Ikki qanotlilar (Diptera) turkumiga 100 mingga yaqin tur kiradi. MDH mamlakatlarida 10 mingdan ortiq turi uchraydi. Ular eng yuksak tuzilgan hasharotlardan hisoblanadi. Og'iz organlari yalovchi, sanchib-so'ruvchi yoki kesib-so'ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkasining voyaga yetishi davrida metamorfoz keskin namoyon bo'ladi. G'umbagi erkin yoki bochkasimon tipda tuzilgan. Ular orasida yirtqich, qon so'ruvchi parazitlari bor. Lichinkalari suvda, tuproqda yoki chiriyotgan organik qoldiqlarda rivojlanadi.
Ikki qanotlilar 3 ta kenja turkumga bo'linadi: 1. Uzun mo'ylovlilar (Nematocera); 2. Kalta mo'ylovli to'g'ri chokli ikki qanotlilar (Brachycera-Orthorrhapha); 3. Kalta mo'yiovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachycera - Cyclorrhapha).
Uzun mo'ylovlilar (Nematocera) kenja turkumi vakillarining mo'ylovlari uzun va ko'p bo'g'imli, qorin bo'limi ingichka bo'ladi. Lichinkalari oyoqsiz, lekin ularning boshlari rivojlangan bo'lib, og'iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan. G'umbaklari harakatchan bo'ladi. Bu kenja turkumga qon so'ruvchi chivinlar, iskabtoparlar, moshkarlar, g'urra yasarlar, uzunoyoqlar, zaxkashlar va boshqa oilalar kiradi. Qon so'ruvchi ikki qanotlilar - gnuslar deb ataladi. Gnuslar vaqtinchalik parazitlar hisoblanadi.
Qon so'ruvchi chivinlar (Culicidae) oilasi vakillarining og'iz organlari sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan, mo’ylovlari ingichka, 15 bo’g’imli, erkak individlari tukli, ko’zlari yo’q. Erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi, urg'ochilari esa qon so'radi. Chivinlar tuxumlarini tinch oqadigan hovuz va ko'lmak suvlarga, binolarning suv bosgan yerto'laiariga, nam va zax tuproqlarga, hatto suvli bochkalarga qo'yadi. Lichinkalari atmosfera havosi bilan nafas oladi. Bir mavsumda chivinlarning 4-6 nasli rivojlanishi mumkin.
Chivinlarning hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Ular ter hidini va nafas ol-ganda chiqadigan CO2 gazi konsentratsiyasining o'zgarishini yaxshi sezadi. Chivinlar juda serharakat hasharotlar. Ular qon so'rish uchun bir necha km masofaga ham uchib borishi mumkin. Tajribada chivinlar 18 km masofaga uchib borishi kuzatilgan.
Kunduzlari chivinlar daraxtlarning kavagi, yerto'lalar va o'tlar orasida yashirinib yotadi, Kun botgandan keyin faol harakat qilib, qon so'rishga o'tadi.
Chivinlarning bir qancha oilasi bo'lib, tibbiyotda ahamiyatga ega bo'lgani Culicidae oilasidir. Bu oila 2000 turni o'z ichiga oladi, bulaming ko'pchiligi obligat gematofaglardir.
Mamlakatimiz hududida Anopheles, Culex, Aedes avlodlariga kiradigan turlari uchraydi. Anopheles avlodiga kiradiganlari bezgak chivinlari deyiladi, chunki shu avlodga kiradigan hamma turlar bezgak kasalligini tarqatadi. Culex avlodiga kira-diganlari esa oddiy chivinlar deyiladi. Bezgak chivinlarning tipik vakili Anopheles maculipennis hisoblanadi. Bu chivin bezgak kasalligi qo'zg'atuvchilarining o'ziga xos tarqatuvchisidir (103-rasm).
Bezgak chivini uzun va ingichka bo'lib, bosh, ko'krak va qorin qismlaridan iborat. Bosh qismida mo'ylovlari va ko'ziaridan tashqari. og'iz apparati joylashgan.
Urg'ochi chivinlar qon bilan oziqlanadigan bo'lgani uchun ularning og'iz qismlari sanchib-so'ruvchi tipda tuzilgan. Erkaklari esa o'simlik shiralari bilan oziqlanadi, shunga ko'ra, ularning og'iz apparati so'ruvchi tipda bo'ladi.
Chivinlarning juftlashishi havoda bo'ladi. Juftlashib bo'lganidan keyin urg'ochilari tuxumini rivojlantirish uchun qon so'radi. Qon so'rishda ular odam, uy va yovvoyi hayvonlarni talaydi. 1-2 daqiqa davomida gavdasining og'irligidan ham ko'proq qonni so'rib oladi. Shundan keyin urg'ochi chivinlar qorong'i joyga o'rnashib olib, 2-12 kun davomida ovqatini hazm qiladi.
Tuxumlar yetilgandan keyin urg'ochi chivinlar ko'lmak suvlarga uchib boradi va suv ustiga yoki suv o'simliklariga qo'nib tuxum qo'yadi. Tuxum qo'yib bo'lgan chivinlarning bir qismi o'ladi, qolganlari esa yana qon so'rib tuxum qo'yishga ki-rishadi. Bezgak chivini o'z hayotida 60 dan 350 tagacha tuxum qo'yadi. Boshqa chivinlarga qarshi o'laroq, bezgak chivini tuxumlarini bir-biriga yopishtirmasdan tarqoq holda qo'yadi. Bezgak kasalini tarqatmaydigan chivinlar tuxumlarini suv yuzasiga g'uj-g'uj qilib tashlaydi. Mazkur tuxumlar to'plami qayiqchaga o'xshab ketadi. Tashqi muhit haroratiga qarab, 2-10 kun ichida tuxumdagi lichinkalar yeti-ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalarda gavdasining bosh, ko'krak va qorin qismlari yaqqol ajralib turadi. Har xil chivinlarning lichinkalari morfo-anatomik tuzilishlari va biologik xususiyatlariga ko'ra bir-birlaridan farqlanadi.
Lichinkalar 4 marta tullab, g'umbaklarga aylanadi. G'umbaklardagi nafas olish naylarining shakliga qarab, bezgak chivinini oson farqlab olish mumkin: ularning nafas olish naylari konussimon bo'lib, go'yo karnaycha ko'rinishida bo'ladi. G'umbakdan imago rivojlanadi. Tuxum qo'yishdan boshlab imago chiqqunigacha bo'lgan rivojlanish davri, tashqi muhitga qarab, 14-30 kun davom etadi.
Culex avlodiga kiradigan Culex pipiens chivini ham odamda uchraydigan transmissiv kasalliklar qo'zg'atuvchilarini tarqatadi. Yaponiya, Koreya yarim orolida, Shimoliy Xitoy va Uzoq Sharqda Culex chivinlari og'ir virus kasalligi - yapon ensefalitini tarqatadi.
Aedes avlodiga kiradigan chivinlar sariq isitma degan og'ir tropik kasallik qo'zg'atuvchilarini tarqatishda ishtirok etadi.
Ularning tuzilishi va rivojlanishi bezgak chivinlarinikiga o'xshaydi, lekin ayrim belgilari bilan farq qiladi:
1. Urg'ochi oddiy chivinlarning voyaga yetgan davrida pastki jag' paypasla-gichlari kalta bo'lib, xartumining uchdan bir qismini egallaydi, bezgak chivinlarida pastki jag' paypaslagichlari xartumiga teng bo'ladi. Erkaklarining pastki jag' pay-paslagichlari oddiy va bezgak chivinlarida xartumiga teng, ammo oddiy chivinlarda oxirgi bo'g'imi kengaymagan bo'lib, bezgak chivinlaridan farq qiladi. Bundan tashqari, erkaklarining mo'ylovlari sertuk bo'ladi.
2. Bezgak chivinlarining oyog'i tanasidan 2 baravar uzunroq bo'ladi, oddiy chivinlarda esa 1,5 baravar, ko'kragining o'rta bo'g'imida joylashgan 1 juft qanotida qoramtir 4 ta dog'i bo'lib, bu dog'lar zich joylashgan tanachalaridan iborat. Oddiy chivinlarning qanotida dog'lari bo'lmaydi.
3. Bezgak chivinlari qo'nib turganda qorin qismini ko'targan holda burchak hosil qilib turadi, oddiy chivinlar esa parallel holda qo'nadi.
4. Odatda bezgak chivinlari tuxumlarini kislorodga boy, toza suv havzalariga qo'yadi, oddiy chivinlar uchun bunday sharoitning ahamiyati yo'q, suv bo'lsa yetarli, hatto yomg'irlardan qolgan ko'lmaklarga, suvi bor idishlarga ham tuxumlarini qo'yishi mumkin.
5. Culex chivinlarining tuxumida havo kamerasi bo'lmaydi, shuning uchun u tuxumini bir-biriga tik aylana o'qi bo'yicha yopishgan holda qo'yadi. Natijada qayiqchaga o'xshash 200-400 tadan bo'lgan tuxumlar to'plamini hosil qiladi. Bunday holda tuxumlar cho'kib ketmaydi. Aedes chivinlari esa tuxumini suvga emas, suvli, zax joylardagi substratlarga qo'yadi. Odatda, ularning rivojlanishi deyarli qurib qolayotgan suv havzalarida kuzatiladi. Tuxum ichida rivojlangan lichinkalar 1 yilgacha saqlanishi mumkin. Suv tekkandan keyin ular tashqariga chiqadi va rivojlanadi.
6. Bezgak tarqatmaydigan chivinlarning lichinkalari suv yuzasiga nisbatan burchak hosil qilib suzadi, chunki nafas teshikchalari qorin qismidan hosil bo'lgan tana o'simtasida - sifonda joylashgan bo'ladi. Shu sababdan lichinkalar suvning ustki parda qavatiga sifoni bilan yopishadi, gavdasi pastga osilib turadi. Bezgak chivinining lichinkalari suv yuzasida yashab, shu joydagi mayda zarrachalar va mikroorganizmiar bilan oziqlansa, oddiy chivinlarning lichinkalari esa suv qatlamidagi organizmlar bilan oziqlanadi.
7. Oddiy chivinning g'umbaklaridagi nafas olish nayi silindr shaklida bo'ladi, bezgak chivinida esa konus shaklidadir.
Bundan tashqari, chivinlar parazit nematodalardan filyariyatlarning rivojlanish siklida ham oraliq xo'jayin sifatida ishtirok etadi. Odam bakterial kasali tulyaremiya sababchisi ham mazkur hasharotlardir. Kasallik tarqatuvchi patogen chivinlarga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish uchun ularning biologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi ko’p yillar davomida o’rganilib kelinmoqda. Bu sohada ayniqsa, V. P. Beklemishev, N. I. Xodukin, A. S. Monchadskiy, N. I. Isaev, D. L. Shtakelberg va boshqalarning xizmatlari kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |