106 – rаsm. Qоrаmоl so‘nаsi (Tabanus bovinus): А – urg‘оchisi;
B – qo‘ygаn tuхumlаri; V – lichinkаsi; G – g‘umbаgi.
Bundan tashqari terini yaralangan qismiga har xil infektsiyalarni tushirib, hayvonlarda turli yuqumli kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va ularning mahsuldorligini pasaytirib yuboradi. So’nalar orqali hayvonlar orasida tulyaremiya, Sibir yarasi, tripanosomoz kabi kasalliklar tarqaladi. Ho'kiz so'nasi (Tabanus bovinus) keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. So'nalar N.G. Olsufev tomonidan yaxshi o'rganilgan. Dunyoda so'nalarning 3,5 mingdan ortiq turi mavjud, MDH da ularning 200 ga yaqin turi, 12 ta avlodi va 3 ta kenja avlodi mavjud.
M.Q. Qodirovaning ma'lumotlari bo'yicha, O'zbekistonda so'naiarning 49 ta turi uchraydi. So'nalarga qarshi 1-2 % li xlorofos, 2-3 % li polixlorpinin, 0,5 % li fosfamid, 1 % li karbafos kabi insektisidlar ishlatiladi.
Kalta mo'ylovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachvcera-Cyclorrhapha) kenja turkumi.
Bu kenja turkum vakillarining tanasi kichik, mo'ylovlari 3 bo'g'imli, lichinkasining bosh bo'limi burunlay reduksiyaga uchragan. Lichinkasining po'sti g'umbakka aylanish davrida tushib ketmasdan bochkasimon shaklga kiradi va qotib, soxta pillani hosil qiladi. Bu kenja turkumning 100 ga yaqin oilalari bor. Parazitlari va kasallik qo'zg'atuvchilarini tashuvchilariga asl pashshalar, se-se pashshalari, kulrang go'sht pashshaiari, qon so'ruvchi pashshalar oilalari va bo'kalarning 3 ta oilasi kiradi.
Asl pashshalar (Muscidae) oilasi vakillari juda keng tarqalgan kulrang yoki qoramtir rangli hasharotlar hisoblanadi. Mo’ylovlarining ikkinchi bo’g’imi ust tomonidan uzunasiga choki bor. Imagosi gul nektari, organik moddalar chiqindilari, axlatlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari qon so'radi. Lichinkalari orasida fitofaglari, saprofaglari, yirtqich va parazitlari bor. Bu oilaga 4 mingga yaqin tur kiradi. MDH da 1000 ga yaqin turi uchraydi.
Bir qancha turlari hovli-joylar yaqinida har xil tashlandiqlarda yashaydi. Bular uy pashshasi (Musca domestica), uy kichik pashshasi (Fannia canicularis), xonadon pashshasi (Muscina stabulans) va boshqalar. Uy va boshqa sinantropik pashshalar kishilarga dizenteriya, terlama, tif kasalliklari infektsiyalarini tarqatadi. Qon so’ruvchilardan kuzgi chaqog’ich pashsha (Stamoxys calcitrans) bunga misol bo’ladi. U tashqi ko’rinishidan uy pashshasiga o’xshaydi, lekin sanchib-so’ruvchi xartumchasi bor. Uning lichinkalari xashakli go’ngda va chirindi o’simlik g’aramlarida rivojlanadi. Afrikada qon so’rar se-se (Glossina) pashshasi keng tarqalgan. Bu pashshalarning ba’zi turlari odamlarda uyqu kasali va uy hayvonlarida nagan kasalligini qo’zg’atuvchi tripanosomalarni tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |