O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomli
Andijon davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo’nalishi
4 - bosqich 405 - guruh talabasining
“Parazitalogiya” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar
Bajardi: Sirojiddinova M.
Tekshirdi: Ummatov A.
ANDIJON
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar
Reja;
1. Hasharotlar (Insecta) sinfi
2. Burgalar (Aphaniptera) turkumiga
3. Kalta mo'ylovli doira chokli ikki qanotlilar (Brachvcera-Cyclorrhapha) kenja turkumi.
4. Burun-halqum bo'kalari (Oestridae) oilasi
Hasharotlar (Insecta) sinfi vakillari yer yuzida juda keng tarqalgan bo'lib, xilma-xil tabiiy sharoitlarda hayot kechirishga moslashgan.
Hasharotlar - umurtqasiz hayvonlarning bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, traxеyalilar (Tracheata) kеnja tipi, hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) sinfiga mansubdir.
Hasharot turlari tabiatda juda kеng tarqalgan va ular turlicha tuzilishga ega. Hozirgi vaqtda yer yuzida hasharotlarning 1,5-2 mln. atrofida turlari borligi ma’lum. Mutaxassislarning fikricha yer yuzida hasharotlarning 3-4 mln. va hatto 8- 10 mln. ga yaqin turlari bor deb faraz qilinadi. Chunki kam o‘rganilgan tropik mamlakatlardan har yili hasharotlarning 7-8 mingga yaqin yangi turlari topilib turadi.
MDH da hasharotlarning 100 ming turi, O‘zbekistonda esa ularning 23 ming-dan ortiq turi aniqlangan.
Umuman hasharotlarning turlari va soni qolgan hamma hayvon va o‘simlik turlarini qo‘shib hisoblagandan ham ko‘p.
Hashoratlarning shakli, rangi, katta kichikligi turli tuman bo’lib, kattaligi 0,2 mm. dan 30 sm. gacha boradi. Tanasi aniq bosh, ko’krak va qorin qismlarga ajralgan. Bosh qismi 5-6 ta bo’g’imlarning qo’shilishidan, ko’krak qismi 3 ta bo’g’imlardan, qorin qismi esa 6-11 ta bo’g’imlardan tashkil topgan. Bosh qismida bir juft mo’ylovi, bir juft fasetkali, bir yoki bir necha oddiy ko’zlari va og’iz apparati joylashgan. Ko’krak qismida uch juft oyoqlar, ikki yoki bir juft qanotlar joylashgan.
Hasharotlar juda xilma-xil va ko'p sonli bo'lishi tufayli tabiatda sodir bo'lib turadigan moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Ular orasida erkin yashovchilari ham, o’simlik zararkunandalari ham, odam va hayvonlarning parazitlari ham, har xil infektsion va invazion kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiruvchilari ham, insonga va xalq xo’jaligiga foyda keltiruvchi turlari ham mavjud.
Hashoratlarning ko’pchiliga gulli o'simliklarni changlatuvchi, bir qancha hayvonlarning asosiy ozig'i, hayvonlarning murdalari bilan oziqlanuvchi nekrofaglari (o'laksaxo'rlar) va go'ngxo'r-kaprofaglari bo’lib, tabiiy sanitarlar vazifasini bajaradi. Go'ngxo'r hasharotlar hayvonlarning go'ngini parchalab, uning chirishiga, ya'ni tuproq hosil bo'lishiga yordam beradi.
Hasharotlardan olinadigan mahsulotlar inson uchun oziq va kiyim-kechak, farmatsevtika va bo'yoqchilik sanoati uchun zarur xomashyo hisoblanadi. Shuning bilan bir qatorda, hasharotlar orasida tirik o'simlik to'qimalari bilan oziqlanib, qishloq xo'jalik ekinlari va bog'larga katta zarar keltiruvchi turlari ham anchagina.
Hasharotlardan burgalar, bitlar, ko'pchilik ikki qanotlilar (chivinlar, iskabtoparlar, pashshalar) va ayrim qadalalar qon so'rib, odam va hayvonlarni bezovta qiladi; hayvonlarning mahsuldorligini keskin kamayib ketishiga sabab bo'ladi.
Parazit hasharotlar kasallik tarqatuvchilar sifatida ayniqsa katta ziyon yetkazadi. Ulardan bir guruhi (chivinlar, moshkarlar, iskabtoparlar, qonso'ruvchi pashshalar) kasallik ko'zg'atuvchi mikroorganizmlarni og'iz organlari orqali yuqtirsa, boshqalari (bitlar, burgalar, pashshalar) so'lagi, axlati yoki boshqa iflosliklari orqali yuqtiradi. Bezgak chivinlari odamlarga bezgak parazitini qon so'rayotganida yuqtiradi. Toshmali terlama kasah' ko'zg'atuvchisi bitlarning axlati bilan odam terisiga tushib qoladi va keyin jarohatlangan teri orqali qonga o'tadi. Pashshalar bakteriyalar va gelmintlarning tuxumlarini oyoqlari, xartumi yoki ichagidan chiqadigan axlati orqali yuqtiradi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdi-ki, hasharotlarning ko’pchiliga tabiatda, inson hayotida va qishloq xo’jaligida muhim ijobiy ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, hasharotlar sinfiga kiruvchi bir qancha turlari parazitlar hisoblanib, mahsuldor hayvonlarga va odamlar sog’ligiga jiddiy ziyon yetkazadi.
Shu sababli hashoratlarni o’rganish nazariy va amaliy jihatidan muhim ahamiyatga ega. Zoologiyaning hashoratlarni o’rganuvchi bo’limi - entomologiya deb ataladi.
Quyida mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |