Xlosa chiqarish mexanizmi
Maqsadga erishish jarayonida inson nafaqat unga erishadi, balki yangi bilimlarga xam ega bo’lishi mumkin. Masalan, quyidagi misolni ko’rib chiqamiz:
Fakt 1: Asqar va Mavluda Karimning ota-onasi.
Fakt 2: Asqar va Mavluda Salimaning ota- onasi.
Karim va Salimaning kim ekanligini aniqlashni maqsad deb xisoblasak, soddalashtirish mexanizmi insonning miyasida joylashgan oldingi ikki fakt bilan bog’liq boshqa bir faktni axtarib topadi:
Agar qiz bola va o’g’il bolaning ota-onasi bir bo’lsa, u xolda ular aka va singildir.
Karim va Salimaning qarindoshlik aloqalari oldindan ma’lum bo’lgan faktlar orqali topildi va buning natijasida tamoman yangi fakt xosil qilindi, ya’ni:
Fakt: Karim va Salima aka-singildir.
Sun’iy intellekt sistemalarini tashkil qilishda quyidagi asosiy g’oyalarga e’tibor berish kerak:
Maqsad insonni o’ylashga majbur qiladi;
Inson miyasi juda katta miqdordagi faktlar va qoidalarni saqlaydi, lekin ma’lum bir maqsadga erishish uchun faqatgina kerakli faktlar xamda qoidalargagina murojaat etish lozim;
Soddalashtirish mexanizmi asosiy maqsadni xal qilish uchun zarur bo’lgan faktlar va qoidalarnigina tezlik bilan ajratadi va ularni ishlatishni amalga oshiradi;
Xulosa chiqaruv mexanizmi esa o’ylash jarayonini tugallaydi. Bunda u xulosa chiqaruvni soddalashtirish mexanizmi tanlab olgan qoidalar asosida amalga oshirada va yangi faktlarni yuzaga keltirib, insonning bilimini yanada oshiradi.
Sun’iy intellekt sistemalarini tashkil qilish uchun ishlatiladigan programma insonning masalalar echish jarayonida qo’llaniladigan xamma asosiy elementlarga ega bo’lishi kerak. Ya’ni - maqsadlar, faktlar, qoidalar, xulosa chiqaruv va soddalashtirish mexanizmi.
Intellektual sistemalar qo’llaniladigan inson faoliyatining ma’lum sohalari predmet sohasi deb ataladi. Predmet sohasiga misol bo’lib biror bir fan, soxa, ta’lim berish, o’qitish samaradorligini baxolash va avtobus marshrutini tanlash kabilar xizmat qilishi mumkin. Bir qarashda barcha predmet sohalarni qamrab oluvchi intellektual sistema yaratish mumkinday tuyuladi. Lekin bu mumkin emas. Chunki, barcha predmet sohalarda xosil bo’lishi mumkin bo’lgan barcha amaliy masalalarni echish uchun cheksiz ma’lumotlar va qoidalar to’plami zarur. Agar shunday sistema yaratilganida xam uni kerakli bilimlar to’plami bilan to’lg’azishga juda ko’p vaqt va mexnat sarfi talab etilardi. Shuning uchun xam ko’pincha ma’lum bir kichikroq predmet sohasi bilan cheklanish maqsadga muvofiqdir.
Intellektual sistemalar ishlashi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar xamda qaror qabul qilishda ishlatiladigan qoidalar to’plami kompyuterda yig’iladi va u bilimlar bazasi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |