O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/38
Sana23.06.2021
Hajmi1,21 Mb.
#99779
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
huquqiy shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

31 


4- Mavzu. Soliq tckshirishlarini o'tkazish tartibi 

 

1.  Soliq tckshirishlarini o'tkazish tartibi. 

2.  Hujjatlarni va predmetlarni olib qo'yish tartibi. 

3.  Soliq tekshirishi natijalarini rasmiylashtirish. 

Soliq  tekshirishlarini  o'tkazishning  birinchi  bosqichi  DSXO  man-sabdor 

shaxslarining  soliq  tekshirishlarini  o'tkazadigan  joylarga  ki-rish  tartib-qoidalarini 

belgilashdan boshlanadi. 

Soliq  tekshirishlarini  boshlashdan  oldin,  naqd  pul  tushumi  va  foy -dalanishiga 

oid  qisqa  muddatli  tekshiruvlarda  esa  soliq  tekshirishi  tugagunga  qadar  davlat  soliq 

xizmati organlari mansabdor shaxslari quyidagilarni amalga oshirishi lozim: 

1)  soliq    to'lovchini,      soliq      agentini      yoki      ularning    vakillarini      soliq 

tekshirishining maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi; 

2)  soliq  to'lovchiga,  soliq  agentiga  yoki  ularning  vakillariga  xo'ja-lik 

sub'ektlarini    tekshirish    muvofiqlashtiruvchi    rejasidan    ko'chir-mani    yoki 

nazorat  qiluvchi  organlar  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Kengash  vakolatli 

organi    (hududiy  bo'linmasi)ning  rejadan  tashqari,    qisqa  muddatli  yoki 

muqobil  tekshirish  o'tkazish  haqidagi  qaroridan  ko'chirmani;  tegishli  soliq  

tekshirishi  o'tkazish  haqidagi  davlat  soliq  xizmati  organi  buyrug'i  nusxasini  va 

tekshirish  o'tkazish  rejasini  taq-dim  etadi.  Bularni  olganligi  haqida  soliq 

to'lovchi imzo chekib tasdiq-laydi. 

 

3)  mansabdor  shaxsga  soliq  tekshirilishi  ruxsat  etilishi  haqidagi  maxsus 



guvohnomani taqdim etishi; 

4)  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  tekshirishlarni  ro'yxatdan  o'tkazish 

kitobida yozuvni amalga oshiradi. 

Soliq 

to'lovchiga 

yuqoridagi 

hujjatlarning 

taqdim 

etilishi 

soliq 

tekshirilishining  boshlanishini  bildiradi.  Bu  hujjatlarni  soliq  to'lovchining  olishdan 

bosh tortishi soliq tekshirishini bekor qilishga asos bo'la olmaydi. 

Soliq  to'lovchi  yoki  soliq  agenti  davlat  soliq  organi  mansabdor  shaxslarini 

quyidagi hollarda tekshirish hududiga kiritmaslikka haq-lari bor: 

yuqorida  ko'rsatilgan  hujjatlar  taqdim  etilmasa  yoki  belgilangan  tartibda 

rasmiylashtirilmagan bo'lsa; 

tekshiruvchi shaxs teshirishni o'tkazish haqidagi buyruqda ko'rsatil-gan bo'lmasa 

yoki tekshirish o'tkazishga maxsus guvohnomasi bo'lsa; 

buyruqda ko'rsatilgan tekshirish muddati hali kelmagan yoki qtib ketgan bo'lsa; 

tekshiruvchi  shaxs  tekshirishlarni  qayd  qilish  kitobiga  imzo  chekish-dan  bosh 

tortsa. 

Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini tekshirish hududiga yoki binosiga 

kiritishga tqsqinlik qilinganda dalolatnoma tuziladi. 



 

32 


Davlat  soliq  xizmati  organi  mansabdor  shaxslarini  tekshirish  hududiga  yoki 

binosiga  (istiqomat  joylardan  tashqari)  kiritishga  noqonuniy  tqsqinlik  qilinganda, 

shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  o'z  xizmat  vazifalarini  bajarishlariga 

tqsqinlik  qilish  qonunchilik-da  belgilangan  tartibda  javobgarlikka  tortiladi. 

Ularning  bunday  to'sqinlik  qilishlari  uchun  javobgarlikka  tortilishi  soliq  tekshi-

rishlarini bekor qilish uchun asos bo'la olmaydi. 

Soliq  organi  mansabdor  shaxslarining  uy  joylarga  unda  istiqomat  qiluvchi 

jismoniy  shaxslarning  ruxsatisiz  kirishiga  yo'l  qo'yilmaydi.  Qonunchilik  bilan 

belgilangan yoki sud qarori asosida amalga oshiril-gan hollardan tashqari. 

Soliq  tekshirish  o'tkazishning  keyingi  bosqichi  hudud  va  inshoot-larni  kuzatish 

va mulklarni inventarizatsiyalashdir. 

Tekshirish o'tkazuvchi mansabdor shaxslar tekshirish to'liqligini  ta'minlashda 

ahamiyati  bo'lgan  holatlarni  aniqlash  maqsadida  ishlab  chiqarish,  ombor,  savdo  va 

boshqa  inshootlar  va  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  daromad  olish  uchun 

foydalanadigan  yoki  soliq  ob'ekti  maz-muni  bilan  bog'dangan  joylarni  ular 

joylashgan joydan qat'i nazar kuzatish huquqiga ega. 

Hudud va inshootlarni kuzatish soliq to'lovchi yoki soliq agenti vakili  ishtirokida 

amalga oshiriladi. 

Kuzatish natijalari bo'yicha talablarga rioya qilingan holda bayon-noma tuziladi. 

Kuzatuv jarayonida foto va kinotasvir, videoyozuv soliq  to'lovchiga  bildirilgan 

holda amalga oshirilishi mumkin va bu haqda bayonnomada ko'rsatiladi. 

Soliq  to'lovchiga  tegishli  bo'lgan  mulklarni  inventarizatsiya  qilish  haqiqatda 

mavjud  bo'lgan  mulklarni  buxgalteriya  hisobidagi  ma'lumot-lar  bilan  solishtirish 

uchun,  barcha  muUdar  hisobi  to'g'ri  aks  ettiril-ganligiga  shubha  uyg'ongan 

holatlarda amalga oshiriladi. 

Inventarizatsiya natijalari bo'yicha inventarizatsiya dalolatnomasi tuziladi. 

Soliq  tekshirishlarida  inventarizatsiya  o'tkazish  tartibi  DSQ  to-monidan  Moliya 

vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Tekshirish  o'tkazayotgan  DSXO  mansabdor  shaxslarida  inventariza-tsiya 

qilinayotgan  mulklar  yoki  pul  mablag'lari  ishlatib  yuborilganligi  to'g'risida 

etarlicha  asos  bo'lgan  taqdirda,  ular  g'aznani  va  tovar-moddiy  boylMar  saqlash 

joylarini o'rnatilgan tartibda muhrlab qo'yish huquqiga ega. 

Muhrlab qo'yish bu haqda bayonnoma tuzish va soliq to'lovchi vakili ishtirokida 

bo'ladi,  hamda  faqat  soliq  tekshirilishi  o'tkazilayotgan  davrda  va  ikki  kundan  ortiq 

bo'lmagan muddatga ruxsat beriladi. 

Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirilayotgan soliq to'lovchilar-dan soliqlar 

va  majburiy  to'lovlarni  hisoblash  va  to'lash  bilan  bog'liq  hujjatlarni  talab  qilish 

huquqiga ega. 

Soliq  to'lovchi  yoki  soliq  agenti talab  qilingan  hujjatlarni  yozma  talabnoma 

berilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmasdan berishi kerak. 

Hujjatlar  nusxa  ko'rinishida,  soliq  to'lovchining  imzosi  va  muhri  bilan 



 

33 


ishonchliligi ko'rsatilgan holda taqdim etiladi. 

Tekshirish  o'tkazayotgan  soliq  organi  mansabdor  shaxsi  soliq  huquq-buzarligiga 

dalolat  bo'luvchi  hujjatlarni,  huquqbuzarlik  predmet-larini  olib  qo'yish  huquqiga 

egadirlar. Markalanmagan aktsizosti tovarlari majburiy ravishda olib qo'yiladi. Soliq 

to'lovchi  faoliya-tini  tqxtatishga  olib  keluvchi  hujjatlar  va  predmetlarni  olib  qo'yish 

sud orqali amalga oshiriladi. 

Hujjatlar  va  predmetlarni  olib  qo'yish  soliq  organining  tekshi-rish  olib 

borayotgan  mansabdor  shaxsi  qaroriga  asosan  amalga  oshiri-ladi.  Bunday  qaror 

shakli O'zR DSQ tomonidan tasdiqlanadi. 

Mansabdor  shaxs  hujjatlarni  olib  qo'yishdan  awal  mazkur  qarorni  ko'rsatadi 

va qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyat-larini tushuntiradi. 

Hujjatlarni  va  predmetlarni  olib  qo'yish  to'g'risida  talablarga  rioya  qilingan  holda 

bayonnoma tuziladi. Bunday bayonnoma ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi imzosini 

olingan holda hujjatlari va predmet-lari olib qo'yilgan shaxsgaberiladi. 

Olib qo'yilgan hujjatlar va predmetlar  olib qo'yish bayonnomasida  aks ettiriladi, 

unga  ilova  qilinadigan  yozuvlarda  ularning  nomlari,  miqdori,  predmetlarning 

individual belgilari, imkoniyatiga qarab qiymati ko'rsatiladi. 

Hujjatlarning asli olinganda, ulardan nusxa olinib, soliq orga-nining mansabdor 

shaxsi  tomonidan  asliga  to'g'riligi  tasdiqlanadi  va  hujjat  olib  qo'yilgan  shaxsga 

beriladi. 

Barcha  olib  qo'yilayotgan  hujjatlar  va  predmetlar  barcha  qatnashuv -chilarga 

ko'satiladi, zaruriy hollar joyida qrab qo'yiladi. 

Soliq  to'lovchi  yoki  soliq  agenti  noqonuniy  qarshilik  ko'rsatganda  yoki  soliq 

organi  mansabdor  shaxsini  tekshiriladigan  daromad  olish  bilan  bog'liq  bo'lgan 

hudud  yoki  inshootga  kmtmaganida  soliq  organi  sudga  soliq  to'lvchining 

bankdagi  va  boshqa  moliya-kredit  muassasalari-dagi  hisob  raqamlari  bo'yicha 

operatsiyalarini  tqxtatishni  sqrab  ariza  bilan  murojaat  qilish  huquqiga  ega.  Bankdagi 

hisobraqami bo'yicha operatsiyalarni tqxtatish faqat sud qarori orqali bo'lishi mumkin. 

Zaruriy  hollarda  tekshirishda  qatnashish  uchun  ekspert  jalb  qili-nishi  va 

ekspertiza belgilanishi mumkin. Ekspertiza ilm, san'at, tex-nika va boshqa sohalarda 

maxsus mutaxassis bilimi talab qilingan hollarda belgilanadi. 

Ekspert jalb qilinganda soliq to'lovchiga soliq organi va ekspert o'rtasida  tuzilgan 

shartnomaning nusxasi taqdim etiladi. 

Ekspertiza o'tkazish to'g'risidagi qaror soliq organi rahbari tomo-nidan tekshirish 

o'tkazayotgan  mansabdor  shaxs,  yoki  soliq  to'lovchi,  soliq  agenti  murojaati  bilan 

qabul qilinadi. 

Qarorda  ekspertiza  o'tkazish  uchun  asos,  ekspertchining  familiyasi,  ismi, 

otasining ismi, ekspertiza o'tkaziladigan tashkilot nomi, eks-pertchi oldiga qo'yilgan 

masalalar,  ekspertchi  ixtiyoriga  beriladigan  materiallar  ko'rsatiladi.  Ekspertizani 

belgilash to'g'risidagi qaror shakli O'zR DSQ tomonidan belgilanadi. 

Ekspert  oldiga  qo'yilgan  masalalar  va  uning  xulosalari  ekspert-chining  maxsus 




 

34 


bilimlari  doirasidan  tashqariga  chiqishi  mumkin  emas.  Ekspertchi  ekspert 

predmetiga  tegishli  tekshirish  materiallari  bilan  tanishishga,  qo'shimcha 

materiallar berilishini so'rab murojaat qilish-ga haqli bo'ladi. 

Ekspertchi  agar  unga  berilgan  materiallar  etarli  bo'lmasa,  yoki  u  eks-pert 

o'tkazish  uchun  zaruriy  bilimlarga  ega  bo'lmasa  xulosa  berishdan  bosh  tortishi 

mumkin. 


Ekspertchi  xulosani  yozma  shaklda  o'z  nomidan  yozadi.  Xulosada  nati-jalar, 

qo'yilgan  savollarga  asosli  javoblar  yoziladi.  Uning  oldiga  qo'yilmagan  masalalar 

bo'yicha,  lekin  ishning  holatiga  ahamiyati  bo'lgan  xulosalarga  ega  bo'lsa,  ularni 

umumiy xulosalarga kiritishi mumkin. 

Ekspertchi  xulosasi  yoki  uning  xulosa  bera  olmasligi  to'g'risidagi  xabari 

tekshirilayotgan shaxsga taqdim qilinadi. Bunda tekshirilayotgan shaxs tushuntirish 

berishga,  qarshiligini  bildirishga,  ekspertchi  oldi-ga  qo'shimcha  savollarni 

qo'yilishini  sqrashga,  qo'shimcha  yoki  takroriy  ekspertiza  o'tkazilishini  sqrashga 

haqlidir. 

Qo'shimcha  ekspertiza  aniqlik  etishmagan  yoki  xulosa  to'liq  bo'lmagan 

holatlarda  belgilanadi  va  yana  shu  yoki  boshqa  ekspertchiga  beriladi.  Takroriy 

ekspertiza ekspertchi xulosasi asoslanmagan yoki uning to'g'ri-ligi shubha uyg'otgan 

hollarda belgilanadi va boshqa ekspertchiga beri-ladi. 

Zaruriy  hollarda  soliq  tekshirishlariga  tarjimon  jalb  qilini-shi  mumkin.  Tarjimon 

bo'lib,  ishning  borishidan  manfaatdor  bo'lma-gan,  til  bilgan,  bilimi  tekshirish 

uchun  zarur  bo'lgan  shaxs  hisob-lanadi.  Tarjimon  o'z  majburiyatlarini 

bajarishdan bosh tortish yoki yolg'on (noto'g'ri) tarjima qilsa javobgarlikka tortilishi 

to'g'risida  ogohlantiriladi.  Bu  haqda  bayonnomada  belgi ko'rsatilib, tarjimon imzosi 

bilan tasdiqlanadi. 

Tarjimonni  jalb  qilish  bilan  bog'liq  xarajatlar  tekshirish  o'tka-zayotgan  soliq 

organi hisobidan amalga oshiriladi. 

Soliq 


tekshirishlari 

doirasidagi 

harakatlarning 

yuritilishida 

soliq 

qonunchiligida  ko'zda  tutilgan  holatlarda  holis  guvohlar  jalb  qilinishi  mumkin. 



Holis  guvoh  sifatida ishning borishidan  manfa-atdor  bo'lmagan  har  qanday jismoniy 

shaxs ishtirok etishi mumkin. DSO mansabdor shaxslari holis guvoh sifatida qatnasha 

olmaydilar.  Holis  guvohlar  bayonnomada  ular  ishtirokida yuz  bergan faMar, hara-

katlar  mazmuni  va  natijalarni  tasdiqlashi  kerak.  Ular  qilingan  hara-katlar  bo'yicha 

fikrlari va noroziliklarini berish huquqiga ega va bu haqda bayonnoma yoziladi. Bu 

hoMar bo'yicha holis guvohlar so'rovga tutilishi mumkin. 



Soliq  tekshirishlari  harakatlari  doirasida  bayonnoma  tuziladi.  Bayonnoma  davlat 

tilida yoki rus tilida tuziladi. Bayonnomada quyida-gilar ko'rsatiladi: 

-  uning nomi; 

-  alohida  harakat  (sodir  bo'lgan  ish)  joyi  va  vaqti; 

harakatning boshlanishi va tugashi vaqti; 

bayonnoma tuzgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 




 

35 


-  harakatda  qatnashgan  yoki  uning  o'tkazilishida  mavjud  bo'lgan  har  bir 

shaxsning  F.I.O,  zaruriy  hollarda  manzillari,  davlat  tilini  bilishi  to'g'risidagi 

ma'lumot. 

-  harakatlar mazmuni va uni o'tkazish tartibi; 

-  harakatni  o'tkazish  paytida  ish  uchun  aniqlangan  faktlar  va  holat-lar. 

Bayonnoma bilan harakatda ishtirok etgan shaxslar tanishib chiqa-dilar, 

ular  o'z  norozilMarni  fikrlarni  bildirish  huquqga  ega  va  bu  haqda 

bayonnomada  ko'rsatiladi  yoki  soliq  tekshirishi  materiallariga  qqshib  qo'yiladi. 

Bayonnomaga  qatnashuvchilarni  barchasi  imzo  chekadilar.  Unga  fotorasmlar, 

tasvirlar, videoyozuvlar va boshqa materiallar ilova qilinadi. 



Soliq  tekshirishi  natijalarini  rasmiylashtirish  uchun  DSO  man-sabdor  shaxsi 

tomonidan soliq tekshirishi dalolatnomasi tuziladi va unda quyidagilar ko'rsatiladi: 

1)  soliq tekshirish o'tkazilgan joy va dalolatnoma tuzilgan sana; 

2)  soliq tekshiruvi o'tkazish uchun asos; 

3) tekshirish turi va muddati; 

4)  soliq  tekshiruvini  o'tkazgan  DSXO  mansabdor  shaxslarining  F.I.0  

lavozimi. 

5)  soliq to'lovchi yoki soliq agentining F.I.0 yoki to'liq nomi; 

6)  soliq to'lovchi joyi, bank rekvizitlari, identifikatsiya raqami; 

7)  rahbarlik  vazifalarini,  buxgalteriya  hisobi  va  moliyaviy  bosh-qaruv 

vazifalarini bajaruvchi shaxslar F.I.O; 

8)  Awalgi  soliq  tekshirishlarida  aniqlangan  soliq  huquqbuzar-liklari  va 

ularga nisbatan ko'rilgan choralar; 

9)  tekshirish  o'tkazilgan  davr  va  soliq  to'lovchi  tomonidan  berilgan  

hujjatlar to'g'risida umumiy ma'lumot; 

 

10)  sodir  etilgan  soliq  huquqbuzarligi  to'g'risida  soliq  qonun-chiligining 



tegishli me'yoriga asoslanilgan holda to'liq tushuntirish berish; 

11)  soliq  tekshrishi  natijalari,  barcha  aniqlangan  xatolar,  shu  jum-ladan 

soliqlar va to'lovlar bo'yicha ortiqcha hisoblangan hoMar. 

Dalolatnoma  soliq  tekshirishini  o'tkazgan  mansabdor  shaxs  tomoni-dan  imzo 

chekiladi  va  soliq  to'lovchiga  ikki  muddatga  tanishib  chiqishi  va  imzo  chekishi 

uchun  beriladi.  Soliq  to'lovchi  dalolatnomada  o'zining  qarshilik  yoki  norozilik 

tomonlarni bayon etishi mumkin. 

Soliq to'lovchi yoki soliq agenti dalolatnomaga imzo chekishdan va uni  olishdan 

bosh tortsa, DSO mansabdor shaxsi bu haqda dalolat-nomada tegishli yozuvni amalga 

oshiradi. Dalolatnomaning bir nusxasi soliq to'lovchiga beriladi. 

Soliq tekshirishi Dalolatnomasini to'ldirish tartibi va shakli DSQ  tomonidan 

belgilanadi.  Soliq  tekshirishi  tugaganidan  keyin  so -liq  huquqbuzarligi 

aniqlanmagan bo'lsa bu haqda dalolatnomada tegish-li yozuv bilan belgilanadi. 

Tekshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi. Bir nusxasi soliq  to'lovchiga 




 

36 


imzo  qo'ydirib  beriladi  va  berilgan  vaqti  belgilab  qo'yila-di.  Shu  kun  soliq 

tekshirishi  muddati  tugagan  kun  hisoblanadi.  Qolgan  nusxalari  tekshirish 

materiallariga 

qqshib 


qo'yiladi. 

Tekshirish 

mate-riallari 

keyingi 


kundan 

kechiktirmasdan,  DSO  rahbariga  yoki  uning  muoviniga  ko'rib  chiqish  uchun 

topshiriladi. 

Soliq tekshirishlari materiallariga tekshirishga asos bo'lib xiz-mat qilgan hujjatlar, 

soliq  tekshirishi  doirasidagi  harakatlar  bo'yi-cha  bayonnomalar,  inventarizatsiya 

dalolatnomalari, hujjatlarni olish yoki tushuntirishlar berish to'g'risidagi talabnomalar, 

ekspert xulosa-lari, soliq tekshirish paytida olingan hujjatlar, tekshirish davomi-dagi 

harakatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar tikiladi. 

Agar  tekshirish  davomida  soliq  to'lovchi  mansabdor  shaxslarni  ma'-muriy 

javobgarlikka  tortilishini  taqozo  qiluvchi  soliq  huquqbuzar-liklari  aniqlansa, 

tekshirish  o'tkazgan  DSO  mansabdor  shaxsi  belgi-langan  tartibda  ma'muriy 

huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani tuzadi. 

Davlat  soliq  organi  tomonidan  tekshirish  materiallarini  ko'rib  chiqish  tartibi  bilan 

tanishamiz. 

Tekshirish  dalolatnomasi  soliq  to'lovchiga  berilganidan  sqng  qn  kun  muddat 

ichida  soliq  qonunchiligi  buzilish  hollari  aniqlangan  soliq  tekshirishi  materiallari 

tekshirishni belgilagan DSO rahbari (muo-vini) tomonidan ko'riladi. 

Soliq  tekshirishi  materiallarini  ko'rib  chiqishda  bayonnoma  yuriti-ladi  va  unda 

quyidagilar majburiy tartibda ko'rsatiladi: 

- majlis vaqti va joyi; 

- soliq  tekshirishlari  materiallarini  ko'rib  chiqayotgan  mansabdor 

shaxs F.LOsi; 

-  materiallarni  ko'rib  chiqishda  qatnashayotganlarning  qatnashganli-gi 

to'g'risida ma'lumot; 

- materiallarning mazmuni; 

-  ishni  ko'rib  chiqishda  qatnashayotgan  shaxslarning  tushuntirish -lari, 

murojaatnomalari va ularning ko'rib chiqish natijalari; 

- soliq tekshirishlari materiallarini ko'rib chiqishda o'rganilgan hujjatlar; 

- tadbirkorlik  sub'ekti  bo'lgan  soliq  to'lovchi  yoki  soliq  agentining  soliq 

huquqbuzarligini  sodir  etganligini  tan  olganligi  va  jarimani  DSO  qaroridan 

keyin  10  kun  muddat  ichida  ixtiyoriy  to'lashi  to'g'risidagi  yoki  aybini  tan  

olmaganligi to'g'risidagi ma'lumot; 

Bunday  ma'lumot  tekshirish  dalolatnomasidagi  soliq  to'lovchi-ning  roziligi  yoki 

noroziligi  to'g'risidagi  yozuvga,  shuningdek,  yozma  bayon  qilingan  qarshiligiga 

asosan  mansabdor  shaxsning  soliq  huquqbuzar-ligi  fakti  mavjudligi  to'g'risidagi 

xulosasi bilan birgalikda bayon-nomaga kiritiladi. 

- huquqbuzarlik natijasida etkazilgan moddiy zararni qoplash va 

- soliq  huquqbuzarliklarining  bartaraf  etilishi  to'g'risidagi  ma'-lumot; 

boshqa ma'lumotlar. 



 

37 


Bayonnoma  tekshirish  materiallarini  ko'rib  chiqqan  mansabdor  shaxs  soliq 

to'lovchi tomonidan imzolanib tasdiqlanadi. 

Soliq to'lovchi tomonidan bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortilsa, yoki ular 

ishtirokisiz  tkshirish  materiallari  ko'rib  chiqilgan  bo'lsa  bu  haqda  bayonnomada 

tegishli yozuv yoziladi. 

Bayonnoma uch nusxada tayyorlanadi, ulardan biri soliq to'lovchiga belgilangan 

tartibda beriladi. Boshqa nusxalari tekshirish material-lari qqshib qo'yiladi. 

Bunday bayonnoma shakli DSQ tomonidan tasdiqlanadi. 

Tekshirish  paytida  aniqlangan  ma'muriy  huquqbuzarliklar  to'g'ri-sidagi  ishlarni 

ko'rib  chiqish  va  ma'muriy  jarimalarni  qo'llash  DSXO  tomonidan  O'zbekiston 

Respublikasining  ma'muriy  javobgarlik  to'g'-risidagi  Kodeksiga  asosan  amalga 

oshiriladi. 



Davlatsoliq  organining  tekshirish  materiallarini  ко  'rib  nati-jalari  bo  'yicha  qarori 

materiallar ko'rib chiqish tugagan kundan keyin-gi kundan kechiktirmasdan chiqariladi. 

Qaror DSO rahbari tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: 

- soliqlar, majburiy to'lovlar va penyani hisoblash; 

-  soliq      to'lovchining      mansabdor      shaxslarini      sodir      etilgan      soliq 

huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish to'g'risida; 

-  soliq  huquqbuzarligi  sodir  etilmaganligi  to'g'risdagi  tarkib  mavjud 

emasligi tufayli soliq to'lovchini javobgarlikka tortmaslik to'g'risida; 

- soliq tekshirishini o'tkazish muddatini cho'zish to'g'risida. 

Xukumat  qarorlarida  ko'rsatilgan,  soliq  to'lovchiga  nisbatan  qo'l-laniladigan 

choralar faqat sud orqali amalga oshiriladi. 

O'z  aybini  tan  olgan  va  ixtiyoriy  ravishda  qo'shimcha  hisoblangan  summalarni  va 

jarimani  to'lash  majburiyatini  olgan,  lekin  qn  kun  ichi-da  to'lamagan  yoki  to'liq 

to'lamagan soliq to'lovchidan mazkur to'lovlar sud orqali undiriladi. 

Qaror  qabul  qilinganidan  sqng  soliq  to'lovchiga  tekshirish  natija-lari  bo'yicha 

soliqlar, to'lovlar va penyalarni to'lash to'g'risidagi talab-noma yuboriladi. Soliq to'lovchi 

ushbu talabnomani 1 oy muddat ichida bajarishi kerak, lekin DSXO qarori ustidan shikoyat 

bilan murojaat qilmagan bo'lsa. 

Har  bir  soliq  to'lovchi  DSXO  mansabdor  shaxslari  harakati  yoki  harakatsizligi 

ustidan  shikoyat  qilish  huquqiga  egadir.  DSO  yuqori  tashkilotiga  shikoyat  qilish 

bilan bir vaqtda sudga muro-jaat qilish huquqiga ham egadirlar. 

Yuqori organaga shikoyat soliq to'lovchi o'z huquqlarining buzil-ganligini bilgan 

yoki bilishi kerak bo'lgan vaqtdan bir oy muddat ichida beriladi. 

Soliq  to'lovchining  shikoyati  DSXO  yuqori  tashkiloti  tomoni-dan  bir  oy 

muddatdan kechiktirmasdan ko'rib chiqiladi. 

-  Yuqori      organ      quyi      DSXO      qarori      ustidan      shikoyatni      ko'rib 

chiqqanidan sqng quyidagi huquqlarga ega: 

-  shikoyatni 

javobsiz 

qoldirish; 

DSXO qarorini bekor qilish; 



 

38 


-  soliq huquqbuzarligi to'g'risidagi ishni tqxtatish; 

-  qarorni o'zgartirish yoki yangi qaror qabul qilish. 

Shikoyat  bo'yicha  yangi  qaror  bir  oy  davomida  qabul  qilinadi.  Qaror  qabul 

qilinganidan keyin 3 kun ichida yozma shaklda shikoyat qilgan shaxsga etkaziladi. 

DSXO  qarori,  harakati  yoki  harakatsizligi  ustidan  sudga  qi-linadigan  shikoyat 

(da'vo arizasi) qonunchilikda belgilangan tar-tibda ко'rib chiqiladi va hal qilinadi. 

Sudga  shikoyat  berilishi  shikoyat  qilingan  qaror  yoki  harakat-ning,  shu 

jumladan,  moliyaviy  javobgarlik  choralarining  ko'rili-shini  yuqori  organ  yoki  sud 

qarori chiqqunga qadar tqxtatib turadi. 



 

39 



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish