O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi



Download 3,29 Mb.
bet52/112
Sana13.07.2022
Hajmi3,29 Mb.
#791367
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112
Bog'liq
Informatika1(воста

Nazorat savollari:
1.Masalaning qo’yilishi deganda nimani tushinasiz?
2.Masalani matematik jihatdan ifodalash deganda nimani tushinasiz?
3.BAS deganda nimani tushinasiz?
4.Masala echimini tahlil qilish deganda nimani tushinasiz?


29 – mavzu: Intellektual tizimlar yordamida asosli qarorlar qabul qilish
Reja:

  1. Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha.

  2. Ekspert sistemalarning asosiy turlari va ishlatilish sohalari.

  3. Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari.

  4. Intellektual sistemalar yaratishda ishlatiladigan asosiy amaliy programma paketlari va ularning ishlatilishi.

  5. Intellektual sistemalarning moliya organlarida iqtisodiy asoslangan qarorlar qabul qilishdagi roli va ahamiyati.

Tayanch tushinchalar: Intellektual masalalar, intellektual programmalar, intellektual sistemalar, ikspert sistemalar, bilimni ifodalash usullari, amaliy programmalar.
Qanday qilib insonning ko’p yillik tajribasini va bilimlarini kompyuterga kiritish va undan unumli ravishda foydalanish mumkin? Umuman bu ishni xal qilib bo’ladimi yoki yo’qmi? Bilimlarni ifodalashning qanday usullarini taklif qila olasiz? Sun’iy intellekt deganda nimani tushunasiz? Nima qilsa kompyuter xam insonlarga o’xshab fikrlashi va ma’lum bir xolatlarda bizga yordam berishi mumkin?
Sun’iy intellekt - bu dasturiy sistema bo’lib, kompyuterda inson kabi fikrlash jarayonini amalga oshiradi. Bunday sistemani yaratish uchun ma’lum bir masalalarni echib, ma’lum sohada qaror qabul qiluvchi insonning fikrlashi jarayonini o’rganish zarur. Undan so’ng bu jarayonning asosiy bosqichlarini ajratib, ularni kompyuterda amalga oshiruvchi programma vositalarini yaratish mumkin. Demak, sun’iy intellekt usullari va algoritmlari qaror qabul qilish bo’yicha murakkab dasturiy sistemalar yaratish usullaridan biridir.
Kompyuter programmalari aniq qo’yilgan masalalarni echishga mo’ljallangan. Bu programmalarni yangi masalalarni echishga moslashtirish uchun unga ko’pgina o’zgartirishlar kiritish kerak. Buning uchun tegishli programmani boshdan oyoq qaytadan ko’rib chiqish lozim. Bunday qayta ko’rib chiqish juda ko’p vaqt va mexnat talab etadi xamda qo’shimcha o’zgartirishlar yana yangi xatolarga olib kelishi mumkin.
Sun’iy intellekt o’z nomi bilan kompyuterning ong belgilarini egallashini va ulardan foydalangan xolda amaliy masalalar echishni nazarda tutadi. Sun’iy intellekt usullari turli xil programmalarni birlashtirishni soddalashtiradi va sun’iy intellekt sistemasida mustaqil o’rganish va yangi foydali ma’lumotlarni yig’ish qobiliyatini xosil qilishni nazarda tutadi. Inson o’z bilimlarini oshirgani sari mutaxassis sifatida o’z ijodiy fikrlash usullarini o’zgartirmasligi va o’ziga zarur bo’lgan ma’lum ma’lumotlarni esdan chiqarmasligi zarur. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi shunday ishlashi kerak.
Sun’iy intellekt usullari programmalar qismlarining yuqori darajadagi mustaqilligini nazarda tutadi. Programma qismlari bir yoki bir necha masalalarning ma’lum bosqichini amalga oshiradi. Programmaning mustaqil qismlarini inson miyasidagi ma’lumotlarning alohida blokiga qiyoslash mumkin. Kerakli ma’lumotni tanlashda inson miyasi miyadagi barcha bilimlarni qarab chiqmay, avtomatik tarzda faqat shu ishga ta’lluqli ma’lumotlarnigina ajratadi.
Biror bir masalani echish uchun an’anaviy usullardan va sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, ikki xil programma tuzish mumkin. Sun’iy intellekt usullaridan foydalanish programma yaratishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Ikkala turdagi programmalarda ham uning alohida qismlari qat’iy belgilangan amallarni bajaradi. Lekin sun’iy intellekt programmalari maxsus, inson intellektiga xos xususiyatlarga o’xshash xususiyatga ega bo’lib, ma’lumotlarning istalgancha o’zgarishi programmaning butun tuzilishiga jiddiy ta’sir etmaydi. Bunday xususiyat programmalashtirish jarayoniga katta samaradorlik baxsh etib, “tushunuvchi”, ya’ni ong xossalariga ega bo’lgan programmalar yaratish imkonini beradi.
Sun’iy intellekt usullari asosida yaratilgan sistemalar intellektual sistemalar deb yuritiladi. Ular turli sohalarda ishlatiladi. Ma’lum maqsadlarga erishish uchun intellektual sistemalar ma’lum qoida, faktlar, xulosa chiqarish mexanizmi va soddalashtirishlardan foydalanadi.
Sun’iy intellekt sistemalarini tashkil qilayotganda ularning qanday maqsadda tashkil qilinayotganini nazardan qochirmaslik zarur. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, insonlar o’ylaganliklari uchungina biror narsa qilmaydilar, balki ular biror bir narsa qilmoqchi bo’lganliklari uchungina o’ylaydilar. Insonning miyasi juda katta va xilma xil turdagi ma’lumotlarni saqlaydigan bir ombordir. Inson o’z xayoti davomida yangidan-yangi bilim va ma’lumotlarni bilib, ularni xayotga tadbiq etish bilan shug’ullanadi. Umuman olganda intellektni faktlar va ulardan foydalanib maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan usullar yoki qoidalar to’plami deb qarash mumkin. Maqsadga erishish ko’plab faktlarni ko’rib chiqish va ularni qo’llash orqali amalga oshiriladi. Bir qancha faktlar va ularni ishlatish qoidalarini ko’rib chiqamiz:

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish