REJA:
1. Intellektual programmalar va sistemalar haqida tushuncha.
2. Ekspert tizimining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi.
3. Qaror qabul qilish jarayoni ni qo’llab-quvvatlash tizimlari haqida
tushuncha.
1. Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim deganda nimani
tushunishimizni aniqlab olamiz.Tizim deganda yagona maqsad yo’lida bir
vaqtning o’zida ham yaxlit,ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi
elementlar(obyektlar) majmuasi tushuniladi.
Informatikada “tizim” tushunchasi ko’proq texnik vositalar,asosan,kompyuterlar
murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan aytiladi.”Tizim” tushunchasiga
“axborot” so’zining qo’shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish
maqsadini anniq aks ettiradi.
Axborot tizimi – belgilagan maqsadga erishish yo’lida axborotni
yig’ish,saqlash,qayta ishlash va uzatishuchun qo’llaniladigan usullar,vositalar va
shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan,
chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun
tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa,
ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy nе'matlarni ishlab chiqarish
bilan bog’liq jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy
muxim axamiyatga ega.
Suniy idrok haqida «Sun'iy» sozining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga kora tabiiy
bolmagan narsani, ya'ni, inson qoli bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi.
«Intellekt» sozini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yoq. Lugatlarda uning
ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni «qaror qabul qila olish
qobiliyati», «anglash qobiliyati» kabi qisqa va londa ta'riflaridan tashqari,
«bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yigilgan tajriba hamda konikmalar
vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish» kabi uzundan uzoq ta'riflari ham
bor. Ilmiy atama holidagi «sun'iy intellekt» tushunchasi esa ilk bora 1956 yilda,
Stenford universitetida otkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha «artificial
intelligence» (AI) tarzida ilm- fanga taklif qilingan edi. Sun’iy intellekt o`z nomi
bilan kompyuterning ong belgilarini egallashini nazarda tutadi. Sun’iy intellekt
metodlari programmalarni birlashtirishni soddalashtiradi va sun’iy intellekt
sistemasiga mustaqil o`rganish va yangi foydali ma’lumotlarni yig`ish
qobiliyatini nazarda tutadi. Inson o`z bilimlarini oshirgani sari o`z fikrlash
usullarini o`zgartirmasligi va o`ziga ma’lum ma’lumotlarni esdan chiqarmasligi
mumkin. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi shunday ishlashi kerak. Sun’iy
intellekt metodlari programmalar qismlarining yuqori darajadagi mustaqilligini
nazarda tutadi.
Sun’iy intellekt deganda aqliy xatti-harakatlarga nisbatan kompyuter
tizimining qobiliyati tushuniladi. Ko‘pincha bunda inson fikrlashi bilan bog‘liq
qobiliyat anglanadi
Sun'iy intеllеkt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni to’rt yunalishga bulish
mumkin:
— Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar. Ushbu yo’nalish kompyutеrda
o’yinlarni (shaxmat, shashka va x.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni
amalga oshiradigan dasturiy ta'minotni yaratish bilan shug’ullanadi.
— Bilimlarga asoslangan intеllеktual tizimlar. Ushbu yo’nalishdagi muxim
natijalardan biri ekspеrt tizimlarning yaratilishi xisoblanadi. Shu tufayli sun'iy
intеllеkt tizimlarini ma'lum va kichik soxalarning ekspеrti sifatida tan olinishi va
qo’llanishi mumkin.
— EXMlarning yangi arxitеkturasini yaratish. Bu yo’nalish sun'iy tafakkur
mashinalari (bеshinchi avlod EXMlari) ni yaratish muammolarini o’rganadi.
— Intеllеktual robotlar. Bu yunalish oldindan qo’yilgan manzil va maqsadga
erisha oladigan intеllеktual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan
shug’ullanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U
foydalanuvchining roziligidan qat’iy nazar ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta
oluvchi, qarorni tahlil etib qabul qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara
oladigan ma’lumotlar va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari
keladigan axborotlarni guruhlarga bo‘lib tashlay oladi, xulosa chiqaradi,
identifikatsiyalaydi, tashxis qo‘yadi, bashoratlashga o‘rgatadi, sharhlab beradi
va hokazo.
2. Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari
quyidagicha:
• yaqin davrlargacha EHMda yechish qiyin yoki umuman yechib
bo‘lmaydigan deb sanaluvchi murakkab masalalarning yangi sinfini yechish,
optimallashtirish va (yoki) bahosini olish imkoniyati;
• dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchiga (eng oxiridagi foydalanuvchilar) o‘z tilida
suhbat yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni
vizualizatsiyalash usullarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlash;
• yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror
qabul qilish
uchun ekspert tizimini mustaqil o‘rganish, bilimlardan foydalanish qoidalari,
ma’lumotlar, bilimlarning to‘planishi;
• foydalanuvchi axborot yo‘qligi tufayli yoki axborotning haddan ziyod rang-
barangligi, yoki hatto kompyuter yordamida ham odatdagi qarorni qabul
qilishning cho‘zilib ketilishi tufayli yecha olmaydigan savollar yoki
muammolarni hal etish;
• takomillashgan asboblar va ushbu tizimdagi foydalanuvchi mutaxassisning
shaxsiy tajribasidan foydalanish hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert
tizimlarini yaratish imkoniyati; • ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish
jarayonini shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi)
sanaladi.
Intellektual va ekspert sistemalar uch asosiy qismdan tuzilgan: