O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Download 0,92 Mb.
bet101/149
Sana01.02.2023
Hajmi0,92 Mb.
#906260
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
Bog'liq
O zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Plazmaning xossalari. Plazma — neytral gaz xossalaridan farq qiladigan bir qator maxsus xossalarga egadir. Bu xossalar uni moddaning to'rtinchi agregat holati deb qarashga asos bo’ladi. Neytral gaz molekulalari orasidagi ta'sirdan farqli ravishda, plazmadagi zarralarning o'zaro ta'siri kulon tortishish va itarish kuchlari bilan xarakterlanadi.
Plazma zarralari, ayniqsa elektronlar elektr maydon ta'sirida yengil ko'chadi. Elektr va magnit maydonlar plazmaga juda kuchli ta'sir qilib, hajmiy zaryadlar va toklarni vujudga keltiradi.
Elektr o'tkazuvchanlik xususiyatiga ko'ra plazma metallarga o'xshab ketadi, ya'ni yaxshi elektr o'tkazuvchidir. Metallardan farqli ravishda esa temperatura ortishi bilan plazmaning elektr o'tkazuvchanligi yaxshilashadi. Plazma yaxshi issiqlik o'tkazuvchanlikka ham ega. Buning natijasida plazma issiqlik miqdorini oson yo'qotadi: elektronlar va ionlar idish devorlariga issiqlikni tez uzatadi. Natijada plazmaning temperaturasi pasayadi va rekombinatsiya jarayoni boshlanadi.
Agar kuch chiziqlari plazmani har tomondan o'rab turadigan magnit maydon hosil qilinsa, ya'ni u magnit to'ri vazifasini o'tay olsa, plazmani issiqlik uzatishdan saqlash masalasi yechilgan bo'lardi. Aslida bu juda murakkab muammo bo'lib, uning yechilishi termo-yadro sintezini boshqarish muammosi bilan bog'liqdir.
Plazmaning qo'llanilishi. Plazma keng ko'lamda qo'llanilishi mumkin bo'lgan sohalardan biri insoniyatni ulkan miqdordagi energiya bilan ta'minlashi mumkin bo'lgan termoyadro sintezini boshqarishdir. 1969-yilda I.Kurchatov nomidagi atom energiyasi institutida «Tokamak» nomli qurilma yaratildi. Unda plazmadan foydalanilib, termoyadro reaksiyasining dastlabki belgilari olindi. Lekin hali bu sohada ko'plab izlanishlar olib borilishi taqozo qilinadi. Plazmadan foydalanishning yana bir istiqbolli sohasi magnitogidrodinamik o'zgartirgich yasash (qisqacha MGD o'zgartirgich). Uning vazifasi gazning issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirishdir. MGD o'zgartirgichning ish prinsipi ko'rsatilgan. Yuqori temperaturali plazma oqimi kuchli magnit maydonga yo'naltiriladi (rasm tekisligiga perpendikular yo'naltirilgan). Magnit maydon esa plazmani ikkita tashkil etuvchi: musbat va manfiy zarralar oqimiga ajratadi. Ular esa turli plastinkalarga o'tib potensiallar farqini hosil qiladi. Plazmadan lazer hosil qilishda, metallarni kesishda va payvandlashda, qoplamalar hosil qilishda foydalaniladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish