O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

 
 


 
123 
 
 
 
 
19-Mavzu. Sud hоkimiyatining tashkil etilishi va O`zbеkistоn 
 Rеspublikasi Prоkuraturasi. 2 sоat. 
 
Reja: 
 
1.  O`zbekiston  Respublikasida  sud   tizimining   konstitutsiyaviy   asoslari  va  sud  hokimiyati 
tizimi. 
2. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va odil sudlovning 
Konstitutsiyaviy  tamoyillari. 
3. Prokuratura organlarining tushunchasi va tizimi. 
4. O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining vakolatlari va faoliyat tartibi. 
 
1. O`zbekiston   Respublikasida  sud  tizimining konstitutsiyaviy  asoslari  
Huquqiy demokratik davlat - erkin fuqarolik jamiyatida sud hokimiyatining mavqei  yuksak 
sanaladi, binobarin, adolatni ta'minlovchi mahkama sifatida aynan sud e'tirof etiladi. 
Sud  hokimiyati   bu  sudlarning  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  qonunlari 
ustuvorligi  prinsipiga  so`zsiz  rioya  qilish  asosida  jinoiy,  fuqarolik,  xo`jalik  ishlarini  va  ma'muriy 
huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni ko`rish bo`yicha vakolatli organdir. 
Sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida mustaqil shahobchalaridan biri bo`lib, jamiyat 
hayotida  odil  sudlovni  amalga  oshirishga  qaratilgan  faoliyatni  amalga  oshiradi.  Odil  sudlov  o`z 
mohiyatiga  ko`ra,  davlat  faoliyati  hisoblanadi,  bunda  vakolatli  sud  muassasasi  huquq  normalari 
talablarini buzish oqibatida kelib chiquvchi nizomi holatlarini muhokama etib, hal etadi.  
Mamlakatimizda  sud  hokimiyatining  konstitutsiyaviy  huquqiy  maqomi,  tuzilishi  va  faoliyat 
yuritishning  qonuniy  asosi  O`zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  O`zbekiston 
Respublikasining  «Sudlar  to`g`risida»gi  (yangi  tahrirdagi  2000  yil  14  dekabr)  qonuni  bilan 
belgilanadi. 
Konstitutsiyada  mustahkamlanishicha,  «O`zbekiston  Respublikasida  sud  hokimiyati,  qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan 
mustaqil  holda  ish  yuritadi.  O`zbekiston  Respublikasida  sud  hokimiyati  tizimi  quyidagi  sudlardan 
tashkil topgan:  
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi. 
2.O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi. 
3.O`zbekiston Respublikasining Oliy xo`jalik sudi. 
4.Qoraqalpog`iston  Respublikasining  Fuqarolik  va  jinoyat  ishlari  bo`yicha  sudlari,  fuqarolik  va 
jinoyat ishlari bo`yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari. 
5.Harbiy sudlar. 
6. Qoraqolpog`iston Respublikasi Xo`jalik sudi, viloyat va Toshkent shahar xo`jalik sudlari. 
O`zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi 
mumkin. 
         Favqulodda sudlar tuzishga yo`l qo`yilmaydi. 
             O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  “Sudlar  tug`risida”gi  qonuniga  muvofiq 
sodiqlik,  mustaqillik,  kollegiallik,  oshkoralik  va  sudyalar  huquqlarining  tengligi   sud  tizimi  
faoliyatining asosiy prinsiplaridir. 
Sud  ishlari  ichida  eng  asosiy  vazifa  odil  sudlovni  amalga  oshirish  hisoblanadi.  Shuningdek,  sud 
hokimiyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan quyidagi vakolatlari ham mavjud: 
1)     konstitutsiyaviy nazorat;  
2)      davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslarning  faoliyatlari  hamda  ular  tomonidan  qabul 


 
124 
qilingan qarorlarining qonuniyligini tekshirish; 
3)     sud hukmi va qarorlarining ijrosini ta'minlash;  
4)     sudlarga tegishli ma'muriy huquqbuzarlik  holatlarini ko`rib, tekshirib chiqish; 
5)      sud  amaliyotidan  kelib  chiqib,  amaldagi  qonunchilik  masalalari  bo`yicha  tushuntirish 
vakolati; 
6)      sudyalar  tarkibining  shakllanishida  ishtirok  etish  va  uning  organlariga   yordam  berish 
vakolati.  
          Sudning  faoliyati  qonun  ustuvorligini,  ijtimoiy  adolatni,  fuqarolar  tinchligi  va  totuvligini 
ta'minlashga qaratilgandir. 
Sud 
hokimiyati 
faoliyatining 
konstitutsiyaviy 
qoidalari 
O`zbekiston 
Respublikasining 
“Konstitutsiyaviy sudi to`g`risida”, “Sudlar to`g`risida”, “Harbiy sudlarining faoliyatini tashkil etish 
to`g`risidagi  Nizom”, Jinoyat  kodeksi,  Jinoyat-protsessual kodeksi,  Fuqarolik-protsessual  kodeksi, 
Xo`jalik-protsessual,  Ma'muriy  javobgarlik  kodeksi,  Mehnat  kodeksi,  Jinoyat  ijroiya  kodeksi  va 
boshqalarga tayanadi.    
   O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  108-109-moddalarida  O`zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyaviy  sudining  huquqiy  holati  mustahkamlangan.  Unga  muvofik,  O`zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlarning 
hujjatlari Konstitutsiyaga  qanchalik mosligiga doir ishlarni ko`radi. 
Konstitutsiyaviy  sud  siyosat  va  huquq  sohasidagi  mutaxassislar  orasidan  –  Konstitutsiyaviy  sud 
raisi,  rais  o`rinbosarlari  va  sudyalardan,  shu  jumladan,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  vakilidan 
iborat tarkibida saylanadi. 
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a'zolari deputat bo`la olmaydilar.    Konstitutsiyaviy sudning raisi 
va  a'zolari,  siyosiy  partiyalari  va  harakatlarning  a'zosi  bo`lishlari  va  boshqa  haq  to`lanadigan 
lavozimni egallashlari mumkin emas.  
Konstitutsiyaviy sud  sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Konstitutsiyaviy sud sudyalari 
o`z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga  bo`ysunadilar 
(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 108 – moddasi). 
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi: 
1) Qonunlarning va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan boshqa hujjatlarning O`zbekiston 
Respublikasining Prezidenti farmonlarining. hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari 
qarorlarining,  O`zbekiston  Respublikasi  davlatlararo  shartnomalarning  va  boshqa  majburiyatlarning 
O`zbekiston Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; 
2)     
Qoraqalpog`iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
va 
qonunlarini 
O`zbekiston 
RespublikasiningKonstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi to`g`risida xulosa beradi; 
3)     O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi.  
4)      O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa 
ishlarni ham ko`rib chiqadi. 
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e'lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ularga 
qat'iy  va  ular  ustidan  shikoyat  qilish  mumkin  emas.  Konstitutsiyaviy  sudni  tashkil  etish  va  uning 
faoliyatini ko`rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
109-moddasi). 
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy  sudi   esa  “Sudlar   to`g`risida”gi   qonun   asosida   faoliyat   olib  
boradi.  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  fuqarolik,  jinoiy  va  ma'muriy  sud   ishlarini   yuritish  
sohasida  sud   hokimiyatining  oliy  organi  hisoblanadi.  O`zbekiston   Respublikasi  Oliy  sudi 
Qoraqalpog`iston  Respublikasi  Oliy  jinoyat   va  fuqarolik  ishlari   bo`yicha  sudlari,  viloyat,  shahar, 
tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan   nazorat  olib    boradi va  
ularning  ishlarini  umumlashtiradi. 
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy    sudi,   ishlarni    birinchi   instansiya    sudi   sifatida   va    nazorat  
tartibida   ko`radi.  U   o`zi   birinchi    instansiya   sifatida   ko`rgan   ishlarni    apellatsiya   yoki   
kassatsiya    tartibida    shikoyat   berish   (protest  bildirish)   huquqiga   ega   bo`lgan    shaxslarning   
xohishiga   ko`ra   apellatsiya   yoki   kassatsiya   tartibida   ko`rishi    mumkin.  Apellatsiya   tartibida   
ko`rilgan    ish    kassatsiya   tartibida   ko`rilmasligi   kerak. 
O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  raisi,  uning  birinchi  o`rinbosari  va  o`rinbosarlari,  sudlov 
hay'atlari raislari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan iborat bo`lib, quyidagi tarkibda 


 
125 
ish olib boradi: 
O`zbekiston     Respublikasi     Oliy      sudi     Plenumi
O`zbekiston    Respublikasi  Oliy  sudi    Rayosati
Fuqarolik    ishlari   bo`yicha     sudlov     hay'ati; 
Jinoyat     ishlari     bo`yicha     sudlov      hay'ati; 
Harbiy     hay'at. 
O`zbekiston  Respublikasi  Oliy   sudi  Plenumi  eng  yuqori  sudlov  instansiyasi   bo`lib,  
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   sudi   sudyalari   va  Qoraqalpog`iston    Respublikasi    Oliy   
sudlarining   raislaridan  iborat   tarkibda   ish    olib  boradi. 
Fuqarolik     ishlari    bo`yicha     tumanlararo,     tuman    (shahar)     sudi   rais     va   
sudyalardan    iborat bo`ladi.   Jinoyat     ishlari     bo`yicha tuman   (shahar)   sudi   rais,   sudyalar    
va       xalq  maslahatchilaridan  iborat    bo`ladi.   Jinoyat      ishlari     bo`yicha    tuman  (shahar)  sudi 
tarkibida   ma'muriy    ishlar   bo`yicha  sudyalar  ham  faoliyat olib boradi. 
Harbiy sudlar tizimi  «Sudlar to`g`rsida»gi qonunda belgilab berilgan va qonunning 39-
moddasiga  muvofiq,  O`zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudlari  tizimi  O`zbekiston  Respublikasi 
Oliy  sudi  Harbiy  hay'ati,  O`zbekiston  Respublikasi  Harbiy  sudi,  okrug  va  hududiy  harbiy 
sudlardan iborat.  
Harbiy sudlar tizimida asosiy bo`g`in okrug va hududiy Harbiy sudlar hisoblanadi, ular 
faqat  birgina  funksiyada,  birinchi  instansiya  bo`yicha  o`z  vakolat  doirasida  ishlarni  ko`rib 
chiqish  huquqiga  egadir.  Viloyat  sudi  maqomiga  tenglashtirilgan  O`zbekiston  Respublikasi 
Harbiy sudi harbiy sudlar tizimida o`rta bo`g`in hisoblanadi. 
Harbiy  sud  tizimida  eng  yuqori  sud  instansiyasi  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi 
bo`lib, uning tarkibiga harbiy hay'at kiradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo`jalik  sudi  xo`jalik  sud  ishlarini  yuritish  sohasida  sud 
hokimiyatining oliy organidir. 
O`zbekiston    Respublikasi  Oliy    xo`jalik   sudi    Qoraqalpog`iston  Respublikasi   xo`jalik   
sudining,   viloyatlar   va Toshkent shahar xo`jalik  sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib 
borish huquqiga ega.  O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi ishlarni birinchi  instansiya  sudi  
sifatida, kassatsiya  tartibida va nazorat tartibida  ko`radi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo`jalik  sudi  O`zbekiston  Respublikasi   Oliy  xo`jalik  sudi   
Plenumining  tushuntirishlari  xo`jalik    sudlari    tomonidan    bajarilishini    nazorat  qiladi,  quyi 
xo`jalik    sudlari   faoliyatini    tekshiradi,    xo`jalik    sudlarining  ishini    tashkil      etish     ijobiy   
tajribasini   o`rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.  O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik   
sudi    rais,  uning     birinchi     o`rinbosari,    o`rinbosarlari,  sudlov     hay'atlarining    raislari,   
O`zbekiston    Respublikasi    Oliy  xo`jalik    sudi    sudyalaridan     iborat  bo`lib,    quyidagi   tarkibda 
ish olib    boradi: 
O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   xo`jalik   sudi   Plenumi; 
O`zbekiston    Respublikasi   Oliy    xo`jalik   sudi Rayosati; 
Fuqarolik     huquqiy  munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  nizolarni  hal  etish  bo`yicha  sudlov 
hay'ati; 
Ma'muriy   huquqiy    munosabatlardan   kelib  chiqadigan  nizolarni  hal     etish    bo`yicha   
sudlov   hay'ati. 
O`zbekiston   Respublikasi Oliy xo`jalik sudi Plenumi O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik 


 
126 
sudi sudyalari  va Qoraqalpog`iston Respublikasi    xo`jalik    sudi    raisidan  iborat  tarkibda ish  olib 
boradi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish