Axborotni tartiblash
Axborotlarning ko’pligi undan foydalanuvchi oldiga, tabiiyki, qiyinchiliklarni qo’yadi. Axborot resurslaridadan samarali foydalanishimiz uchun, biz dastlab ularni ratsional tartiblashimiz lozim. Shundagina biz qaysi axborot qaerda turubdi va qanday izlash lozimligiga javob bera olamiz.
Demak, axborotni tartiblash, saqlash va izlash sistemasi, yani ATSIS ni yaratish masalasi juda muxim o’rin tutadi. Axborotlarning turli-tumanligidan, ko’pligidan biror maxsus ATSIS ga murojaat qilmay, kerakli axborotni topish mushkul. Bundan shunday fikr chiqishi mumkin: “axborot shuning uchun ham kamki, chunki u …juda ko’p”. Hozirgi jamiyatimizdagi axborotning turli-tumanligi bizni ushbu qarama- qarshilikka olib keladi.
Bizning davrimizda axborotlarni tartiblash borasida eng ko’p tarqalgan va tan olingani bu “universal o’nlik tertibot”(UO’T) dir.(Universalnaya desatchnaya klassifikatsiya” –UDK ). Unga 1905-1907 yillarda asos solingan bo’lib, hozirgacha ko’payib, kengayib bormoqda. Uning unversalligi shundaki, u kitobda bitilgan inson bilimining barcha sohasini qamrab oladi. “O’nlik” xususiyati shundaki, barcha kitoblar 10 bo’limga, har bir bo’lim 10 sinfga, har bir sinf 10 qisimga va hakoza, ajratilgan ya’ni u o’nlik ierarxiyaga bo’lingan qisimlardan iborat. UO”T ning asosy bo’limlari quydagilar:
0 – umumiy bo’lim
1 – falsafa
2 – din
3 – ijtimoiy fanlar
4 – bu bo’lim hozirda holi qoldirilgan
5 – matematika. Tabiiy fanlar
6 – amaliy bilimlar. Tabobat. Texnika
7 – san’at. Fotografiya. Sport.
8 – tilshunoslik. Filologiya. Badiiy adabiyot. Adabiyotshunoslik.
9 – tabiatshunoslik. Geografiya. Biografiya. Tarix
Mazkur bo’limlarning keyingi bo’linishi ular tartib nomerlari o’ng tomoniga raqam qo’shib borishdan amalgam oshiriladi. Masalan,
5 – matematika. Tabiiy fanlar.
53 – fizika.
536 – termodinamika.
536.2. issiqlik o’tkazuvchanlik.
536.23. gazlarning issiqlik o’tkazuvchanligi.
Keyingi vaqtlarda axboratlarni tartiblashda turli texnik vositalarning keng qo’llanikishi har safar bir xil qimmatli ishlarni takrorlanmaslikka chek qo’ydi. Bunda qiymatlar jamg’armasi degan tushincha kiritilib, u axborotlarning ma’lum bir printsip asosida ajratib olinishi va saqlanishini ifodalaydi. U faqat axborotlarni saqlash, balki ular yordamida murakkab texnologik jarayonlarni boshqarishga imkon yaratadi. Bundan tashqari iqtisodiy xarakterdagi axborotlarni tahlil qilish, baholash, to’plash, qayta ishlash nazorat qilishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |