Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
fanlararo integratsiyalashdan foydalanish tushunchasining mohiyati va vazifalarini tahlil qilish;
texnologiya talimi darslarini oqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oqitishning shakl va yollarini izlab topish.
Texnologiya talimi darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 6 band, 8 ta chizma va rasm, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar royxati va songida internet malumotlaridan iborat.
I bob. Texnologiya darslarida fanlararo integratsiyalardan foydalanib oqitishning nazariy asoslari. I.1. Talim tizimida fanlarni integratsiyalab oqitishning pedagogik, psixologik va metodik asoslari.
Hozirgi kunda talim sohasida fanlararo uzviylikni taminlash, talim tizimiga ilgor usullar bilan yangi mazmun va shakl berish yangi asr avlodini tarbiyalashning muhim jihatidir. Fan va talim rivojlanib borgani sayin integratsiyalashgan talim mazmun mohiyati haqida yangi fikrlar, qarashlar yuzaga kela boshladi. Integratsiyalashgan talim tizimida oqitishning bunday shaklida talim oluvchilarning keng qamrovli tarzda ozlashtirishlarini, mavjud tasavvur va dunyoqarashlari doirasini yanada mukammal mazmun bilan boyitishni taminlaydi.
Integratsiya atamasi nomi jihatidan yangi bolib, mazmun va moxiyati jixatidan ozaro tarixga ega. Jamiyatda, hayotda, turmushda, sanoatda, koinotda xullaski, mikro olamdan tortib makro olamgacha integratsiya muhim ahamiyatga ega. Integratsiya juda keng manodagi tushuncha. Integratsiya turli davrlarning ilgor pedagoglari va boshqalarning nazariy va amaliy izlanishlarida oz ifodasini topgan. Aslida Integratsiya sozi lugatda lotincha integratio sozidan olingan bolib, tiklash, toldirish, ( integer ) - butun , toliq, yaxlit degan manoni bildiradi. Hozirgi kunda integratsiya tushunchasining aniq tarifi, metodik adabiyotlarda, bu muammo boyicha shugullangan olimlar tomonidan bir biriga yaqin bolgan tariflarda berilgan. Xususan qoshchanov M. K., Akobirov S. T., Adxamova N. A va b. Ruscha ozbekcha lugatida (1983) integratsiya boglangan holda keltirmoq deb bayon qilingan. Demak, integratsiyani aloxida elementlarni yigib, ularni birlashtirish, yaxlit xolga keltirish deb tushunish mumkin.
Pedagogikada integratsiya tushunchasiga birinchi bolib, akademik I. D. Zverev 1970-1980- yillar orasida tarif bergan edi: Integrasiya bu ajralmas qilib boglangan, yagona qilib yaratilgan natija va jarayon. Oqitishda u turli oquv predmetlarining elementlari bir sintezlashgan kurs (mavzu, dastur bolimi)da jamlanishi, fan tushunchalari bilan turli fanlarning umumilmiy tushunch alar, bilish metodlari majmualashuvi va fanlararo oquv muammolarini ochishda fan asoslari yigindisi yaxlitlashuvida ifodalanadi.
Oqiv fanlarini integratsiyalashda quyidagilarni ajratish aloxida ahamiyatga ega ( 1.1-chizma).
YU. M. Kolyaginning fikriga kora integratsiya tushunchasini ikki xil manoda anglash mumkin. Buning birinchisiga kora, integrapiya atrof muhit haqida yaxlit tasavvurni yaratish. Yani boshqacha qilib aytganda, bu yerda integratsiyaga oqitish maqsadi sifatida qaraladi. Ikkinchisiga kora integratsiya predmetlardagi bilimlarni yaqinlashtiruvchi umumiy platformani topish vositasi, yani integratsiyaga oqitish vositasi sifatida qaraladi. Bundan tashqari Integratsiya tushunchasi bevosita XVIII asrlarda G. Spenser tomonidan oz qolyozmalarida qollanilgan. Integratsiya tushunchasining mazmuni keng qamrovli bolib, koinotdagi jismlararo mujassamlashuvdan tortib, fanlararo bilimlarning integratsiyalashuvigacha obektiv tarzda qaraladi.
Integratsiyaga bogliq bolgan qarashlar nafaqat garb mamlakatlarida balki, sharq mamlakatlarida ham oldindan mavjud bolgan. Masalan, Alisher Navoiy asarlarida xam inson, har tomonlama bilimga ega bolib, tabiatga ongli munosabatda bolishi kerakligi korsatib otilgan. Uning 1484- yilda yozgan Sabai sayyor ( Yetti sayyora ) dostonida osmondagi yetti sayyoraga bogliq holda haftaning yetti kunining kelib chiqishining tarixi, tabiat bilan insonlar ortasidagi muvozanatning buzilishi, asarning bosh qaxramoni Baxromdek har tomonlama yetuk bilimga ega bolmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi qayt etilgan. Eramizdan oldingi VII - VI asrlarda yashab otgan Xorazmlik Zardosht Avesto kitobida integratsiya atamasini qollamagan bolsa ham, shunga oxshash bir-birini toldirib turuvchi sozlarni yozib qoldirgan. Ezgu fikr, ezgu soz, ezgu amal bu uch hislat insonni boyitib, toldirib turadigan va uni kamolotga yetaklaydigan, faqat yaxshi ishlar qilishga undaydigan yol bolib xizmat qiladi.
Fanlararo aloqalar, oqitish tamoyili sifatida otgan asrning 60-yillarida fanlararo aloqalar muammosini talimni faollashtirish va uning ilmiy hamda nazariy saviyasini oshirish goyalari nuqtai nazaridan tadqiq etilib, keng yoyildi va bu jarayonda fanlararo aloqadorlikning quyidagi turli jihatlari organilib chiqildi:
Bilim, konikma va malakalarni egallash samaradorligini oshirishning didaktik vositasi sifatida;
Oquv faoliyatida oquvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, ularning bilimga bolgan qiziqishlarini shakllantirish jarayoni sifatida;
Oqitish tamoyillarini va uning ilmiyligini amalga oshirish vositasi sifatida [9].
Integratsiya orqali oquvchilarda tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar oquvchilarning butub bir fanlar tizimining bilishini taminlaydi. (fizikaviy, kiyoviy, biologik, bilimlar tizimi) oqib, organilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son boglanishlari aks ettiriladi. Jonsiz narsalar yani predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pogonasi hisoblanadi. Ular biliblarning turli yonalishlarini birlashtiradi, hodisa, voqea yoki jarayonning xilma-xilligini bilishiga imkoniyat beradi. SHu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilblardan foydalanishga, ularni bir birigga boysundirishga, bilimlar chegarasida boshliqlarni aniqlashga imkon beradi.
Zamonaviy didaktik va metodikada takidlanishicha, oquvchilarni oqitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqidagi tushunchaning shakllanganligi, oz faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yolga solish zaruratini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida predmetlararo ichidagi va orasidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bogliq. Talimdagi integratsiya oquv predmetlari mazmunini konstruktsiyalashga tizimli yondashish orqali korib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |