxsi haqida o`xtaladigan bo`lsak, u Eronning Yazd shahridan uncha uzoq 
bo`lmagan Taft mavzeida tug’ilgan 1415 va 1435 yillar orasida temuriy-lardan
bo`lgan Ibrohim Sulton xizmatida bo`lgan. Bu yil-larda Ibrohim Sulton Eronning Fors 
o`lkasida hukmron edi. 1442-1446 yillarda esa Yazdiy Sultoniya, Qazvin, Ray 
va umni o`z ichiga olgan viloyatning hokimi bo`lmish Mirzo Muhamm ad Sulton 
saroyida xizmat qilgan. 1446 yilda temuriylar saltanatining oliy hukmdori Shohruh 
o`ziga bo`ysunishdai bosh tortgan nabirasi Mirzo Muhammad Sultonga qarshi qo`shin 
tortib boradi va uni isyonkorlikka undagan maslahatchilariii va tarafdorlarini qatl etti-
radi. Gunohkorlar qatorida Sharafiddin Ali Yazdiy ham bor edi. Shohruh huzurida 
bo`lgan uning sevimli nabirasi Abdullatif Ali Yazdiyni qattiq so`roq qiladi. Bundan 
qoniqish hosil qilgan Shohruh Yazdiyni jazolashni o`z nabirasiga topshiradi. Abdul-
latif esa Sharafiddin Ali Yazdiyni tezda Hirotga jo`natib yuboradi va o`limdansaqlab 
qoladi. Ammo manba-larga qaraganda, u tezda yana o`z ona shahriga qaytib keladi. 
Bu voea 1447 yilda sodir bo`lgan: mo`ysafid, mashhur tarixchi Sharafiddin Ali 
Yazdiy bilan 6 yoshdagi kelajak allomasi Alisher Navoiy Taft shahriga otasi 
G’iyosiddin bilan tashrif buyurganda uchrashgan.... Navoiy keyinchalik o`z 
zamonasining zukko tarixchilariga xomiy va ustoz bo`ldi. Chunonchi, balxlik Said 
Xonshohning o`gli Mirxond Navoiyning taklifiga binoan umumiy tarix bo`yicha katt 
a asaryaratdi. Bu haqida Navoiy bunday deb yozgan: "Bu faqir iltimosi bilan 
ofariniydin bu kungacha tarixi jomiy bitibdurkim, tasnifiga etibdur, inshoolloh, 
tugaturga tavfiq topg’aykim, tavorix orasida andii muayyanroq tarix bo`lmagusidir". 
Xullas, Alisher Navoiy homiyligida, Mirxonddan tashqari Xondamir, Vosifiy va 
boshqa tarixchilar kamolot shohsupasining yuqorisiga ko`tariladilar. 
Alisher Navoiyning bu qadar yuksak bahosiga musharraf bo`lgan tarixshunos 
olim Mirxondning asari etti jildli bo`lib , u "Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-
muluk va-l-xulafo"deb nomlanadi. Oltinchi jildi 1494-1496 yillari, ettinchi jildi 1521 
yilda yozib tamomlangan. Xondamir nomi bilan shuhrat topgan G’iyosiddin ibn 


145 
Xumomuddin ibn xoja Jalolid-din ibn xoja Burxonuddin Alisher Navoiyning 
zamondoshi, yoshligidan to Navoiy vafotigacha uning kutubxonasida xizmat qilgan 
va uning topshiriqiga binoan Sharq xalqlari tarixiga oid asarlar yozib qoldirgan.
Alisher Navoiy vafot etgach, Xondamir 1503 yil-dan e'tiboran Xurosondagi siyosiy 
voqealar girdobiga tushib qoladi. U dastlab Balxda Sulton Husayn Boyqaroning 
to`n?ich o`g’li Badiuzzamon saroyida xizmatda bo`ladi. Shu paytda Badiuzzamon 
Qunduz hokimi Xusravshoh ga elchi yuborib, uni Shayboniyxon hujumidan 
ogohlantiradi va birgalikda Xurosonni himoya qilishga chaqiradi. Xondamir shaxsan 
.Badiuzzamonning Topshirig’iga binoan Xusravshoh huzuriga borgan elchilar safida 
bo`lgan. Bundan tashqari Xondamir Badiuzzamonning topshirig’iga binoan 
Shayboniyxonga qarshi itti-foqni tashkil etish maqsadida Qandahor hokimi huzuriga 
ham jo`natilgan. Ammo Badiuzzamon qizining to`satdan vafot etishi bu safar rejasiga 
to`sqinlik qiladi va Xondamir Hirotga qaytadi. U 1506 yilda Shayboniyxon tomonidan 
Hirotning egallanishining shaxsan ishtirokchisi bo`lgan va Xirotni topshirishda 
shartlar ishlab shiqishda bevosita qatnashgan. Temuriylar sulolasining qizg’in 
himoyachisi va tarafdori bo`lgan Xondamir Shayboniyxon hukmronligi o`rnatilgan 
Hirotda qola olmas edi. 1507-1510 yillarda u Shimoliy Afg’onistonda joylashgan 
Basht qishlog’ida u badiiy ijod bilan shug’ullanadi. Hirotni safaviylar sulolasidan 
bo`lgan Shoh Ismoil egallagach, Xondamir Hirotga qaytib keladi. Shoh Ismoil 
vafotidan so`ng u butunlay Hirotdan ketadi va Qandahorga, u erdan Hindistonga - 
Zahiriddin Muhammad Bobur huzuriga boradi. Xondamir Agrada Boburning eng 
yaqin odamlari qatoridan joy oladi va uning 1529 yilda Bengaliya va Gang daryosi 
sohillari bo`ylab uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashadi. Bobur vafoti dan so`ng 
uning o`g’li Humoyun xizmatida bo`ladi .Xondamir Humoyun saroyida bo`lgan 
Chog’ida "Xumoyunnoma" asarini yozadi va bu xizmatlari evaziga u "Amir al-
muarrixin" unvonini oladi. 1534 yilda Xondamir Humoyun bilan Manduga qaytib 
kelayotganda vafot etadi. Xondamirning o`z vasiyatiga binoan u Dehlidagi mashhur 
qabristonga, Nizomiddin Avliyo va Xusrav Dehlaviylar yoniga dafn etiladi. 
Sharqshunos olima D. YU. Yusupovaning ma'lumotlariga qaraganda, tarixchi olim 
Xondamir o`zining 63 yillik umra davomida taxminan o`n uchta asar yozgan bo`lib, 
ulardan bizgacha sakkiztasi etib kelgan. Bular kuyidagilardir: "Ma'osir ul-muluk" ,U 
Alisher Navoiyning iltimosiga ko`ra va unga minnatdorchilik izhor etish tariqasida 
904 yilda yozilgan. Bu asar podshoh hamda qadimgi donishmandlar-ning xayrli 
ishlari haqida aytilgan hikmatnoma gaplarni o`z ichiga oladi. Jumladan, Qayumarsdan 
Anushiravongacha, Odam Atodan Buzurgmehrgacha bo`lgan hamda Muhammad 
Payg’ambar va imomlar haqida bitilgan naqllardan iborat. So`ngra muallif 
ummaviylar, abbosiylar, somoniy-lar, g’aznaviylar va boshqa sulolalarga tegishli 
hukmdor-lar tarixi va shular qatorida qurd podshohlari va turk hoqonlari tarixini 
yoritgan. Asarning oxirgi qismida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyga zamondosh 
bo`lgan hukmdorlar, olimlar va donishmandlar haqida ma'lumot-lar berilgan.
"Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-axyor yozilgan va Alisher Navoiyga 
bag’ishlangan asar. Unda Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy zamonida Hirot va 
uning atroflarida olib borilgan ulkan qurilishlar rabotlar, bog’lar, ,shuningdek, o`sha 
zamonda o`tgan shoirlar, olimlar, shifokorlar, san'atkorlar haqida qimmatli ma'lu-
motlar bor. "Makorim ul-axloq" asari Alishsr Navoiyga minnatdorchilik ramzida 
yozilgan, lekin Navoiy vafot etib, Xondamir unga kitobni taqdim etishga ulgurmaydi. 


146 
Unda olim Navoiyning yuksak insoiiy fazilatlari, olijanob axloqi, asarlari, uning 
tashabbusi bilan qurilgan binolar, shoirning zamondoshlari bo`lgan shoir, olim va 
fozil kishilar, shuningdek, Xurosonning o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, 
Navoiy bilan husayn Boyqaro orasidagi munosabatlar xususida hikoya qiladi.
Alisher Navoiy iltimosiga muvofiq 906 yilda yozilgan. Husayn Boyqaro va 
uning vaziri Amir Kamoliddin Mahmudga bag’ishlangan asar. Oradan to`qqiz yil 
o`tgach, 916 yili qayta ishlangan va kengaytirilgan. Unda Sharq mamlakatlarining VII 
- XVI asrlardagi tarixi, jumladan, Movarounnahr va Xurosonda temuriylar sulo-lasi 
inqiroziga qadar o`tgan vazirlar, Chingizxonning vaziri, keyinroq mo`g’ullarning 
Xitoydagi noibi, xorazmlik Mahmud Yalavoch hamda uning o`g’li Chig’atoy 
xonlarining Movarounnahrdagi vaziri Mas'udbek to`g’risida ma'lumotlar bor. "Noman 
nomi" da 928 yilgacha kechgan voqealar bayok qilinadi. Bundan asar 929 yilgacha 
yozilgan deyish mumkin. Boshqa nomlari "Insho-i G’iyosiddin" yoki "Insho-i 
G’iyosiy". Kitob insho ilmiga oid Sharh mamlakatlarida o`tgan turli tabaqadagi 
tarixiy shaxslarga mansub maktublar namunalarini o`z ichiga oladi. Unda yana 
podsho va xonlarning yorliq hamda farmonlaridan namunalar yozish va farmonlarni 
bitish tartiblari ham bayon etilgan. Asarning qimmatligi yana shundaki, u ba'zi bir 
muhim manSablarning kelib chiqishi hamda bunday mansab egalarining haq-
huquqlari, vazifalari xususida ma'lumotlar beradi. Manbadagi ma'lumotlarga ko`ra, 
Mirxondning "Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo" nomli 
asarining tugallanmay qolgan ettinchi jildini Xondamir 929 nilda szib tamomlagan. 
Xondamirning eng yirik asari "Habib us-snar fi axbor afrod ul-bashar"dir. Bu asar 
927 – 930 yillar davomida yozilgan va vazir Karimuddin Xoja Habibulloh Sovajiyga 
bagishlangan. Ushbu asarda qadim zamonlardan to 1524 yilga qadar Shark, 
mamlakatlari, jumladan Eron, Afg’oniston, Iroq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
bo`lib o`tgan voqealar hikoya qilingan. Xondamirning yana bir asari 
"Humoyunnoma"dir. Bu asar "Qonuni Humoyun" nomi bilan ham mashhur bo`lib. 
Hindiston podshohi, Boburning o`g’li humoyunga bagnshlangan. "Humoyunnoma" 
941 yilda yozib tamomlangan. Asarda Humoyun podsholik qilgan davrda Hindistonda 
joriy etilgan yangiliklar, aholining uch tabaqaga, hokimiyatning esa to`rt idora usuliga 
bo`linishi va Humoyun tomonidan amalga oshirilgan me'morchilik qurilishiga oid 
ma'lumotlar o`rin olgan. Xondamirning boshqa beshta asarining faqat nomlarigina 
ma'lum, xolos. Bular: "Osor ul-muluk va-l-anbiya" ,"Axbor ul-axyor" ,"Muntahibi 
tarixi vassof" ,"Javohir ul-axbor" va "G’aroyib ul-asror"dir. Xondamir o`z 
zamonasining etuk vakil-laridan biri bo`lgan. U nafaqat mashhur tarixshunos olim, 
ayni zamonda "Noqiy" taxallusi bilan yaxshigina she'rlar ham ijod etganligini Alisher 
Iavoiy alohida ta'kidlab o`tgan. Xullas, temuriylar sulolasi homiyligida fan va 
madaniyatning barcha sohalari qatorida o`lkamizda tarixshunoslik fani sohasida ham 
kattagina muvaffaqiyatlarga erishiladi. Ana shu davrda yaratilgan ulkan tarixiy 
merosni chuqur va atroflicha o`rganib, uni hozirgi va kelgusi avlodlarga etkazish 
O`zbekiston tarixshunos va sharqshunoslarining olijanob burchidir 
Qadimdan xalqimiz o`zining boy og’zaki ijod durdonalari bilan mashhur. Temur 
va temuriylar sulolasi davri bundan mustasno emas. Bu davrda xalq yangidan-yangi 
dos-tonlar, qissalar, ertaklar, afsona va rivoyatlar, latifa-lar, qo`shiqlar, maqollar 
yaratadi. Bu ijod sarchashma-larida tun bilan kun, issiq bilan sovuq, o`t bilan suv, 
adolat bilan adolatsizlik, yaxshilik bilan yomonlik, mardlik bilan nomardlik, sezgirlik 


147 
bilan loqaydlik kabi bir-biriga mutlaqo zid va qarama-qarshi kuch va g’oyalar 
to`qnashadi va oqibatda ijobin kuch va g’oyalar tantana qiladi. Albatta, bu erda xalq 
ommaasining istak-xohishi, orzu-armoni o`z ifodasini topadi. YAqin-yaqin kunlarga 
qadar kommunistik mafkura ta'siri va siquvi ostida xalq og’zaki ijodi namunayaari 
zamon zayliga mos bir tarzda buzib xalqqa etkazildi, haqiqiy xalq og’zaki ijodi 
mevalarini qanday bo`lsa, shundayligicha avlodlarga etkazishda ziyolilarimizda jur'at 
va jasorat etishmadi. Bunday noto`g’ri, bir tomonlama yondashuvni ulo`g’ bobomiz 
Amir Temur faoliyatiga berilgan bahoda ham ko`ramiz. Buyuk sohibqiron obrazi shu 
paytga 
qadar faqat qora bo`yoqlarda: bosqinchi, kallakesar, qaroqchi, jallod, o`g’ri timsolida 
talqin etildi. Ulug’ va engilmas sarkarda, buyuk va donishmand davlat arbobi, 
ma'rifatparvar va elsevar amir, madaniyat va islom diiinmng himoyachisi Amir 
Temurning beqiyos, olijanbb insoniy fazilatlari va xislatlari, uning dono aql-farosati 
va uddaburonligini tarannum etuvchi xalq og’zaki ijodi namunalari ommadan sir 
saqlandi. Adolat va haqiqatga, insof va diyonatga tashna ona xalqimizga avlodlar 
tomonidan yaratilgan manaviy meros boyliklarini qanday yaratilgan bo`lsa, xuddi 
shunday etkazib berish bizning vijdoniy burchimizdir. Quyida Sohibqiron Amir 
Temurning shaxsiy fazilat-laridan hikoya qiluvchi xalq og’zaki ijodidan ba'zi 
namunalar keltiramiz. Amir Temur yoshlik chog’lari oz sonli qo`shini bilan 
Shahrisabzni olmoqchi bo`libdi, ammo uni ololmay qo`shini engilibdi. Ortga 
qaytishga majbur bo`lgan Temur qizil daryodan kechib o`tib, bir qishloqqa kelib 
qo`nibdi. qishloqda bir kampir yashar va uning bir echkisi bo`lib, faqat o`sha 
echkining suti bilan tirikchilik qilar ekan. Amir Temur shu momoning uyiga kelib hol-
ahvol so`rashgach, momo-dan ovqat qilib berishni so`rabdi. Kampir echki sutidan 
atala qilib, yog’och tovoqqa suzib beribdi. Temur och emasmi, shoshilib yog’och 
qoshiqda ataladan ichgan ekan, og’zi kuyib qolibdi. Shumda momo "sen ham Amir 
Temurga o`xshab shosh-qaloq ekansan bolam", debdi. Temurning shoshqaloqligini 
qaerdan bildingiz momo deb so`rabid bo`lajak Sohibqiron. Eshitishimcha, Temur 
oldin kichik-kichik qishloqlarni egallab kuch to`plagach, Shahrisabz bekligiga hujum 
qilsa g’olib kelardi. U esa bir yo`la beklikni olmoqchi bo`ldn-yu, engildi. Shunga 
o`xshab sen ham shoshding va og’zingni kuydirding. Atalani avval tovoqning 
girdidan olib sekin-sekin yalab ko`radi va so`ngra soviganini bil-gach, qoshiqni 
to`ldirib ichadi-da,- debdi kampir. 
Shundan so`ng Amir Temur:- Darxon momo, siz bilan ona-bola bo`layin, 
tilagingizni tilang, men o`sha Amir Temurman,- debdi. Momo odamlar uchun ariq 
qazib, suv chiqarib berishni so`rabdi. Amir Temur momoning aytganini bajo 
keltiribdi.
. Aksincha, Navoiy do`dti Husayn Boyqarrni juda ko`plab asarlarida ijobiy 
baholaydi. Uning ado-latli, diyonatli, insofli va xalqparvar podsho bo`lib eti-shishiga 
ishoyadi. Hatto 1469 yilda Husayn Boyqaro hokimiyat tepasiga kelganda unga 
bag’ishlab 90 baytdan iborat "Hiloliya" qasidasini yozadi. Bu qasidaning dastlabki 
misralarida osmon gumbazida paydo bo`lgan yangi oy tasviri berilgan. Bu hilolning 
egilgan shaklini shoir sevgili yorining qoshiga yoki o`zining ta'-zim bilan egilgan 
qomatiga o`xshatadi: O`yla zohir bo`ldikim, kelgan ani ko`rgan kishi, Dilbarim 
qoshigau, mening qadimga nisbatan. Hilol osmonda yangi paydo bo`lgan uch kunlik 


148 
oydir. Shoir bu qasidasida dastlab yangi oy, yangi davr, yangi hokimiyat 
boshlanganini shu yangi oyning paydo bo`lishiga nisbat beradi. 
Alisher Navoiy o`zining "Majolisun-nafois" tazkirasining sakkizinchi majlisini 
maxsus Husayn Boyqaroga - shoir usayniyga bag’ishlaydi. Bunda shoir g’azallaridagi 
mavzu rang-barangligi, badiiyatdagi kash-fiyotlar, noyob tashbehlar, dilrabo adolar 
haqida atrof-licha fikrlaydi. Husayniy kuylagan ishqning qudrati va oshiqning 
ietiroblari, intilishlari, ruhiyatiga yuzlangan holatlari ajib bir tarzda dilbarlik bilan 
tarannum etilganini ko`rsatib beradi. Shoir Husayniy she'riyatida dunyoviy adabiyot 
liri-kasi an'analari, Alisher Navoiy lirikasining ta'siri yorqin bir tarzda o`z aksini 
topgan. Quyidagi satrlar bu fikrimizning yaqqol dalilidir: O`tga sndir sarvni, ul qaddi 
ra'no bo`lmasa, Yelga bergin gulni, ul ruxsori zebo bo`lmasa. El Husayniy, boda 
ichsam yor alidin teng durur, Bo`lsa obi Xizru umri jovidon yo bo`lmasa. Husayniy 
ijodiga Zahiriddin Muhammad Bobur ham baho bergan: "Tab'i, nazmi bor edi. Devon 
ham tartib qilib erdi. Turkiy aytur erdi. Taxallusi "Husayniy" erdi. Ba'zi baytlari 
yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur". Xullas, Husayn 
Boyqaro qadimiy Sharq an'anala-rini davom ettiradi, ulkan davlat arbobi bo`lish bilan 
birga nafaqat ilm-ma'rifat va madaniyat qomiysi, ayni chog’da o`zi ham binoyidek 
go`zal va nafis lirik g’azallar bitgan, Shoir sifatida ona tariximizdan munosib o`rin 
olgan. 
Temur va temuriylar davrida nafis kitob va xattot-lik san'ati ham rivoj topadi. 
Uzoq tarixiy o`tmishda bosmaxona bo`lmagan. Kitoblar qo`lda ko`chirilgan. qo`lda 
ko`chirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi ko`rinishi va bezagi jihatidan 
ham kitobxonlarning ta-lab-ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda ma'naviy va 
estetik dunyoqarashni shakllantirishga xiz-mat qilishi lozim edi. Shu boisdan xam 
Temur va temu-riylar davrida nafis kitob va xattotlik buyuk san'at darajasiga 
ko`tariladi. Bu nafis kitob yaratish jarayo-niniig mislsiz darajada murakkab va 
og’irligi turli xil kasb-xunar egalari mehnatining ma'lum bir dasta singari jamlanishi 
bilan belgilanadi. Chunki kitob yaratish jarayonida qog’oz kesuvchi xattot ,musavvir, 
lavvoh, sahhof, ishtirok etadi. Ota-bobolarimiz tomonidan nafis kitob yaratishda 
ishlatilgan Samarqand, Buxoro qogozlarining dovrugi doston bo`lgan. Kitoblarni 
yaratishda unga turli xil suyuglik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli 
va xushbo`y hid kelib turishi uchun juda sifatli gulob yoki anbar siyohga qo`shilib 
yozilgan. Musavvirlar ishlatadigan o`yoqlarda oltin va kumush eritmalari ara-
lashtirilgan, sahhof esa muhovaning go`zal bo`liom uchun charmlardan ustalik bilan 
foydalangan. Og’ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan har bir kitobning o`zi 
shubhasiz katta bir san'at asari edi. Bunday kitoblar asosan shoxlar, amirlar, xonu 
sulton-lar buyurtmalari asosida yaratilgan va maxsus kutubxo-nalarda e'zozlab 
saqlangan. XIV - XVI asrlarda nafis kitob va xattotlik san’atining buyuk 
namoyandalari o`sib etishadi. Bular Mir Ali Tabriziy, Abdurahmon Xorazmiy, Sulton 
Ali Mashhadiy, Mir Ali Hilqalam, Sulton Ali Xandon, Halvoiy, Rafi-qiy, Mirak 
Naqqosh, Behzod, Shoh Muzaffar va boshqalardirlar. 
Xattotlik san'atining buyuk namoyandalaridan biri Sulton Ali Mashhadiydir. U 
1432 yilda Mashhadda tug’ilgan. oshlikdan husnixatga qiziqqan. Sulton Ali husnixat 
sultoni darajasiga ko`tariladi va "Qiblatul-Qutob" va "Sultonun-xattotin" deb elda 
nom taratadi. Sulton Ali 1461 yilda Nizomiyning "Mahzanul-asror" dostonini, 1464 
yilda Hofiz devonini va 1465 - 1466 yillarda Alisher Navoiyning devonini ko`chirgan.


149 
Sulton Ali Mashhadiyning ijodiy faoliyatida Husayn Boyqaro va Alisher 
Navoiylarning salmoqli o`rni bor. U Husayn Boyqaro kutubxonasida ishlagan va 
Hirot xattotlariga rahbarlik qilgan. Sulton Ali shaxsan Husayn Boyqaro va Alisher 
Navoiy topshiriklarini ba-jargan va ularning asarlarini ko`chnrgan. U har kuni Husayn 
Boyqaro uchun 50, Navoiy uchun 20 bayt ko`chirar edi. Bundan tashqari Sulton Ali 
Nizomiy, Farididdin At-tor, Hofiz Sheroziy, Dehlaviy, Jomiy asarlarini ham 
ko`chirish bilan Shug’ullangan. Mashhur xattot ko`chirgan 50 dan ortiq asar bizgacha 
etib kelgan. Bu asarlar Tosh-kent, Sankt-Peterburg, Parij, Berlin, Qohira va dunyo-
dagi boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Sulton Ali Mashhadiy ko`chirgan kitoblar 
orasida Navoiyning mashhur "Xamsa"si ham munosib o`rin olgan. Sulton Ali 
Mashhadiy xattotlik san'atidan tashqari o`ymakorlik san'atining ham mohir ustasi 
bo`lgan. Husayn Boyqaro qabr toshidagi o`yib yozilgan matn parchasi ham u 
tomonidan yozilgan. Sulton Ali Mashhadiy she'riyat bobida ham qalam tebratgan.
Sulton Ali umrining so`nggi yillarini Mashhadda o`tkazadi va shu erda 1520 yilda 
vafot etadi.
Temur va temuriylar sulolasi davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy 
san'atning gurkirab o`sganligi bo`ldi. XIV va XVI asrlarda tasviriy san'-atda Behzod, 
Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahsud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh 
Muzaffar va boshqalar barakali ijod qildilar. 
Xalqimizning ajoyib tasviriy san'at ustalari yarat-gan asarlar o`ziga xos uslubga 
ega bo`lish bilan birga u fantastik mavhumlikdan hayotiylikka, aniqlikka tomon o`sib 
borgan. Bizgacha etib kelgan va ma'naviy meros boy-liklariga qarab xulosa qiladigan 
bo`lsak, tasviriy san'at yodgorlpklarini yo`nalishlariga qarab quyidagi guruhlarga 
bo`lish mumkin: portretlar, hayotiy lavhalar, peyzaj, binolarga solingan suratlar,
badiiyasarlarga ishlangan rasmlar va hokazo. Biz fikr yuritayotgan davrda tasviriy 
san'at ijod-korlari tomonidan hayotiy va aniq bo`yoqlarda ishlangan Jomiy, Navoiy, 
Abdulla Xatifiy, Behzod, husayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon va boshqalarning 
portret suvratlarini ko`ramiz. Rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarda, rasm-
portretlarda haqiqiy hayot voqeligi o`z aksini topgan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy tubmohiyati mohirlik bilan ko`rsatilgan.

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish