O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus


Soliq  tekshirishlarining  ishtirokchilari



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/38
Sana23.06.2021
Hajmi1,21 Mb.
#99779
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
huquqiy shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati.

Soliq  tekshirishlarining  ishtirokchilari  bo'lib,  tekshirish  to'g'risidagi  buyruqda 

ko'rsatilgan  DSX  organlari  mansabdor  shaxs-lari  va  soliq  to'lovchilar  yoki  soliq 

agentlari  hisoblanadi.  Soliq  tekshirishlarida  soliq  to'lovchilar  yoki  soliq 

agentlarining  vakil-lari  ishtirok  etishi  mumkin.  Zaruriy  hollarda  tekshirishlarga 

ekspertlar  tarjimonlar  va  tekshirish natijalaridan manfaatdor bo'lmagan shaxslar jalb 

qilinadi.  QR  Savdo  sanoat  palatasi  a'zo-lari  bo'lgan  soliq  to'lovchilar  tekshirilganda, 

tekshirishda Palata-ning vakillari ham ishtirok etish mumkin. 

Rejali  tekshirishlarni  o'tkazish  uchun  asos  bo'lib  tekshirish-larni  o'tkazishning 

muvofiqlashtirilgan  rejasidan  ko'chirma  (te-gishli  muhr  va  imzo  bilan  tasdiqlangan 

holda);  tekshirish  maqsadi,  muddati,  tekshiruvchi  mansabdor  shaxslar  tarkibi 

ko'rsatilgan DSX organi buyrug'i hisoblanadi. 



Rejadan  tashqari  tekshirishlarni  о  'tkazish  uchun  asos  bo  'lib  kenga-shning 

maxsus qarori bo'lib, unda tekshiriladigan ob'ekt, nning maq-sadi, davri, muddati 

va  uni  asoslovchi  sabablar  ko'rsatiladi;  tekshi-rish  o'tkazish  to'g'risidagi  DSX 

organi buyrug'i asos bo'lib hisoblanadi. 



Muqobil  tekshirishlarni  o'tkazish  uchun  asos  bo'lib  kengashning  bunday 

tekshirish  o'tkazish  haqidagi  maxsus  qarori  bo'lib,  unda  tekshiriladigan  ob'ekt, 

uning  maqsadi,  davri,  muddati  va  tek-shiriladigan  o'zaro  munosabat  ob'ekti 

ko'rsatiladi; tekshirish o'tkazish to'g'risidagi DSX organi buyrug'i hisoblanadi. 



Tugatilayotgan yuridik shaxsni rejadan tashqari tekshirish о 'tkazish uchun  asos 

bo'lib  tugatilayotgan  yuridik shaxs arizasi;  tekshirish  o'tkazish to'g'risidagi DSX 

organi buyrug'i hisoblanadi. 

Soliq  tekshirishlarini  o'tkazish  soliq  to'lovchi  yoki  soliq  agen-ti  faoliyatini 

tqxtatib qo'yishi mumkin emas. 

Boshqa  shaharlarda  davlat  ro'yxatidan  o'tgan  soliq  to'lovchilarni  tekshirish 

ro'yxatdan o'tgan joydagi soliq organlari bilan bir vaqtda tekshirishni takrorlamagan 

holda amalga oshiriladi. 

Soliq  tekshirishlarini  о  'tkazishning  yana  bir  necha  talablari  bo  'lib  ular 

quyidagilardan iborat: 

O'zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  ko'rsatilgan  holatlardan  tashqari  soliq 




 

29 


tekshirishlarini  o'tkazish  soliq  to'lovchining  yoki  soliq  agentining  faoliyatini 

tqxtatishi kerak emas; 

boshqa  shaharlarda  davlat  ro'yxatidan  o'tgan  tadbirkorlik  sub'ekt-larini  soliq 

organi  tomonidan  tekshirish,  ishlab  chiqarish  binolari,  savdo  nuqtalari,  xizmat 

ko'rsatish joylari qaerda joylashganligidan qat'i nazar, takroriylikka  yo'l qo'ymagan 

holda  tadbirkorlik  sub'-ektining  davlat  ro'yxatidan  o'tgan  joydagi soliq organi bilan 

bir-galikda va bir vaqtda amalga oshiriladi; 

soliq  tekshirishlari  tekshirish  o'tkazish  rejasi  doirasidan  va  davlat  soliq  organi 

vakolatidan tashqariga chiqishi mumkin emas. 

Soliq  tekshirishini  o'tkazish  rejasi  tekshirishni  o'tkazuvchi  man-sabdor  shaxs 

tomonidan  tuziladi  (har  bir  tekshirish  bo'yicha  alohi-da)  va  soliq  organi  rahbari 

tomonidan tasdiqlanadi. 



Tekshirishni о 'tkazish rejasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 

soliq tekshirishini o'tkazish muddati va vaqti; 

tekshirishini o'tkazish vaqtida ko'riladigan masala yoki masalalar doirasi; 

soliq  tekshirishida  foydalaniladigan,  asoslaniladigan  va  rioya  qili-nadigan  soliq 

qonunchiligi hujjatlari ro'yxati; 

tekshirish turidan kelib chiqib boshqa ma'lumotlar. 

Наг bir soliq tekshirishlari turi bo'yicha soliq tekshirishini o't-kazish rejasining shaldi, 

uni  tuzish  qoidalari  nazorat  organlari  fao-liyatini  muvofiqlashtiruvchi  Kengash 

tomonidan Davlat soliq qo'mi-tasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 

Muqobil  tekshirish  faqat  tekshirilayotgan  soliq  to'lovchi  yoki  so-liq  agenti  bilan 

munosabatlar qismida amalga oshirilishi mumkin. 

Muqobil tekshirish vaqtida soliq to'lovchining joyiga borish va ular-dan tekshirish 

predmetiga  aloqasi  bo'lmagan  moliya-buxgalteriya  va  boshqa  hujjatlarni  talab  qilish 

man qilinadi. 

Soliq  tekshirishlari  o'z  ichiga  soliq  to'lovchining  yoki  soliq  agenti-ning 

tekshirilayotgan  yildan  oldingi  besh  yillik  faoliyatini  o'z  ichiga  olishi  mumkin.  Awal 

tekshirilgan masalalar va davr bo'yicha tekshirish-lar o'tkazish man qilinadi. 

Soliq  tekshirishlarini  o'tkazishda  soliq  organi  belgilangan  tartib-da  soliq  to'lovchi 

yoki  soliq  agentining  hududlari  va  binolarni  ko'zdan  kechirish,  muMari 

inventarizatsiyasini  o'tkazish,  hujjatlarni  talab  qi-lish,  hujjatlar  va  predmetlarni  olib 

qo'yish,  soliq  to'lovchidan  tushun-tirish  olish,  bank  hisobvaraqlari  bo'yicha 

operatsiyalarni to'xtatish chora-larini ko'rish, ekspert jalb qilish va ekspertiza belgilash, 

aniqlangan  soliq  qonunchiligi  huquqbuzarliklarini  barataraf  etishni  talab  qilish,  Soliq 

kodeksi  va  boshqa  O'zR  qonunchiligi  hujjatlarida  ko'zda  tutilgan  harakatlaini  amalga 

oshirishga haqlidirlar. 

Tekshirish natijalari bo'yicha tekshirish dalolatnomasi tuziladi. 

Soliq to'lovchi yoki soliq agenti tekshirish o'tkazayotgan davlat soliq xizmti organi 

mansabdor  shaxslarining  ular  vakolatiga  kirmaydigan  masalalar  bo'yicha  talablarini 

bajarmaslikka  va  soliq  tekshirishi  predmetiga  va  tekshirilayotgan  davrga  tegishli 



 

30 


bo'lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidirlar. 

Tekshirish  davrida  soliq  to'lovchi  tomonidan  tekshirilayotgan  davr-ning  soliq 

hisobotlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. 


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish