Nazorat savollari.
Bul algebrasi va kompyuter o’rtasida qanday bog’liqlik bor?
Qanday mantiqiy amallarni bilasiz? Ta’rifini bering.
Pereklyuchatellar deganda nimani tushinasiz?
Teng kuchli pereklyuchatellar ta’rifini bering?
Qanday pereklyuchatellarga eng sodda pereklyuchatellar sxemasi deymiz?
Ventil nima?
Jamlagichlar qanday ish bajaradi?
Trigger nima?
MODUL. IJTIMOIY VA IQTISODIY INFORMATIKA.
24-mavzu. Ijtimoiy informatika asoslari
Reja
Ijtimoiy tarmoq tushinchasi;
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari;
sinfdosh.uz ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari;
fasebook.com ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari;
Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati.
Tayanch tushinchalar: Ijtimoiy informatika, ijtimoiy tarmoq, form tushinchasi, video muloqat.
Ijtimoiy informatika insonlarning ijtimoiy hayotidan olgan axborotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlash, uzatish orqali foydalanuvchilarning ishlarini yengillashtirishdir. Bu ayniqsa internet ijtimoiy tormoqda keng amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq tushinchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o’rnatuvchi, ko’p foydalanuvchili interaktiv veb sayitlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushiniladi. Mazmuniga ko’ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo’ladi:
Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni o’rnatib beruvchi dasturiy-apparatli kompleks;
Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog’ orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o’zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqat qurishdan iborat. O’zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalgam oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do’stlar va guruhlar tizimi.
Odnokiassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog’i maqsad va vazifalari. Bunday veb sayitlarida odatda o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni joylashtirasiz(Tug’ilgan kun, maktab, sevimli mashg’ulot va boshqalqr). O’z navbatida siz ham qidirayotgan qatnashchingizni shu turdagi ma’lumotlarini olishingiz mumkin.
Sinfdosh(sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmog’i maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’i yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo’lib, faqatgina O’bekistonlik fuqoralar uchun yaratilgan va moslashtirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarning internetdagi g’alabali yurishi 1995 yilda amerika-liklarning Classmatee.com (Odnokiassniki uning ruscha analogi hisoblanadi) ijtimoiy tarmog’i yaratilishi bilan boshlandi. Bu ijtimoiy tarmoqning maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog’i orqali qidirish, topish va muloqat o’rnatish hisoblanadi. Vazifalari esa o’zaro qiziqish to’rlarini xosil qilish va muloqatni saqlab qolishdan iboratdir.
Albatta, bu veb sahifalarni yaratishdan asosiy ko’zlangan maqsad bir tomondan mablag’ ishlash bo’lsa, ikkinchi tomondan sahifani ommalashtirish hamda bir xil dunyo qarashga ega bo’lganlar shaxslar guruhlarini shakillantirish hisoblanadi.Salbiy tomoni, esa shakillangan guruhlarni boshqarib bo’lmaydi. O’zbek tilini ham qo’llab ishlatiladigan ijtimoiy tarmoqlar www.sinfdosh.uz , www.vsetut.uz
Fesbuk(fasebook.com) ijtimoiy tarmog’ maqsad va vazifalari. Ushbu veb sahifa ham yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlar yaratilishi maqsad va vazifalari bilan bir xil bo’lib, faqatgina ingiliz tilida so’zlashuvchilar uchun yaratilgan va moslahtirilgan. Bundan tashqari qiziquvchilar quydagi veb sahifalarni xam ko’rishlari mumkin: Last.Im, Linjedln, MySpase.
Bularning yaratilish maqsadi va vasifalari ham yuqorida keltirilgan veb sahifalar bilan o’xshash.
Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan faydalanish madaniyati. E’tibor berib, keltirilgan veb sahifalar taxlil qilinsa quydagi salbiy xolatlar va kamchiliklar uchrab turadi:
Faydalanuvchilarning ayrimlari o’z nomlari bilan ro’yxatdan o’tishmaydi;
Nomaqbul foto suratlar qo’yishadi;
O’zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilinadi;
Be’mani gaplar yozadilar, ba’zan noto’g’ri ma’lumotlardan foydalanadi;
Sahifalar ijtimoiy bo’lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o’rnatadilar va hakoza. Demak, ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan faydalanish madaniyati deganda, yuqorida keltirilgan salbiy xolotlar va kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik tushiniladi. Unitmaslik kerakki, ma’lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo’yiladigan ma’lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Shu jumladan ma’naviyat va ma’rifatga zid ham bo’lishi mumkin.
Forum tushinchasi. Internet tormog’ida formlar veb-sayt ko’rinishda bo’ladi va Veb-form deb ataladi. Veb-form - veb-sayt tashrif buyuruvchilarning o’zaro muloqatini tashkil etish uchun mo’ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb saytning tashrif buyuruvchilari muloqat o’rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi form veb saytiga tashriv buyurib, o’zini qiziqtiradigan mavzuni o’rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhakoma qilishlari mumkin.
Milliy va xalqora internet forumlari. Internet aorumlari aloxida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bog’ishlangan forumlar misol bo’la oladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina sohaga oid mavzular muxokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin.
Uforum.uz – milliy forumi. Uforum.uz – milliy forum hisoblanib, bunda Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog’liqni saqlash sohalarida xamda davlat sektori va electron hukmat tuzilmasida ro’y beryotgan masalalar muxokamasini o’z ichiga oladi.
Forumlarda ishtirok etish tartibi:
1. Forumdan ro’yxatdan o’tish, forum qoidalariga va O’zR qonunlariga rioya qilish shart;
2. Forumdan ro’yxatdan o’tishda rasmiy shaxslar login uchun o’zlarining xaqiqiy ma’lumotlarini ism sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim xam majburiy shartlarga kiradi;
3. Ma’lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi surat ham taqdim etishi lozim;
4. Insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O’zR Konustutsiyasi va qonunlariga zid muhakomalar taqiqlanadi;
5. O’zR qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib bormaydigan sayitlarga ma’lumot joylash taqiqlanadi.
Internet orqali so’zlashuv. Internet orqali o’zaro muloqat deganda ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilarning bir vaqtni o’zida, bir-birlari bilan internet tarmog’i orqali aloqa o’rnatilishi tushiniladi. Bunday muloqat jarayonida foydalanuvchilarning joylashuv o’rni ahamiyatga ega emas. Bunday so’zlashuvlarni amalgam oshirish uchun maxsus dasturlar bo’lishi talab qilinadi. Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ISQ dasturlari kiradi.
Internet orqali video muloqat. Internet orqali video muloqat deganda faydalanuvchilar bir-birlarini kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko’rib turadilar. Yani foydalanuvchilarning harakatli tasvirlari bir-bilariga uzatiladi.
Internet orqali muloqat qilish va izoh qoldirish madaniyati. Axborat saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytdan foydalanishingiz oqibatida paydo bo’layotgan barcha sharxlar, o’zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot sayitining shaxsiy mulki hisoblanadi va ulardan axborot sayti tomonidan istalgan erda va istalgan maqsadda duniyoning istalgan erida sizning ruxsatingsiz ham foydalanishingiz mumkin. Shuning uchun saytlarda o’zingiz to’g’ringizdagi ma’lumotlarni kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo’ling. Izohlar kiritishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma’lumotlarni, har xil nojo’ya so’zlarni yozishdan saqlaning.
Bundan tashqari audio,video materiallari,kino va TV (internet orqali ) no-mayishlari o’z saytlari orqali ko’rsatuvlarni uzatish ishlarini takomillashtirib bormoqda. Masalan http://www.mtrk.uz sayt orqali O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasining sayitiga kirish mumkin. Raqamli texnologiyalarni tadbiq etish bilan kinolar ishlab chiqilmoqda CINEMA.UZ. Oqitish, ilm-fan va texnika yutiqlqrini namoyish qilish uchun ZiyoNET portali 2005 yil yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |