Axborotlarni fizik ifodalash usullari.
Hisoblash texnikasida ma’lumotlar ikkilik sanoq tizimining kodlari yordamida ifodalanadi. Ikkilik sanoq tizimining 1 va 0 raqamlari, masalan, potеntsial va impuls usullar bilan kodlanishi mumkin. Potеntsial usulida 1 ga potеntsialning bir satxi mos kеlsa, 0 ga potеntsialning boshqa satxi to‘g‘ri kеladi. Impuls usulida esa 1 ga impuls mos kеlsa, 0 ga impuls bеrilmaydi.
Hisoblash sistemalarida uzlukli ma’lumotlani kodlashtirishda potеntsial yoki ipuls usullari qo‘llanilishi mumkin. Lеkin hisoblash sistemalari tashqarisida maxsus - modulyatsiya usuli (1-rasm) qo‘llaniladi. Modulyatsiya usulida raqamli ma’lumotlar mavjud aloqa vositalaridan yaxshi uzatiladigan sinusoidal chastota yordamida taqdim etiladi.
Potentsialli
kodlash
1 0 11
П П П Impulsli
kodlash
Yuqori
|
Past
|
Yuqori
|
chastota
|
chostota
|
chastota
|
1-rasm. Raqamli ma’lumot va uni fizik ifodalash
Potentsial va impalsli kodlangan signallar yuqori sifatli kanallardan uzatishga mo‘ljallangan. Sinusoida asosida kodlashtirilgan modulyatsiya signallarini sifat ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan (“pomexli”-xalaqitli) kanallardan uzatilishi mumkin (masalan, telefon kanallaridan). Shuning uchun uzluksiz shakldagi tovush signallarini uzatishga yaratilgan telefonning uzliksiz aloqa kanallari global tarmoqlarning sinusoida asosida kodlashtirilgan modulyatsiya signallarini sifatli uzata oladi.
Signallarni uzatish usulini tanlashga kompyuterlar orasidagi simlarning miqdori ham ta’sir qiladi. Aloqa liniyalarining qiymatini kamaytirish uchun ulardagi simlarning miqdori kamaytiriladi, natijada aloqa kanallaridan ma’lumotlar ketma-ket usulda uzatiladi. Kompyuter qurilmalari orasida esa ma’lumotlar parallel uzatiladi.
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashuvini tashkil qilishda ularni sinxronlash muammosini hal qilish talab qilinadi. Bu muammo quyidagi usullar bilan hal qilinishi mumkin: a) takt sinxroimpulsini uzatuvchi maxsus liniya yordamida; b) oldindan ishlab chiqilgan, ma’lumot signali shaklidan farqlanuvchi, davriy sinxronlovchi kod yordamida.
Kompyuterlar orasida ma’lumotlar uzatishni ishonchli ta’minlash maqsadida “kontrolnaya summa” - nazorat yig‘indisi usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mazmuni quyidagicha. Uzatilayotgan har bir bayt yoki bayt blokidagi 1 lar miqdori hisoblanadi va ularning yig‘indisi ma’lumotlar to‘liq uzatib bo‘lingandan so‘ngina qabul qiluvchiga uzatiladi. Qabul qiluvchi qurilma qabul qilingan ma’lumotlardagi 1 lar miqdorini hisoblaydi. Agar ushbu miqdor uzatuvchidan qabul qilingan nazorat yig‘indisi bilan bir hil bo‘lsa uzatish ishonchli amalga oshirilgan bo‘ladi. Aks holda qabul qiluvchi ma,lumot uzatuvchiga uzatish amali qaytarilishini xabar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |