Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to'liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar bo'lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so'rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
Burgalar mayda ektoparazit bo'lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo'lib, to'q sariqdan to jigarranggacha bo'lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo'ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo'ladi. Tukchalar burgaga xo'jayinningjun vapatlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Бургалар иссиқ қонли ҳайвонларнинг ва одамларнинг эктопаразитлари бўлиб, уларнинг қони билан озиқланади. Burgalarning ko'zlari va sanchib-so'ruvchi og'iz apparati boshida joylashadi. Og'iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag'lar uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo'lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so'lak bez-lari nayi va 1 juft kalta pastki jag' paypaslagichlari joylashgan. Yuqori labi o'zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo'lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo'lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari g'ilofini hosil qiladi. Ko'krak qismida 3 juft oyoqlari bo'lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo'g'imdan tashkil topgan bo'lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar ko'rinadi.
Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin bo'limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo'ladi, shu joyda murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg'ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug' qabul qiluvchi pufakcha ko'rinishida tuzilgan. Urg’ochilari hayoti davomida 450 tadan 2500 tagacha tuxum qo’yadi, bir qo'yganda tuxumiar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo'lgan joylarga, ya'ni pol tirqishlariga, to'shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo'yadi.
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom yetadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa, harorat va namlikka bog'liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo'lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o'xshash bo'ladi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g'umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G'umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri -imago - faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko'radi.
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so'radi. Ular asosan (95 %) sutemizuv-chilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi xo'jayin bilan juda mahkam bog'lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga va odamga o'tishi mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga polifaglar deyiladi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo'lsa ham ilonda, ba'zilari esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi (Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis), odamlarda odam burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi (Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi. Kalamush va odam burgalari odamlarga o'lat (chuma) va terlama kasalligining qo'zg'atuvchilarini yuqtiradi. Bu og'ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar, kalamushlar va burgalarning axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan joyidan qonga o'tib, ko'paya boshlaydi.
Odam burgasi urg'ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo'ladi (102-rasm). Odam burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o'ch bo'lib, o'lgan hayvonning sovub borayotgan tanasini tashlab, yangi xo'jayin axtaradi.
O'lat kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar guruhiga kiradi. Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, sug'urlar va qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og'rigan bemor 3-4 kunda o'lishi mumkin.
O'lat odamga ikki xil yo'l bilan yuqishi mumkin:
1. Bemor qoni bilan oziqlangan burga qon bilan birga o'lat qo'zg'atuvchilarini (o'lat tayoqchalarini) ham o'ziga yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o'lat tayoqchalari shu qadar ko'payib ketadiki. natijada burganing oshqozonini to'ldirib, hasharoming normal oziqlanishiga to'sqinlik qiladigan o'lat tiqinini hosil qiladi. Zararlangan burga qon so'rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi, ya'ni burga qusadi. Ana shu paytda o'lat tayoqchalari ham burga "qusgan" joyga tushib, odamni zararlaydi. Chaqqan joylarni qashlaganda, tirnalgan ten orqali, ya'ni kontaminatsiya yo'li bilan odamga o'lat yuqishi mumkin.
2. Mexanik yo'l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo'lganda, bemorning chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o'lat kasalligi yuqishi mumkin.
O'lat kasalining qo'zg'atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo'lgan. 1893-1894-yillarda fransuz olimi Sersen va yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan holda) o'lat kasalining qo'zg'atuvchisi chuma tayoqchasi - Pasteurella pestis ekanligini aniqladilar. 1896-yili Hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o'lat kasaliga qarshi zardob ishlab chiqib, uni o'zida sinab ko'radi va bu zardob yaxshi natija berishini aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o'lat kasalining tarqalishida burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zaboiotniy (1887-y.) o'lat kasalining manbai sutemizuvchilardan kemimvchilar turkumi vakillari ekanligini aniqladi.
Insoniyat tarixida o'lat kasali yer yuzidagi aholini 3 marta juda katta ofatlarga olib kelgan. Birinchi marta 542-yili Misrda o'lat kasali paydo bo'lib, qisqa vaqt ichida Suriya, Kichik Osiyo va Konstantinopolga tarqaldi, 4 oy davomida har kuni 10 minglab aholining yostig'ini quritdi. Bu epidemiya "Yustiniana" chumasi nomi bilan tarixda qolgan. Ikkinchi marta 1334-yili dastlab Osiyoda yangi chuma epi-demiyasi kelib chiqadi. Bu kasallik har xi! yo'llar (asosan savdo-sotiq karvonlari) bilan Hindiston, Kichik Osiyo, Konstantinopol, keyinchalik Arabiston orqali Afrika va O'rta dengizga tarqaladi. 1348-yili Kipr orolining aholisi to'lig'icha qirilib ketadi. 2-3 yil ichida bu ofat butun Yevropa qit'asiga tarqaladi, natijada Yevropa aholisining to'rtdan bir qismi (25 mln. kishi) qirilib ketadi. Italiya aholisining yarmi halok bo'ladi. Bu ofat tarixda "qora o'lim" nomi bilan ma'lum. Uchinchi marta 1894-yili chuma Gongkongda boshlanib, Osiyo mamlakatlarining deyarli hammasiga tarqaladi. Bu epidemiyadan aholining 60-90%i o'lgan.
Hozirgi vaqtda o'lat kasali asosan Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik mintaqalarida tez-tez uchrab turadi.
Burgalar faqat odamlar o'rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan, balki kerniruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o'rtasida ham ularning qonini so'rish orqali yuqumli kasalliklarning mikroblarini sog' hayvonlarga va odamlarga o'tkazadilar. Burgalardan saqlanishning asosiy yo'llaridan bin sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishdir. Molxonalar, odam turadigan joylarni toza saqlash, undagi pol va to'shamalami vaqti-vaqti bilan karbolning 2-5% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilish, devor va pol tirqishlarini kerosinda ho'llangan latta bilan yuvish lozim. Dala sharoitida kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar (xlorpikrin, piretrum) sepish kerak. Shuningdek, bularga qarshi kurashish uchun permetrinning 0,05% li suvdagi emulsiyasi, karbafosning 0,5 % li emulsiyasi, xlorofosning 1% li eritmasi hayvon terisiga purkaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |