Gazlarda elektr toki. Mustaqil va nomustaqil razryadlar Mazmuni: gaz razryadlari; rekombinatsiya; nomustaqil raz-ryad; mustaqil razryad; toj razryad; uchqun razryad; yolqin razryad; elektr yoyi.
Gaz razryadlari. Uncha yuqori bo'lmagan temperaturalarda gaz elektr tokini o'tkazmaydi. U o'tkazuvchan bo'lishi uchun molekulalarining biror qismi bo'linib, ionlar va erkin elektronlarga ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror ionlashtiruvchi ta'sir ko'rsatilishi zarur. Ionizator ta'sirida atom yoki molekulalarning elektron qobig'idan bir yoki bir nechta elektronlarning uzilib chiqishi ro'y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o'z navbatida neytral atomlar yoki molekulalar bilan birikib, manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi. Demak, ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo’ladi. Gazdan elektr tokining o'tishi gaz razryadi deyiladi.
Rekombinatsiya.Gazda ionlashish jarayoni bilan birga, rekombinatsiya — ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanish jarayoni ham ro'y beradi. Agar tashqi ionizatorning ta'siri to'xtasa, gazning o'tkazuvchanligi yomonlasha boradi. Ionizatorning quvvati o'zgarmaydigan bo'lsa, ionlashish va rekombinatsiya jarayonlari o'rtasida dinamik muvozanat vaziyati vujudga keladi. Bunda ionlashish natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarralar juftining o'rtacha soni rekombinatsiya natijasida yo'qoladiganlarining o'rtacha soniga teng bo’ladi.
Nomustaqil razryad.Gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta'sirida vujudga kelishi nomustaqilgaz razryadideyiladi. Bujarayonnibatafsilroq o'rganaylik. Aytaylik, kondensator qoplamalari orasidagi bo'shliqqa ultrabinafsha nurlar ta'sir etayotgan bo'lsin. Kondensator qoplamalari orasida ionlashuv jarayoni ro'y berib, qarama-qarshi zaryadlangan zarralar vujudga keladi. Agar kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng bo'lsa tok ham nolga teng bo’ladi, chunki hosil bo'lgan zaryad tashuvchilar betartib harakatda bo’ladi. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish orttirilgan sari ko'proq ionlar va elektronlar yo'naltirilgan harakatga keladi. Ular kondensator qoplamalariga yetishishadi va tok kuchi ortib boradi. Kuchlanish Uyoqiymatiga erishganda hosil bo'lgan zaryadlarning barchasi qoplamalarga yetib boradi va tok shu ionlashish darajasi uchun o'zining eng katta ITqiymatiga erishadi. Kuchlanishning Uyo qiymatgacha ortishi tok kuchini o'zgartira olmaydi. Agar ionlashtiruvchining ta'siri to'xtatilsa, ionlarni vujudga keltiruvchi boshqa manba bo'lmaganligi uchun razryad ham to'xtaydi. Shuning uchun ham bunday razryad nomustaqil razryad deyiladi.