KIRISH
Insoniyat XXI asr - yuksak rivojlanagan texnika, axborot texnologiyalar asriga qadam qoydi. Bu texnologiyalarni intellektual, har tomonlama bilimga ega bolgan barkamol avlodgina samarali boshqara oladi.
Shuningdek biz yosh avlod zimmasiga, Koinotda yagona bolgan va odamzodga hayot baxsh eta oladigan sayyora Yer, yashayotgan ona zaminimizni koz qorachigidek avaylab asrash, ekologiya tozaligini saqlash, yerimizning moddiy va tabiiy resusrslaridan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanish, ozmizni va boshqalarni manaviy yuksaltirirish kabi global ahamiyatga molik muammolarni hal etishga hissa qoshish masuliyatini anglash va amalga oshirishdek sharafli vazifa ham yuklatilgan. Bunday vazifalarni his etadigan har tomonlama yuksak bilimga ega bolgan intellektual yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika osuvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborotlar tizimiga kirib bormoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi[4] degan sozlarida kelgusida aynan har tomonlama integrativ bilimli, intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash zarurligi etirof etilgan. Hozirda esa bu ulkan ishlar Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan islohotlar, qarorlar, qonunlar, farmonlar orqali keng targib qilinib kelinmoqda. Biz buni birgina talimga oid amalga oshirilayotgann isloxotlar misolida ham korishimiz mumkin. Xususan, Prezidentimizning 2019-yil 19-martdagi videoselektor yigilishida yoshlarimizga bolgan etiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, sanat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish konikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari ortasida kitobxonlikni targib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urgu berilib otildi. Shu orinda Prezidentimizning pedagoglarga qarata aytgan gaplari yodimizga keladi, Yuqori sinflarda bolalar shaxs bolib, jamoa bolib shakllanadi. Ayni osha paytda ularni ozlari organgan muhitdan ajratib qoymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir oqibatda talim tarbiyasiga salbiy tasir qilishi mumkin. Shu bois talim jarayonining uzluksizligini taminlash, oquv dasturlarini takomillashtirish zarur[3].
Do'stlaringiz bilan baham: |