O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus


Rejadan  tashqari  tekshiruvlar



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana23.06.2021
Hajmi1,21 Mb.
#99779
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
huquqiy shaxslarni soliqqa tortishda soliq idoralari nazorati.

Rejadan  tashqari  tekshiruvlar  ham  mavjud  bo'lib,  ular  quyidagi  hollarda 

amalga oshirilishi mumkin: 

•  O'zbekiston      Respublikasi      Prezidenti      yoki      Hukumatning      qa- 

rorlaridan  kelib  chiqib  tekshiruvlar  o'tkazish  zarurati  tug'ilganda  (Bunda 

tekshiriladigan  sub'ekt  nomi  aniq  ko'rsatilgan  bo'lsa,  Kengash  yoki  

uning viloyat komissiyasi roziligini olish talab qilinmaydi); 

•  nazorat      qiluvchi      organga      xo'jalik      sub'ekti      tomonidan      qo- 

nunlarning      va      boshqa      qonunchilik      hujjatlarining      buzilish      hol-lari 

haqidagi      qo'shimcha      ma'lumotlari      kelib      tushganida      (kor-xonalar 

tashkilotlar  muassasalar  va  fuqarolardan  kelib  tushgan,  aniq  dalillangan 

va  hujjatlar  bilan  tasdiqlangan  huquqbuzarlik  holatlari    ko'rsatilgan  



 

23 


axborot qo'shimcha ma'lumot bo'lib xizmat qilishi mumkin); 

•  favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olish uchun; 

•  sanitariya-epidemiologiya        holatining        murakkablashuvi,          shu- 

ningdek,      qqshni      davlatlardan      yuqumli      kasalliklar      keltirilishi      va 

tarqatilishi xavfl tug'ilganda. 

Korxonalarni  rejadan  tashqari  tekshirish  zaruriyati  tug'ilgan-da,  nazorat 

qiluvchi  organning  markaziy  apparati  (DSQ,  MB,  MV)  Kengashga,  uning 

bo'linmalari esa viloyat va tuman komissiyalariga tekshirish o'tkazishning zarurligini 

asoslagan holda maxsus bel-gilangan shaklda  buyurtmanoma  hamda  nazorat  organi 

rahbari to-monidan imzolangan tekshirishni o'tkazish rejasini yuboradi. 

Muddati  bir  kundan  ortiq  bo'lgan  rejadan  tashqari  tekshirish  buyurtmasi  va 

tekshirishni  o'tkazish  rejasi  viloyat  komissiyasida  qrganib  chiqilganidan  keyin 

sqralgan tekshirishni o'tkazish va yoki o'tkazishni  rad etish to'g'risidagi qaror qabul 

qilish uchun Ken-gashga yuboriladi. 

Tadbirkorlik  sub'ekti  faoliyatini  bir  kunlik  rejadan  tashqari  tekshirish  o'tkazishga 

buyurtmanomasi  va  tekshirish  o'tkazish  rejasi  hududiy  komissiyasi  tomonidan 

ко'rib  chiqiladi,  shundan  sqng  viloyat  komissiyasi rejadan tashqari tekshirishni 

o'tkazish yoki o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi. 

Kengashning,  uning  viloyat  va  tuman  komissiyalarining  ishchi  organlari 

taqdim  etilgan  buyurtmanomalar  va  tekshirish  o'tkazish  rejalari  asosligini, 

tekshirishlarni  o'tkazish  rejalarining  nazorat  qiluvchi  organ  zimmasiga  yuklatilgan 

vazifalarga  muvo-fiqligini,  qrganiladigan  masalalarni  tegishli,  nazorat  qiluvchi 

organlari  bilan  birgalikda  qrganib  chiqadilar  hamda  viloyat  va  tuman  komissiyalari 

ishchi guruhlarining rejadan  tashqari  tekshirish o'tkazish  uchun  taqdim  etilgan 

buyurtmanomalarni  ко'rib  chiqishga  doir  xulosalarini  inobatga  olgan  holda 

Kengashga,  uning  viloyat  komissiyalariga  taklif  kiritadilar.  Ular  rejadan  tashqari 

tekshirish  o'tkazish  to'g'risida  yoki  uni  o'tkazishni  rad  etish  haqida  qaror  qabul 

qiladilar.  Rejadan  tashqari  tekshirish  o'tkazishga  ruxsat  berilgan  taqdirda 

tekshirish rejasini kelishib oladilar. 

Rejadan  tashqari  tekshirish  o'tkazish  haqidagi  yoki  uni  o'tka-zishni  rad  etish 

to'g'risidagi  qaror  qisqa  muddatlarda,  biroq  buyurmanoma  kelib  tushgan  kundan 

e'tiboran ikki haftadan kechiktirmay qabul qilinadi va tegishli Kengash raisi (uning 

qrinbosari)  yoki  nazarda  tutilgan  vakolatlar  doirasida  viloyat  komissiyasi  raisi 

tomonidan imzolanadi hamda nazorat qiluvchi organga yuboriladi. 

Ulgurji  va  chakana  savdodagi  umumiy  ovqatlanish  va  pulli  xizmatlar  ko'rsatish 

sohasidagi  tadbirkorlik  sub'ektlari  tomoni-dan  savdo-sotiq  hamda  naqd  pul 

tushumini  topshirish  qoidalariga  rioya  etilishini  rejadan  tashqari  qisqa  muddatli 

tekshirish-lardan 

o'tkazish 

to'g'risidagi 

qarorlar 

istisno 


tartibida 

tuman 


komissiyalarining  raislari  yoki  viloyat  komissiyalar  raislarining  qrinbosarlari  - 

soliq  boshqarmalari  boshliqlari  tomonidan  imzolanadigan  ro'yxatlar  ko'rinishida 

rasmiylashtiriladi. Ro'yhat-larda tekshirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti nomi va STIR, 



 

24 


tek-shirilayotgan  tadbirkorlik  sub'ekti  ulgurji  va  chakana  savdo,  umu-miy 

ovqatlanish  va  pulli  xizmatlar  ko'rsatish  ob'ektining  yuri-dik  manzili  va  shuningdek 

ob'ekt amalga oshirayotgan faoliyat turi va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish 

o'tkazish muddati ko'rsatilishi kerak. 

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanita-riya epidemiologiya 

vaziyati  murakkablashuvi,  shuningdek,  boshqa  davlatlardan  yuqumli  kasalliklar 

kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bog'liq rejadan tashqari tekshirishlarni o'tkazish 

to'g'risi-dagi  qaror,  sanitariya  nazorati  va  tabiatni  muhofaza  qilish  or-ganlari 

murojaati  asosli  bo'lgan  taqdirda  tekshirish  o'tkazish  uchun  buyurtmanoma  kelib 

tushgan kuni qabul qiladi. 

Yuqori nazorat qiluvchi organlar o'zlarining hududiy bo'lin-malariga tadbirkorlik   

sub'ektlari      faoliyatini      rejadan      tashqari      tekshirishdan  o'tkazish  haqidagi 

topshiriqlami  ularni  o'tkazish  to'g'risida  faqatgina  Kengash  yoki  uning  viloyat 

komissiyasining qarori bo'lgan taqdirdagina yuboradilar. 

Tadbirkorlik  sub'ektlari  faoliyatini  muqobil  tekshirishlar  nazorat  qiluvchi 

organlarining  markaziy  apparatlari  va  ulaming  hududiy  bo'linmalari  tomonidan 

tegishli Kengash va uning viloyat komissiyasi qarori bo'yicha, qo'zg'atilgan jinoyat 

ishlari  bo'yicha  esa  -tekshirishni  tayinlash  to'g'risidagi  qarorga  asosan,  faqat  ular-

ning  tekshirilayotgan  sub'ekti  bilan  o'zaro  munosabatlariga  doir  qismi  bo'yicha 

o'tkaziladi.  Tadbirkorlik  sub'ektining  tekshirish  sub'ekti  bilan  o'zaro  munosabati 

deyilganda shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan aniq aloqasini  tushunish kerak. 

Muqobil  tek-shirishlarni  o'tkazilayoganda  tadbirkorlik  sub'ektlariga  borish  va 

ulardan  tekshirish  predmetiga  taalluqli  bo'lmagan  moliya-bux-galteriya  yoki 

boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi. 

Nazorat  tartibida  tekshirishlarni,  ya'ni  qaytadan  tekshirish,  nazorat  qiluvchi 

organlar  tomonidan  ularning  o'zlari  o'tkazgan  tekshirish  natijalari  bo'yicha  faqat 

dalolatnomada  (ma'lumot-nomada)  belgilangan  holatlar  bo'yicha  va  muddatlarda, 

Kengash yoki uning viloyat komissiyasi qo'shimcha qarorisiz amalga oshiriladi. 

Tadbirkorlik 

sub'ekti 

tekshirish 

natijalari 

bo'yicha 

dalolat-nomada 

(ma'lumotnomada  belgilangan  muddatlarda  nazorat  tar-tibidan  tekshirishlar 

o'tkazishga  rozi  bo'lmasa,  ularni  o'tkazish  muddatlari  belgilangan tartibga  muvofiq 

viloyat  komissiyalari-ning  qarorlari  bilan  belgilanadi.  Bunda  o'tkazilgan  tekshirish 

natijalari  bo'yicha  dalolatnoma  (ma'lumotnoma)  nazorat  tartibi-da  tekshirish 

o'tkazish zarurligiga asos bo'ladi. 

Rejadan  tashqari  tekshiruvlar  yana  DSQ  Bosh  nazorat-taftish  boshqarmasi 

tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Prokura-turasi qoshidagi soliq va valyuta 

jinoyatchiligiga  qarshi  kurash  Departamenti  tomonidan  Kengash  ruxsatisiz 

quyidagilarni aniqlash maqsadlarda amalga oshiriladi: 

•  mahsulot  import  qiluvchi  jismoniy  shaxslarda  tijorat  maqsadida  tovar  olib 

kirganligini va bojxona to'lovlarini (shu jumladan bojxonada to'lanadigan soliqlarni) 

to'laganligini  tas-diqlovchi  hujjatlarning  mavjudligi.  Bu  hujjatlar  mavjud  bo'1-




 

25 


magan  holada  tovarlar  musodara  qilinadi  (lekin  bunday  muso-daraning  sud  orqali 

amalga oshirilishi maqsadga muvofiq); 

•  chakana  va  ulgurji  savdo  hamda  umumiy  ovqatlanish  tashkilot-lari 

tomonidan 

spirtli 

ichimliklar 

va 

tamaki 


mahsulotlarining 

belgilangan  

tartibda sotishi. 

Shuningdek,  yuqoridagi  tashkilotlar  ulgurji  va  chakana  savdo,  umumiy 

ovqatlanish  va  pulli  xizmatlar  ko'rsatish  sohasida  savdo  qoidalariga  rioya  qilish 

va naqd pulni topshirish bo'yicha rejadan  tashqari tezkor o'tkazishlari mumkin. 

Oxirgi vaqtda bunday tek-shirishlar ko'payganligini ta'kidlash mumkin. 

Tekshirishlarni  o'tkazishda  mutaxassislar,  auditorlar  yoki  audi-torlik  firmalari 

jalb  qilinganda  ekspert  o'tkazish  xarajatlari-ni  to'lash  tekshirishni  belgilagan 

nazorat organlari hisobiga amalga oshirish kerakligini e'tiborga olish zarur. Chunki 

ama-liyotda  ko'p  hollarda  bu  xo'jalik  sub'ekti  zimmasiga  yuklatish  hol-lari 

uchraydi.  Auditorlar  (auditorlik  firmalari,  mutaxassislar)  eksper t  yoki 

auditorlik  xulosalarining  to'g'riligi  va  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlariga 

mosligi  uchun  javobgar  ekanligi  nazo-rat  organi  va  auditorlar  o'rtasida  tuziladigan 

shartnomalarning zaruriy sharti ekanligini ham nazarda tutish lozim. 


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish