O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va odil sudlovning



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

 
         2. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va odil sudlovning 
Konstitutsiyaviy  tamoyillari. 
Prezidentimiz  I.A.Karimov  o`zining  “O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda”  asarida:  “…Sud 
tizimini isloh qilish,  avvalo,  hukm  chiqaruvchi  sudyalarning chinakam  mustaqilligini ta'minlashga 
qaratilishi  kerak. Faqat  shunday qilganda, hozir sudni jazolovchi organ deb biladigan odam  sudga 
o`z  huquqlari  va  erkinliklarini,  manfaatlarini  himoya  qilish  lozim  bo`lgan  organ  sifatida  murojaat 
qiladigan  bo`ladi.  Ana  shundagina  sud  hokimiyatning  haqiqiy  mustaqil  tarmog`iga  aylanadi”,  deb 
ta'kidlash bejiz emas. 
Sud  hokimiyati  boshqa  hokimiyat  tarmoqlaridan  holi  ravishda  faqat  O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qilish va bir qator prinsiplariga rioya etish zarur 
bo`ladi. 
Qonuniylik  odil  sudlovning  asosiy  tamoyillaridan  biridir  “Davlat,  uning  organlari, 
mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  ish 
ko`radilar”.  
Qonuniylik  deganda  barcha  davlat  va  nodavlat  organlari  hamda  tashkilotlari,  mansabdor 
shaxslar  va  fuqarolarning  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  qonunlar  va  ularga  muvofiq 
keladigan boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga og`ishmay amal qilish va ijro etish tushuniladi.  
Bunday tamoyil odil sudlov uchun davlat faoliyatining ushbu turi, yuqorida uni ta'riflashda 
qayd  qilinganidek,  qonun  talablariga  rioya  etgan  holda  va  unda  belgilangan  fuqarolik  va  jinoyat 
ishlarini  ko`rib  chiqish  tarkibiga  og`ishmay  amala  qilish  bilan  chambarchas  bog`liqligi  sababli 
alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Qonunga  rioya  qilinmaydigan  joyda  odil  sudlov  haqida  gap  ham 
bo`lishi  mumkin  emas.  Bu  ko`proq  zo`ravonlik  bo`ladi,  bunday  «odil  sudlov»  o`zining  ijtimoiy 
funksiyasini bajarishga qodir emas.  
Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo`ysunishi O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining  112-moddasida  berilgan  bo`lib,  unga  ko`ra  «Sudyalar  mustaqildirlar,  faqat 
qonunga bo`ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir 
tarzda  aralashishga  yo`l  qo`yilmaydi  va  bunday  aralashish  qonunga  muvofiq  javobgarlikka  sabab 
bo`ladi».  Shu  bilan  birga  “Har  bir  kishi  o`zining  huquqlari  va  burchlarini  hamda  unga  qo`yilgan 
jinoiy  aybning  asosligini  belgilash  uchun  to`liq  teng  huquqlilik  asosida  o`z  ishining  mustaqil  va 
holis sud tomonidan oshkora tarzda va adolatlilikning hamma talablariga rioya qilgani hamda ko`rib 
chiqilishi  huquqiga  egadir.  Sudlar  mustaqilligi  tamoyilining  mohiyati  sudning  tashqaridan 
aralashuvisiz, qandaydir tazyiqsiz yoki boshqacha ta'sir ko`rsatishsiz, qonun talablariga qat'iy rioya 
qilgan holda mas'ul  qarorlar qabul  qilish  uchun real  imkoniyat  beradigan  sharoitlarni  ta'minlashga 
intilishdan iborat.    
Sudning  mustaqilligi  asosan  ikkita  asosiy  element  yig`indisidan  tashkil  topadi:  bu  sud 
hokimiyati va sudyalarning o`zlarining tashkiliy (institutsional) va funksional mustaqillikdir. 
Sud  hokimiyati  tashkiliy  mustaqilligining  mohiyati  sudlar  hokimiyatining  qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlariga bo`ysunmasligi va xolis hamda mustaqil bo`lish lozimligi 
haqidagi  g`oyadan  iborat.  Qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  hokimiyatning 
vakolatlariga kiradigan qarorlarni qabul qilish mumkin emas. Bundan tashqari, sudlar faoliyatining 
moliyalashtirishi faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat tasdiqlaydigan davlat budjetidan ajratiladigan 
mablag`lar  hisobidan  markazlashtirilgan  tartibda  amalga  oshiriladi.  Ularning  moddiy  –  texnika 
ta'minoti  va  faoliyat  ko`rsatishi  uchun  zarur  bo`lgan  vositalarga  doir  ishlarning  tashkil  etilishi 
“Sudlar  to`g`risida”gi  qonunning  11-moddasiga  muvofiq,  maxsus  vakolatli  organ  tomonidan 
bajariladi. 
Sudlarning funksional mustaqilligi sudyalarning ishlarni hal etishda faqat Konstitutsiyaga va 
qonunga  bo`ysinishini  nazarda  tutadi.  Odil  sudlovni  amalga  oshirishning  protsessual  kodekslarga 
binoan  belgilanadigan  qoidalari  sudyalarning  ishlarini  kimlarningdir  fikrlari,  talablaridan  holi 
bo`lgan holda ko`rib chiqish  va hal  etishi, shu jumladan sudyalar maslahatida o`zining ishiga doir 
fikr  mulohazalarni  bayon  qilishni  ta'minlashi  lozim.  Jumladan,  sud  faqat  ushbu  ishga  daxldor  sud 


 
127 
tarkibiga  kiradigan  sudyalar  ishtirokida  maslahat  xonasida  ish  yuzasidan  qaror  chiqaradi.  Boshqa 
shaxslarning qatnanashishiga esa yo`l qo`yilmaydi. 
Sudyalar  ham,  shuningdek,  maslahat  paytida  bildirilgan  mulohazalarni  oshkor  qilishlari 
mumkin emas. 
Qonun  oldida  tenglik  –  bu  qonunlarda  mustahkamlangan  qoidalarning  hamma  fuqarolarga 
nisbatan  bir  xildagi  qo`llanilishidir.  Bunda  nafaqat  huquqlarning  berilishi  balki,  ularni  amalga 
oshirilishini  tartibga  soladigan  qonunlarga  muvofiq  javobgarlik  qo`llanilishi  ham  nazarda  tutiladi. 
Huquqlardan  foydalanish  imkoniyati  real  bo`lishi  uchun  qonun  har  xil  sabablarga  ko`ra  o`z 
huquqlari  va  manfaatlarini  himoya  qila  olmaydigan  shaxslarga  qo`shimcha  kafolatlar  belgilaydi 
(voyaga yetmaganlar, jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasallar va h.k.). 
Fuqarolarning  sud  himoyasida  bo`lish  huquqining  ta'minlanishi  tamoyili  O`zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  44-moddasida  o`z  aksini   topgan  bo`lib,  unga  ko`ra   “Har  bir 
shaxsga o`z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, 
jamoat  birlashmalarining  g`ayriqonuniy  hatti-harakatlari  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  huquqi 
kafolatlanadi”.  
Sud himoyasida bo`lish  huquqi  yuridik  yordam  olish  huquqi bilan chambarchas  bog`liqdir, 
chunki qonunlarni, ularni qo`llash amaliyotini, sudlarda ishlarni yuritish tajribasini bilmasdan turib, 
sud  himoyasida bo`lish  imkoniyatlarini  samarali amalga oshirish mumkin emas. Yuridik kasblarni 
egallagan kishilar bunday xususiyatlarga ega bo`ladi. Shuning uchun ham, ular sudda o`zini himoya 
qilishga muhtoj kishilarga yordam berishi kerak.  
Aybsizlik prezumsiyasi tamoyili. “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning 
ishi  sudda  qonuniy  tartibda  oshkora  ko`rib  chiqib,  uning  aybi  aniqlamaguncha,  u  aybdor 
hisoblanmaydi.  Sudda  ayblanayotgan  shaxsga  o`zini  himoya  qilish  uchun  barcha  sharoitlar 
ta'minlab beriladi”. “Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan har bir kishi uning aybdorligi unga o`zini 
himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadigan sudda oshkora ko`rib chiqish  yo`li bilan 
qonuniy tartibda belgilanmagunigacha aybdor emas deb hisoblanishi huquqiga ega” dir.  
Ushbu  tamoyil  faqat  ishlarni  jinoyat  sudida  ko`rib  chiqish  asosida  amal  qiladi,  aybsizlik 
prezumsiyasi  inson  huquqlari  sohasidagi  nufuzli  xalqaro  hujjatlar:  inson  huquqlari  Umumjahon 
Deklaratsiyasi  (11-modda).  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to`g`risidagi  xalkaro  pakt  (14-modda). 
Inson  huquqlari  va  asosiy  erkinliklarini  himoya  qilish  to`g`risidagi  Yevropa  Konvensiyasi  (6-
modda  2-qism)  qoidalariga  muvofiq  keladi.  Odil  sudlovni  amalga  oshirishning  ushbu 
Konstitutsiyaviy tamoyili ayblanuvchining nafaqat jinoyat protsessidagi shu bilan birga, u subyekt 
sifatida  qatnashadigan  barcha  ijtimoiy  munosabatlaridagi  huquqiy  maqomini  belgilaydi.  Hatto, 
ayblanuvchi  hibsda  saqlanayotgan  bo`lsa,  sud  hukmi  qonuniy  kuchga  kirgunga  qadar  uning 
mehnatga oid, ommaviy va boshqa huquqlari hamda erkinliklari saqlanib qoladi.  
O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  113-moddasiga  ko`ra,  barcha  sudlarda  ishlar 
ochiq ko`riladi. Ishlarni ochiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo`l qo`yiladi. 
“Har bir kishi har qanday jinoiy ayblovni, unga qo`yilayotgan jinoiy ayblovni ko`rib chiqishda yoki 
qandaydir  fuqarolik  jarayonida  uning  huquqlari  va  majburiyatlarini  belgilashda  ishning  qonun 
asosida  tashkil  etilgan  vakolatli,  mustaqil  va  holisi  sud  tomonidan  adolatli  va  oshkora  tartibda 
ko`rib chiqish huquqiga ega” dir.  
“Sudlar  to`g`risida”gi  qonunning  7-moddasi  sudlov  ishlarini  yuritishning  oshkoralik 
tamoyilini nazarda tutadi. Ushbu modda mazmunida shunday xulosa kelib chiqadiki, «oshkoralik» 
tamoyili  «sudda  ishlarning  ochiq  ko`rishi»  atamasining  sinonimi  sifatida  ishlatiladi.  Bu  tamoyil, 
shuningdek FPKning 10-moddasi, XPKning 8-moddasi va JPKning 19-moddasi bilan ham tartibga 
solinadi.  
Uning  mohiyati  shundan  iboratki,  u  yoki  bu  sud  ishi  bo`yicha  protsess  ishtirokchisi 
bo`lmagan  fuqarolarning  ham  ishining  ko`rib  chiqishida,  sud  muhokamasi  paytida  ishtirok  etish 
imkoniyati  ta'minlanadi.  Bu  sud  faoliyatining  yaxshilanishiga  ko`maklashadi,  uni  vujudga 
keltiradigan  masalalarning  hal  etilishiga  ko`proq  ma'suliyat  bilan  yondashishga  majbur  qiladi, 
fuqarolarni qonuniylikni mustahkamlash ruhida tarbiyalashga ta'sir ko`rsatadi, tevarak atrofdagilar 
uchun  profilaktik  ahamiyat  kasb  etadi  va  shu  tariqa,  jamoatchilikning  odil  sudlov  ustidan  nazorat 
yuritishning o`ziga xos shakli hisoblanadi.  
Sud  ishlarini  yuritish  tili  tamoyili.  1966  yilgi  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to`g`risidagi 


 
128 
xalqaro  paktning  14-moddasi  3-qismiga  ko`ra,   “Har  bir  kishi  unga  qo`yilgan  har  qanday  jinoiy 
ayblovning ko`rib chiqilishida, agar u sud jarayonida qo`llanilayotgan tilni tushunmasa yoki bu tilda 
so`zlamasa, bepul tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga egadir”.  
“O`zbekiston  Respublikasida  sud  ishlarini  yuritish  o`zbek  tilida,  qoraqalpoq  tilida  yoki 
muayyan joyidagi ko`pchilik aholi so`zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlarini olib borayotgan 
tilni  bilmaydigan  sudda  qatnashuvi  shaxslarning  tarjimon  orqali  ish  materiallari  bilan  to`la 
tanishishi  va  sud  ishlarida  ishtirok  etish  huquqi  hamda  sudda  ona  tilida  so`zlash  huquqi 
ta'minlanadi”.  
Huquqiy  muhofaza  qilish  organlarining  mansabdor  shaxslari  protsess  ishtirokchilariga 
ularning huquqlarini  va jumladan, tarjimon  xizmatlaridan foydalanish  o`zining ona tilida so`zlash, 
bayon etish huquqi borligini tushuntirishlari shart. Tergov va sud hujjatlari ham bunday shaxslarga 
ular  tushunadigan  tilga  tarjima  qilingan  holda  topshiriladi.  Bundan  tashqari  sud  ishlari 
yuritilayotgan  tilni  bilmaydigan  shaxsga  dastlabki  tergovda  va  ishning  sudda  ko`rib  chiqilishida 
majburiy tartibda himoyachining ishtirok etishi ta'minlanadi.  
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta'minlanishi 
tamoyili: “Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta'minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning 
har  qanday  bosqichida  malakali  yuridik  yordam  olish  huquqi  kafolatlanadi.  Fuqarolarga,  korxona, 
muassasa  va  tashkilotlarga  yuridik  yordam  berish  uchun  advokatura  faoliyat  ko`rsatadi. 
Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”. 
Har bir kishi unga qo`yilayotgan har qanday jinoiy ayblovni ko`rib chiqishda o`zi tanlagan 
himoyachi  ishtirokida  sudlanish  va  o`zini  shaxsan  yoki  o`zi  tanlagan  himoyachi  orqali  himoya 
qilish,  mabodo  u  himoyachiga  ega  bo`lmasa,  u  bunday  huquqqa  ega  ekanligi  haqida  xabardor 
qilinishi  va  odil  sudlov manfaatlari  talab  qilgan  hollarda  uning  uchun  himoyachi  xizmatlariga  pul 
to`lash  imkoniyati  bo`lmaganida  har  qanday  holda  bepul  tartibda   tayinlangan  himoyachiga  ega 
bo`lish huquqiga egadir 
Bu  tamoyil  Konstitutsiyaning  116-moddasidan  tashqari  «Sudlar  to`g`risida»gi  qonunning 
10-moddasi  va  JPKning  20-moddasida  ham  mustahkamlab  qo`yilgan.  Ushbu  me'yorlar  jinoiy 
javobgarlikka tortilayotgan shaxslarda himoyalanish huquqi borligini nafaqat e'lon qiladi, balki ayni 
bir  vaqtda,  bu  huquqning  kafolatlanganligini  ham  alohida  ta'kidlaydi.  O`zbekiston  Respublikasida 
Sudlar  ushbu  tamoyillarga  asoslangan  holda  ish  yuritib  qonunga  itoatkorlik  ruhida  faoliyat 
ko`rsatadilar. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish