O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli Andijon davlat universiteti


Burun-halqum bo'kalari (Oestridae) oilasi



Download 1,24 Mb.
bet17/18
Sana10.06.2022
Hajmi1,24 Mb.
#651964
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar

Burun-halqum bo'kalari (Oestridae) oilasi vakillari tirik tug'adi. Bu oilaga 35 ga yaqin tur kiradi, uzunligi 10-18 mm atrofida bo'ladi. Ularning lichinkalari tuyoqli hayvonlarda parazitlik qiladi. O'zbekistonda 4 ta turi qo'y, echki, tuya va otlarda parazitlik qiladi.
Qo'y bo'kasi (Oestrus ovis) ning uzunligi 10-12 mm bo'lib, ularning lichinkalari qo'y va echkilarning burun hamda peshona bo'shlig'ida parazitlik qiladi. Urg'ochilari sarg'ish-qo'ng'ir rangda, usti kam sondagi tuklar bilan qoplangan. Lichinkalari birinchi lichinkalik davrida 1,3 mm, uchinchi lichinkalik davrida esa 10-30 mm uzunlikda bo'ladi.
Qo'y bo'kasi issiqni yoqtiradi, 16-40°C haroratda uchib yuradi. Urg'ochilari urug'langach, devor yoriqlari orasida yoki binolarga uchib borib, 12-16 kun davomida tinch o'tiradi. Lichinkalari yetiigandan keyin ular faollashib, qo'y va echkilarni axtaradi va ularning burun kavaklariga 12-20 tadan tirik lichinkalarni purkab yuboradi. Har bir urg'ochi bo'ka hayoti davomida 600 tagacha lichinka qo'yadi. Agar urg'ochi bo'ka yetilgan lichinkalarni o'z vaqtida biror joyga qo'ya olmasa, lichinkalar bo'ka bachadonining devorini yorib yuboradi va uni halokatga olib keladi. Qo'yning burniga tushgan lichinkalar tezda burunning ichkarisiga qarab siljiydi. Aprel va may oylarida qo'yilgan lichinkalar rivojlanib, iyul-avgust oylarida hayvonning miyasiga ko'chadi, ba'zan peshona bo'shlig'iga o'tadi. Bu yerda 2 marta tullab, uch yoshli lichinkaga aylanadi. Keyinchalik uch yoshli lichinkalar yana burun bo'shlig'iga qaytadi va qo'y aksirganda, yerga tushib, tuproq orasiga kiradi va g'umbakka aylanadi. 18-25 kunda ulardan qanotli bo'kalar yetishadi (112-rasm).
Imago 25 kun yashaydi, uning jinsiy yo’llaridagi tuxumdan 12-20 kun ichida lichinkalar paydo bo’ladi. Voyaga yetgan bo’ka lichinkalarini qo’ygandan keyin halok bo’ladi.
Qo'y bo'kasi shimoliy tumanlarda yiliga 1 marta avlod bersa' issiq iqlimli hududlarda 2 marta (ko'klam va kuzda) avlod beradi.
Bo'ka lichinkalari qo'ylarning burun bo'shlig'ida bahorgi zararlanish davrida 4 oy, kuzgi zararlanish davrida esa 6-7 oy yashaydi.
Qo'y bo'kasi keltirib chiqaradigan kasallik estroz deyiladi. Bu kasallik hamma mamlakatlarda uchraydi. Estroz bilan ko'pincha yosh qo'ylar kasallanadi.
Estroz kasalligida mollarning nafas olishi qiyinlashadi, burun bo’shlig’idan qon aralash yiring keladi. Bu kasallikdan qo'ylarning ishtahasi buzilib, oriqlab ketadi. Undan olinadigan jun mahsuloti 3-16 % ga kamayib ketadi.
Burun bo'shlig'i va miyaga joylashib olgan bo'ka lichinkalari qo'y va echkilarda soxta aylanma (tentak) kasalligini paydo qiladi, ya'ni mollarning hushidan ketishi, bir joyda aylanishi kuzatiladi. Kasallangan yosh mollar ko'pincha nobud bo'ladi. Nafas yo'llari zararlanganda esa qo'ylar zotiljam kasalligidan o'ladi.
Zararlangan hayvon ozib ketadi va mahsulot sifati pasayadi. Ba’zan ular tuxumlarini odam ko’ziga purkab yuborishi ham mumkin. Lichinkalar odam ko'ziga tushib qolsa miaz, konyunktivit kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Estrozga qarshi kurashda kompleks chora-tadbirlar qo'llaniladi. Birinchi nav-batda, kasallangan qo'y va echkilar davolanadi. Buning uchun mollarning burun bo'shlig'iga yodning 0,25 % li va xlorofosning 2 % li eritmasi pulverizatorda purkalib, burun bo'shlig'idagi bo'ka lichinkalari haydab chiqariladi. Kasallik manbai hisoblangan bo'kalarning hamma yoshdagi lichinkalari qirib tashlanadi.
Tuya bo'kasi (Oephlopeia titihatez) ham tirik lichinkalarini tuyaning burun teshiklariga qo'yadi. Lichinkalar burun kataklari va bosh suyaklari bo'shliqlarida parazitlik qilib, tuyalarda mahalliy tilda "burun og'ru" deb ataladigan kasallikni keltirib chiqaradi.



O'zbekiston sharoitida qanotli bo'kalar may oyidan boshlab kuzgacha uchraydi. Tuya bo'kasi lichinkalari burun bo'shlig'ida 2 marta tullab, 3 yoshga kiradi, bunda ularning uzunligi 2,3-5,7 sm ga yetadi. Kuzda qo'yilgan mayda lichinkalar tuyaning burun bo'shlig'ida bahorgacha parazitlik qilib, 3 yoshga kiradi va erta bahorda tuyaning burnidan yerga tushib, g'umbakka aylanadi.


G'umbakdan 28-41 kundan keyin qanotli bo'ka uchib chiqadi. Uchib chiqqan erkak bo'kalar urg'ochilarini otalantirib, o'lib ketadi. Urg'ochilari esa tuyalar orasida uchib yurib, yetilgan mayda lichinkalarini tuyalar burun teshiklariga qo'yadi.
Ot burun bo'kasi (Rhinoestrus purpurens) ham tuya bo'kasi kabi tirik lichinkalar tug'adi va uchib yurib ularni ot va eshaklarning burniga sochadi. Otlarning burun bo'shlig'idagi lichinkalarning soni 1-7 tadan 80-120 tagacha va kattaligi 1 mm gacha yetadi.
Ot burun bo'kasining lichinkasi ham 3 yoshni boshidan kechiradi. Bir yilda 2 marta avlodberadi, birinchi avlodi bahorda 1-maydan 10-15-iyungacha, ikkinchi avlodi sentabrning boshidan oktabrning oxirigacha yashaydi.
Yozda lichinkalar 3 yoshni 2 oyda (iyun-iyulda) o'tadi. lyulning oxiri - avgustning boshlarida lichinkalar otning burnidan yerga tushib, g'umbaklik davrini tuproq ichida (20-25 kun) o'tkazadi.
Avgustning oxiri - sentabr boshlarida qanotli bo'ka tuproqdan uchib chiqadi. Otlar orasida uchib yurib, ularning burniga lichinkalarini sochadi.
Lichinkalar otning burun bo'shlig'ida mart oyigacha bo'lib, keyin yerga tushadi, aprelda tuproq ichida g'umbakka aylanadi, may va iyunning boshlarida 10-15 ta-gacha qanotli bo'kalar uchib yuradi (113-rasm).



Ot burun bo'kasi ba'zan odamlarning ko'ziga tushib, ko'zning yallig'lanishiga, ko'zdan yosh oqishiga va ko'z og'rig'iga sabab bo'ladi.




Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish