O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Magistrlik dissertatsiyasi tadqiqotning amaliy ahamiyati



Download 425,5 Kb.
bet6/21
Sana17.07.2022
Hajmi425,5 Kb.
#813879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
МАГИСТР диссс 2222 (2)

Magistrlik dissertatsiyasi tadqiqotning amaliy ahamiyati.
Tadqiqot xulosa va tavsiyalaridan boshqaruv psixologiyasi fanini o‘qitishda, mashg‘ulotlarni tashkil etishda barcha soha mutaxasisslari va mutaxasiss o‘qituvchilar faoliyatida faydalanishlari mumkin. Psixologik bilimlarni o‘rgatishda innavatsion texnologiyalarning afzalliklarini ochib berish va ta’limda joriy etish uchun amaliy tajribalar tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi.
Magistrlik dissertatsiyasi 3 bob 8 bo‘lim xulosa, tavsiya, faoydalanilgan adabiyotlar va alovalardan iborat.


I.BOB. BOSHQARUV VA RAXBARLIK PSIXOLOGIYASINING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI.
1.1. Boshqaruv ijtimoiy psixologik fenomen sifatida.
Boshqaruv muammosi XX asrning oxiri va XXI asr boshlaridagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Bu holat inson omilining barcha ijtimoiy jarayonlardagi oshgan roli bilan izohlanadi. Bundan tashqari, insonlarning o'zida ham ilk yoshlikdan liderlikka ishtiyoq, xizmat lavozimlarida muvaffaqiyatga intilishga moyillik kabi shaxsiy sifatlar ham namoyon bo'la boshladi. Bunday ijtimoiy psixologik hodisalar eng avvalo boshqaruv sohasini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish, mehnat maxsuldorligi va insoniy munosabatlarni yaxshilash kabi masalalarda ushbu omilning ta’sirchan rolini oshirishni kun tartibiga dolzarb qilib qo'ydi. Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan O'zbekiston uchun ham boshqaruv tizimini takomillashtirish, rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish, ularning bilim saviyalarini yanada yuqori bo'lishi bilan bog'liq shart-sharoitlarni yaratish masalasi taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda. Psixologiya boshqaruv faoliyatining sub’ekti bo'lgan insonlarni o'rgannishda, ikkita kategoriya borligini e’tirof etadi. Bu - “rahbar” va “lider” tushunchalaridir. Birinchi tushuncha ko'proq rasmiy munosabatlar tizimida faoliyat ko'rsatadigan, asosiy vazifasi tashkilotning davlat va jamiyat oldidagi vakolatlarini yurituvchi shaxsga taalluqli bo'lsa, lider jamoa ichidagi norasmiy munosabatlarning mahsuli, jamoadagi ma’naviy-psixologik muhitga bevosita javobgar insonga nisbatan ishlatiladi. G'arbda lider tushunchasi bilan umuman boshqaruv tizimi muammolarini uyg'unlashtirishga va rivojlantirishga keng e’tibor qaratilgan. Ushbu jarayonlarning tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, boshqaruv nazariyoti va amaliyoti sohalarida tadbiqiy ishlarning tashabbuskori F.Teylor hisoblanadi. Keyinchalik bu yo'nalish “ilmiy menedjment” deb atala boshladi. Teylor yangicha funksional ma’muriyatchilik tizimining asoschisi sifatida boshqaruv uslublariga, intizomiy sanksiyalar va rag'batlantirish tizimiga katta ahamiyat berish lozimligini ta’kidladi. U moddiy rag'batlantirishning alohida rolini ta’kidlagan tarzda, odamlardagi mehnatga motivatsiyaning asosi sifatida mehnatga haq to'lashning differensial tizimini tavsiya etdi. Uning izdoshlaridan biri - D.Jilert esa odamlar yaxshi va unumli ishlashlari uchun ularning ish joylarini va u erdagi shart-sharoitlarni yaxshilash shartligi g'oyasini ilgari surdi. Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o’rganiladi, jumladan, falsafa, tarix iqtisod, xuquqshunoslik va psixologiya uning o’ziga xos tomonlarini ochish bilan shug’ullanadi. Psixologiya boshqarishni ham ob’ekti, ham sub’ektini o’rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o’rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob’ekti deb aytiladi. Boshqaruvning sub’ekti o’rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi. Psixologiya ko’proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o’rganadi va shu asosda boysunuvchilar ishlarinn samarali tashkil etish, aniq va to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun qanday psixologik xolat va jarayonlarni o’zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar raxbar majlis olib borayotgan bo’lsa, har bir so’zga chiquvchilarning fikrlari, ma’ruzalari va hokazolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, qabul qilingan qarorlarga ko’ra raxbarning va xodimlarning har biriga alohida ilmiy ko’rsatmalar va maslahatlar beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi raxbar faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning ehtiyoji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, qaysi individual xususiyatlariga ko’ra u raxbar darajasiga ko’tarildi, ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning qay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko’rsatish maqsadida u qanday ta’sir uslublarini qo’llayapti kabi qator masalalarga qaratadi.[15]. Raxbar bo’lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil, chunki kimdir raxbarda bo’lgan imtiyozlarga beriladi, kim uchundir unga berilajak huquqlarni afzal ko’rish xos, kimgadir yuksak mas’uliyatlarni bo’yinga olish ma’qul keladi. Shaxslarning raxbar funktsiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma-xil bo’lmasin, raxbardan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo’llash, ularga bosh bo’lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obro’ga ega bo’lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o’z buyniga olish kabi ko’plab sifatlarning mujassam bo’lishi talab qilinadi.
Boshqaruvchi raxbar uchun turli guruhlardagi, ko’p holda bir raxbar uchun bir vaqtning o’zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning xarakteriga javobgar bo’lish qiyinchiliklar tug’diradi, chunki o’sha guruhlarni tashkil etgan har bir shaxsning o’ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvurining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi raxbardan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik fahm-farosatning va sabr-qanoatning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham kundalik hayotimizda, ham ilmiy adabiyotlarda tez-tez yonma-yon ishlatiladigan ''lider" va ''raxbar" tushunchalarining psixologik mazmunlarini analiz qilib chiqish maqsadga muvofiqdir.[4].



Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish