II.2. Texnologiya darslarida tabiiy va aniq fanlarga oid tushunchalardan foydalanish.
Texnologiya fani tabiiy va aniq fanlar bilan shunchalik chambarchars bogliqki, bu fanni ushbu fanlarsiz tasavvur qilishning imkoni yoq. 1- sinfdan, 9-sinfga qadar texnologiya fani tabiiy va aniq fanlar bilan uzviy boglangan.
2.4-chizma. Texnologiya fanining tabiiy va aniq fanlar bilan aloqadorlik sxemasi.
Texnologiya va geografiya. Texnologiya fani darslarida oquvchilarga materialshunoslikka oid ayrim tushuncha va malumotlar ham beriladi. Jumladan materialbop daraxtlar va ular osadigan joylar haqida malumotlardan yogoch ishlatish darslarida, materiallar, metall qotishmalari va ularning turi, metall olinadigan konlar, ularni izlash va topish, rudadan metallarni ajratib olish, turli prokatlar hosil qilish hamda ulardan foydalanish haqidagi malumotlardan metallarni ishlashga oid mashgulotlarda foydalanish mumkin [16], [17].
Geografiya fani tabiat qonuni va jamiyat taraqqiyotidagi muammolarni tadbiq etish hamda istiqbolni belgilash masalalarini hal etishda ham katta orin tutadi. Shu sababli mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida yuzaga keladigan ekologik, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yechimini geografiya fanisiz tasavvur etib bolmaydi. Geografiya tabiat qonunlari bilan jamiyat qonunlari orasidagi boglanishlarni, mushtariklikni korsatib beruvchi fan sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga geografiya faniga oid malumot va tushunchalar boshqa fanlarni oqitishda ham muhim manba bolib xizmat qiladi. Masalan: texnologiya darslariga oid mashgulotlarda geografiya faniga oid koplab malumot va tushunchalardan foydalanish mumkin. Xususan geografiyaga oid mashgulotlarda geologlar tomonidan respublikamiz hududida 3000 dan ziyod konlar aniqlanganligi, ulardan bir yarim mingtasi ozlashtirilganligini, shulardan 30 tasi oltin, 30 tasi marmar konlari ekanligini aytish, respublikamiz hududida Mendeleev davriy jadvalidagi kimyoviy elementlarning 90% mavjudligini eslatish orinlidir. Bu bilan fanlararo boglanishlar orqali mashgulotlarning samaradorligini va oquvchilarning qiziqishlarini oshirish bilan birga, ular ona Vatanga nisbatan hurmat va gururlanish hislarini tarbiyalashga, Vatanimiz faqat yer ustidagina emas, yer osti boyliklariga ham kon ekanligini his etishga yordam beradi. Qolaversa, Respublikamiz iqtisodiyotida muhim orin tutgan. Ishlab chiqarish korxonalari, masalan, mexanika, mashinasozlik zavodlari, tikuvchilik va toquvchilik, qurilish materiallari kombinatlari va boshqalar haqida ham malumot berish foydali. Shu bilan birga texnologiya fani darslarida maktab geografiya maydonchasini jihozlash uchun ham bir qator ishlarni amalga oshirish mumkin. Bu ishlarni amalga oshirish malum manoda mahalliy materiallardan foydalanish hamda ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etishga ham misol boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |