O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


-Mavzu: O`zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati va



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

18-Mavzu: O`zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati va 
fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining 
 huquqiy maqomi. 2 soat. 
 Reja: 
1. Davlat hokimiyati oliy organlari tizimida Vazirlar Mahkamasining o`rni va roli 
2.  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shakllanish tartibi   
3. O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlarining tashkil etilishi va tizimi. 
4.  Fuqarolarning  o`zini  o`zi  boshqarish  organlari  tushunchasi,  shakllanish  tartibi  va 
vakolatlari. 
 
1.  Davlat hokimiyati oliy organlari tizimida Vazirlar Mahkamasining o`rni va roli 
Hukumat  bu  –  davlat  boshqaruvida   markaziy   organ  hisoblanib,  Konstitutsiya  va  qonunlar 
asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat 
tartibi  va   xavfsizlikni  ta'minlanishini  nazorat   qiluvchi,  shuningdek  davlat  boshqaruvining  boshqa 
idoralariga  umumiy rahbarlik qiladi. 
Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan Ministrlar Kengashi 
(Hindiston),  Kabinet(Yaponiya),  Ministrlar  Kabineti,  Davlat  kengashi  (Shvetsiya,  Norvegiya, 
Finlyandiya),  Fedaral  kengash  (Shveysariya),  Federal  Hukumat  (Germaniya),  Hukumat(Chexiya, 
Kolumbiya) va hokazo. 
Bizda,  ya'ni  O`zbekiston  Respublikasida  hukumat  «Vazirlar  Mahkamasi»  deb  nomlangan 
bo`lib,  «O`zbekiston  Respublikaci  Vazirlar  Mahkamasi  to`g`risida»gi  qonunga  binoan,  u 
O`zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotning,  ijtimoiy  va  ma'naviy  sohaning  samarali  faoliyatiga 
rahbarlikni,  O`zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
qarorlari,  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlari  ijrosini 
ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir. 
Shuni  qayd  etish  kerakki,  har  qanday  demokratik  davlatda  parlament  va  davlat  boshlig`i 
tomonidan  qabul  qilinadigan  huquqiy  aktlarning  hayotdagi  ijrosi  bevosita  hukumat  faoliyatiga 
bog`liq. 
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga rahbarlik qiladi, ularning hamjihatlik 
bilan ishlashini ta'minlaydi. 
Vazirlar  Mahkamasi  o`z  faoliyatida  kollegiallik,  demokratiya  va  qonuniylik,  O`zbekiston 
Respublikasida  yashovchi  barcha  millat  va  elatlarning  manfaatini  hisobga  olish  prinsiplariga 
tayangan  holda,   o`z faoliyatini bevosita  amalga oshiradi. 
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo`yilgan o`z tarkibiga ega. Unga ko`ra, Vazirlar       
Mahkamasi  tarkibiga  Bosh  vazir,  uning  birinchi  o`rinbosari  va  o`rinbosarlari,  vazirlar,  davlat 
qo`mitalarining raislari, davlat va xo`jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar.  
Davlat hokimiyati organlarining ishini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay 
turib  islohatlarni  yanada  chuqurlashtirish,  jamiyat  turmushining  barcha  sohalarini  erkinlashtirish 
 vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib bo`lmaydi. Xalq tomonidan qo`llab quvvatlanayotgan kuchli va 
adolatli hokimiyat, demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim 
shartlaridan biri hisoblanadi. 
Referendum  qarorlarini  hayotga  tatbiq  etish  uchun,  eng  avvalo  umumxalq  ovoz  berishi 
natijalarini  O`zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonun  hujjatlarida  aks  ettirish  lozim 
bo`ldi.     Referendum  yakunlari  fuqarolik  jamiyati  institutlari  to`g`risidagi,  davlat  hokimiyatini 
tashkil etish tizimini,  ya'ni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning palatalari, O`zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti,  O`zbekiston  Respublikasining  Vazirlar  Mahkamasi,  mahalliy  davlat 
hokimiyati  organlari  va  sud  hokimiyatining  konstitutsiyaviy  maqokimini  tartibga  soluvchi  yangi 
qonunlarni ishlab chiqish va amaldagi qonunlarini takomillashtirishni taqozo etdi. 
Yuqoridagilarga  asoslangan  holda  2003  yil  29  avgustda  O`zbekiston  Respublikasining 


 
118 
«O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to`g`risida»gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi. 
2002 yil 27 yanvarda o`tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko`ra hamda uning asosida 
2003  yil  24  aprelda  qabul  qilingan  O`zbekiston  Respublikasining  qonuniga  muvofiq 
Konstitutsiyaning  XVIII,  XIX,  XX,  XXIII  boblariga  tuzatish  va  qo`shimchalar  kiritilgan.  Mazkur 
o`zgartish 
va 
qo`shimchalarga 
binoan 
Konstitutsiyani 
89-moddasining 
«O`zbekiston 
Respublikasining  Prezidenti  ayni  vaqtda  Vazirlar  Mahkamasining  Raisi  hisoblanadi»  degan 
so`zlardan iborat bo`lgan ikkinchi xatboshisi olib tashlandi. 
Konstitutsiyaning  98-moddasi  hamda  yangi  tahrirdagi  qonunning  15-moddasiga  ko`ra,  Bosh 
vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi 
uchun  shaxsan  javobgar  bo`ladi,  Vazirlar  Mahkamasining  majlislariga  raislik  qiladi,  uning 
qarorlarini imzolaydi. 
 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2011 
yil  25-martda  tasdiqlangan  qonun  asosida  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  ayrim 
moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga) o`zgartirishlar va qo`shimchalar  kiritildi. 
Bundan  ko`zlangan  maqsad  davlat  boshlig`I  Prezident,  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi 
hokimiyatlar  o`rtasidagi    vakolatlarning  yanada  mutanosib  taqsimlanishini  ta`minlash,  shuningdek 
sotsial-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  islohotlarni  amalga  oshirishda,  mamlakatni  yangilash  va 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta`sirini kuchaytirish nazarda tutilgan. 
  

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish