O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Rahbarlik faoliyatida shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy psixologik jixatlari



Download 425,5 Kb.
bet8/21
Sana17.07.2022
Hajmi425,5 Kb.
#813879
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
МАГИСТР диссс 2222 (2)

1.3. Rahbarlik faoliyatida shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy psixologik jixatlari
Raxbarlik faoliyati jarayoinida xodimlarni o`ziga moyil qilish yo’llari  attraktsiya deb ataladi. Biror odam bilan suxbatlashganda sezgi organizmlarimizga (ko`rish, eshitish, xid bilish.) undan ko’plab xabarlar kelib turadi. Lekin insonlar bu xabarlarning xammasini xam ongli ravishda qabul qila olmaydilar. Masalan, faol suxbat jarayonidan so’ng sizdan bir daqiqaga ko`zingizni yumib, suxbatdoshingizning galstugi qanday rangda ekanligini aytib berishni so`rasalar, siz xar doim xam to`g`ri javob bera olmaysiz. Demakki, biz ko`rib turib, ko`rmasligimiz mumkin, tinglab turib, eshitmasligimiz mumkin ekan, bu ongimizning qanday ishlashiga bog`liq. Shu bilan birga insonda xissiy axamiyatga ega bo`lgan xabarlar saqlanib qoladi.[26].
Agar muloqot jarayonida suxbatdoshga axborotni shunday yuborilsa, birinchidan - bu xabar suxbatdosh uchun xissiy axamiyat kasb etsa, ikkinchidan, bu unga ijobiy ta'sir etsa, uchinchidan esa bu xabarni suxbatdosh anglab yetmasa, u xolda suxbatdoshimiz, bu suxbat nimasi bilandir yoqimli, o`ziga tortuvchi bo`ldi, deb ta'kidlash mumkin. Demak, bunday xolda suxbatdoshingizda o`zingizga nisbatan xissiy ijobiy munosabat uygotishingiz mumkin. Bu xislat raxbar uchun eng zarur, eng muxim xisoblanadi.[18].
Attraktsiyaning shakllanishiga "oltin so`zlar" ta'sirining psixologik mexanizmi quyidagicha.
1. Insonga o`zining ijobiy sifatlarini kuchaytiribrok aytilgan so`zlar, ya'ni kompliment doimo yoqimli bo`ladi.
2. Agar kompliment qoidasi bilan aytilsa (bu xaqda quyida so`z yuritiladi) ishontirish natija beradi.
3. Buning natijasida "yaxshiroq" ko`rinishga bo`lgan extiej sirtdan qondiriladi.
4. Extiejlarning kondirilishi natijasida ijobiy xislar hosil bo`ladi.
5. Raxbar o`ziga nisbatan o`z qo`l ostidagi xodimlarida ijobiy xissiyotlar - attraktsiya uyg`ota olgan ekan, xodimlar o`z raxbarlarining topshiriqlarini bajonidil bajaradilar.[30].
Boshqaruv soxasidagi mutaxassislar G. Kunts va S.O.Donnelning fikricha, «agar xodimlar rahbariyat tomonidan o`rnatilgan tartib va qoidalargagina rioya etib mehnat qilganlarida, ular o`zlarining 60-65% imkoniyatlarini ishlata olar va o`z majburiyatlarini bajarib, shunchaki ishdan bo`shamasliklariga bahona topar edilar, xolos. Xodimlarning qobiliyatlaridan to`la foydalanish niyatidagi rahbar ularda shunga loyiq his tuyg`uni uyg`ota olishi lozim». Bu yerda gap rahbarning o`z liderlik qobiliyatini namoyish eta olishi, xodimlar orasidagi obro`-e’tibori haqida borayapti. Tashkilot doirasidagi norasmiy munosabatlar tizimida peshqadam o`rinni egallagan rahbargina o`z xodimlari qobiliyatini 100% jamoa ishiga jalb eta olishi mumkin. Rahbarning, nafaqat, obro`sini oshiradigan, balki qiyin vaziyatda uni asosiy maqsad yo`lidan yetaklaydigan fazilatlardan biri — mustaqillikdir. Rahbar o`z qarashi, mushohada layoqati va shaxsiy nuqgai nazariga egalikka intilishi lozim. [4]
Rahbar o`z hamkasblariga, shuningdek, maslahatchilariga quloq tutishi kerak, lekin qaror va uning ijrosi rahbar zimmasiga yuklatiladi. Shu bois fikrlash va xatgi-harakatdagi mustaqillik samarali boshqaruvning asosiy omillaridan biridir. Ammo, mustaqillik qaysarlik kayfiyatiga aylanmasligi lozim. Buning uchun rahbar hamisha o`z tashabbusini tashkilot yoki jamoa maqsadlari bilan uyg`unlashtirib borishi zarur.[22].
Navbatdagi zaruriy xislatlardan yana biri muloqotga moyillikdir. Aniqlanishicha, rahbar o`z kundalik faoliyatining to`rtdan uch qismini turli-tuman muloqotga sarflaydi. Muloqotning boshqaruvdagi ahamiyatini ko`zdan kechirar ekanmiz, beixtiyor Li Yakokka esdaliklariga duch kelamiz: «Men avtomobil sohasida bir umr ishlagan odamni bilaman. U oliy ma’lumotli bo`lib, o`zini boshqarish qobiliyatiga ega, shuningdek, ajoyib strateg va o`z kompaniyasining yirik mutaxassisi edi. Lekin, uni hech qachon hech kim yuqori lavozimga tayinlamagan, chunki u o`zga bilan muloqotda bo`lishni bilmas edi».[18].
SHunday qilib, rahbar faoliyatidagi samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs xislatlari bilan tanishib o`tdik. Sir emaski, hech bir inson ushbu ro`yxatdagi xislatlar bilan birga tug`ilmaydi. Bularning hammasi insonga ato etilgan layoqat, shuningdek, ijtymoiy-tarixiy yashash sharoitlarining mahsulidir. Bunday xislatlarning rahbar faoliyatida namoyon bo`lishi, shaxsdan muntazam tartib va o`z ustida ishlashni, doimo o`z idrokida namuna yaratish va unga taqlid etishni talabqiladi.
E’tiqod- inson behad ishonadigan g`oya va fikrlar bo`lib, ularni hatgo shubha ostiga olish shaxs uchun noo`rindir.Inson tashqi olamdagi voqea-hodisalarni tahlil qilarkan, ko`p narsalarga o`z e’tiqodi nuqgai nazaridan qaraydi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish