Bo'kalar ham kaltamo'ylov doira chokli ikki qanotlilar kenja turkumiga kiradi. Bo'kalarning quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo'kalari, teri osti bo'kalari va burun-halqum bo'kalari.
Bo'kalar tanasi kalta tuklar bilan qoplangan, qilchalari yo’q. Lichinkalari sut emizuvchilarda parazitlik qiladi. Voyaga yetgan hasharotlarning og'iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. Shuning uchun ular uzoq yashamaydi.
Teri osti bo'kalari (Hypodermatidae) oilasi vakillarining urg'ochilari tuxum-larini hayvonlar junlariga yopishtirib qo’yadi. Lichinkalari teri ostida rivojlanib, nafas olishi uchun teshikcha hosil qiladi. Bularga qoramol bo’kasi (Hypoderma bovis), Shimoliy bug’u bo’kasi (Oedemagena tarandi) va boshqalar kirib, terini sifatini buzadi, sut va go’sht mahsulotini kamaytiradi. Qoramol bo'kasi Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda keng tarqalgan.
Teri bo'kasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz kasalligini paydo qiladi. Gipodermatoz O'zbekistonda ham keng tarqalgan bo'lib, chorvachilik xo'jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik oqibatida hayvon terisining sifati pasayadi, go'sht, sut va boshqa mahsulotlarning miqdori kamayib ketadi.
Teri bo'kasining tanasi sariq va qora tuklar bilan qoplangan, uzunligi 4 mm dan 16 mm gacha boradi. Bosh qismida ko'zlari, 1 juft mo'ylovi va og'zi joylashgan. Ko'krak qismida 1 juft qanotlari bor. Oyoqlarining uchi tirnoqlar bilan tugaydi. Gipodermatoz kasalligini uning lichinkasi keltirib chiqaradi. Teri bo'kasi yil davomida 1 marta avlod beradi. Havo isib ketishi bilan bo'kalar paydo bo'ladi va urug'langan urg'ochilari qoramollarning orqa oyoqlari va qorin junlariga tuxum qo'yadi. Har qaysi teri bo'kasining qo'ygan tuxumi 450 tagacha boradi. Oradan 2-4 kun o'tgach, tuxumdan mayda lichinkalar chiqib, terini teshadi va uning ostiga o'tadi, so'ngra teri osti biriktiruvchi to'qimalari orqali hayvonning bo'yni to-monga siljiydi. Qizilo'ngach devoriga o'tib, u yerda 5 oy yashaydi, keyinchalik molning orqa tomoni teri ostiga qarab ko'chadi. Bu yerda lichinkalar po'st tashlab, ikkinchi lichinkalik davriga o'tadi. Lichinka atrofida biriktiruvchi to'qimadan maxsus kapsula vujudga kelib, terida no'xat kattaligida shishlar hosil bo'ladi. Nafas olishi uchun tanasining oldidagi o'tkir ilmoqlari, tana tuklari va fermentlar bilan hayvon terisini teshadi va atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Oradan 20-30 kun o'tgach, lichinkalar ikkinchi marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga o'tadi. Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshikdan tashqariga chiqib, yerga tushadi. Yerda g'umbakka aylanib, 3-5 hafta ichida g'umbakdan qanotli bo'ka chiqadi (110-rasm).
Uning og'iz apparati yaxshi rivojlanmagani uchun oziqlanmaydi. Shuning uchun qanotli bo'kalarning umri juda qisqa bo'lib, ular bir necha kun yashaydi va shu davrda juftlashib, urg'ochilari mol terisiga tuxum qo'yishga ulguradi. Urg'ochi bo'kalar tuxum qo'yish uchun yaylovlardagi qoramollarga kelib qo'nganda, ular chaqmasa ham mol juda bezovtalanadi va o'tlamay qo'yadi. Ko'pincha mollar bo'ka tufayli yaylovlardan qocha boshlaydi.
Bo'ka lichinkalari O'zbekiston sharoitida hayvonlarning bel yelka ten ostida noyabr oyidan aprel oyigacha bo'ladi. Natijada, hayvonning ana shu joylarida tugunchalar vujudga keladi. So'ngra tugun markazida teshikchalar paydo bo'lib, undan yiring va boshqa moddalar chiqib turadi.
Ten osti bo'kalari hayvonlarni juda bezovta qiladi, ularning mahsuldorligi pasayib ketadi. Mollar oziqlanmay qo'yishi natijasida ozib ketadi. Lichinkalar mollarning terisini teshib, sifatini buzadi.
Ayrim hollarda teri osti bo'kalarining lichinkalari odamda ham parazitlik qilishi mumkin. Lichinkalar ko'zga tushganda, odam ko'r bo'lib qolishi mumkin.
Bo'kalar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi kompleks chora-tadbirlar qo'llaniladi. Birinchi navbatda, kasallangan mollar davolanadi. Buning uchun lichinkalar tugunlardan qo'l bilan siqib chiqariladi yoki tugundagi lichinkalarga qarshi dori yuborilib o'ldiriladi. Hayvon tanasidagi bu tugunlar bir vaqtda paydo bo'lmaydi, Shuning uchun davolash har 10 kunda takrorlanib turiladi. Lichinkalarni siqib chiqargandan keyin, o'rniga yod eritmasi surtish, shuningdek, lichinkalami qirib tashlash kerak.
Mollarga bo'kalar yuqmasligi uchun yoz va kuzda ulaming teiisiga har 20-25 kunda sistemali ta'sir qiladigan har xil dorilar purkaladi. Qanotli bo'ka hujumidan saqlanish uchun kunning isigan vaqtida mollarni binolarda saqlash va ularni kechasi hamda ertalab o'tlatish tavsiya etiladi. Qoramol bo'kasiga qarshi gipodermin - xlorofos, gipoxlofos, ivomek, sidektin, faskoverm ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |