Kaltamo'ylovli to'g'ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Orthorrhapha) kenja turkumi. Bu kenja turkum vakillarining qanotlari kalta va kuchli, mo'ylovlari 3 bo'g'imli bo'ladi. Qurtlarining bosh kapsulasi reduksiyaga uchragan. G'umbagi yopiq tipda tuzilgan. Imago chiqishi oldidan g'umbak po'sti bosh ko'krak ustidan "t" shaklida yirtiladi. Bu kenja turkumga so'nalar, qitir pashshalari oilalari va boshqa ikki qanotlilar kiradi. Odamlar va chorva mollariga, asosan, so'nalar oilasining vakillari jiddiy ziyon keltiradi(71-rasm).
So'nalar (Tabanidae) oilasiga eng yirik qon so'ruvchi ikki qanotlilar kiradi. So’nalar tanasining uzunligi 6–30 mm bo’lib, rangi turlariga qarab sariq, qora va kulrang tusda bo’ladi. Boshining yon tomonida yirik fasetkali ko’zlari joylashgan. Ko'zlari qizg'ish tilla rangda tovlanib turadi.
Boshining ostki qismida og’zi joylashgan bo’lib, og’iz apparati urg’ochilarida sanchib so’ruvchi tipda, erkaklarida yalovchi tipda tuzilgan bo’lib, xartumcha ko’rinishda.
Erkagi va yosh urg'ochisi gul nektari bilan oziqlanadi. Urg'ochi so'nalar faqat urug'langandan keyin qon bilan oziqlanishga o'tib, qoramollarga, odam va yovvoyi hayvonlarga hujum qiladi. Ular bu davrda kemiruvchilar, kaltakesaklar va hatto hayvonlarning 2-3 kunlik murdalariga ham hujum qilishi mumkin.
105-rasm. Kaltamo'ylovli ikkiqanotlilar.
A - so'na, B - volfart pashshas, D - qonxo'r it pashshasi,
E- qonxo'r qo'y pashshasi.
So'nalar hayvonlar terisini sanchib-yalovchi yoki kesib-yalovchi og'iz organlari orqali kesib, shu joydan chiqadigan qonni so'rib oziqlanadi va 2-4 kundan so'ng suv yoki ariq bo'ylaridagi nam tuproqlarga to’p-to’p qilib tuxum quyadi(105-rasm).
So'nalar 1 yilgacha yashaydi, ammo qon so'rib olgan urg'ochi so'na 1 oygina yashaydi va shu vaqt ichida bitta urg'ochi so'na ariq bo'yidagi nam tuproqqa 300 tadan 3500 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumlardan 1-2 haftadan keyin qurtlar chiqadi. Qurtiar 10-11 oygacha botqoqlikdagi or-ganik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Bu muddat ichida ular 6 marta po'st tashlab, 6 yoshga kiradi. Bahorda qurtlar g'umbakka ayianadi. G'umbaklik davri ob-havoga bog'liq bo'lib, u 6 kundan 25 kungacha davom etadi, so'ngra jmsiy voyaga yetgan qanotli so'na uchib chiqadi (106-rasm).
So'nalar kunning issiq va yorug' paytida hayvonlarga hujum qiladi. Ular odatda harakat qilayotgan har qanday buyumga, hatto qog'oz yoki boshqa materialdan yasalgan narsalarga ham hujum qiladi. Qon so'rayotgan so'na hech narsaga e'tibor bermaydi.
So’nalar chorva mollaridan - ot, qoramol, tuya, qo’y, ba’zan it va boshqa hayvonlar qonini so’radi. So’nalar hayvonlar terisida yara hosil qilib, so’lagi tarkibidagi zaharli modda bilan chaqqan joyda qattiq og’riq paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |