Hozirgi zamonda fanga ma'lum, insonning
psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarini
o‗rganish maqsadida tuzilgan psixodiagnostik metodikalar amaliyotda keng qo‗llanilmoqda.
Yangi ilmiy tushunchalarni bayon qilish, ilmiyligini kafolatlash maqsadida, ularga xos belgilarni
o‗rganish uchun eksperimental psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish
borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. XX asr boshlarida ancha yaxshi rivojlangan
fanlarning, masalan fizika fanining tushuncha va tadqiqot metodlariga bir qancha talablar qo‗yildi
va qabul qilindi, bu psixologiyaga ham fan sifatida taalluqlidir. Bu operatsionalizatsiya va
verifikatsiya talablaridir.
Operatsionalizatsiya talabi
asosida shu narsa yotadiki, yangi ilmiy tushunchani fanga kiritishda
albatta aniq, konkret muolajalar, usul va metodlarni ko‗rsatib berish va ular yordamida ilmiy
tushunchalarni bayon qilishda bu ko‗rinishlar haqiqatdan mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim.
Operatsionalizatsiyada har qanday tadqiqotchi amaliy harakati
ish jarayonida ilmiy
tushunchadagi ko‗rinishlar bayoni haqiqatdan ham aynan shu xususiyatlarga ega ekanligiga
ishonch hosil qila olsin.
Verifikatsiya talabi shuni anglatadiki, ilmiylik statusiga talabgor har qanday ilmiy tushuncha,
fanga
kiritilayotgan yangiliklar, albatta, haqiqiy ma'nosiga ega ekanligini aniqlash maqsadida
tekshiruvdan o‗tkazilishi shart. «Verifikatsiya» so‗zi «tekshirish» ma'nosini anglatadi. Bu har
qanday tushuncha bo‗shliqdan paydo bo‗lmaganligini, haqiqatdan ham mavjudligini isbotlashda,
unga mos psixodiagnostik muolajalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, biz fanga «motiv»
tushunchasini kiritmoqchimiz, u holda birinchi navbatda ushbu tushunchaga oid bizga ma'lum
tushunchalar va ushbu tushuncha ma'nosiga oid diagnostik belgi, ko‗rinishlarni aniq tavsiflab bera
olishimiz kerak. «Motiv» tushunchasini quyidagicha ta'riflab ko‗raylik. ―Motiv –
bu ichki,
psixologik, o‗zini anglagan yoki o‗z-o‗zini anglamagan odam harakatini qo‗zg‗atuvchi manba
hamda u bir maqsadga yo‗naltirilgan holda faollikni qo‗llab turadi‖.
Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli metodlar qo‗llanilishi shart,
aks holda natijalarning ishonchsizligi va noaniqligi hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib
chiqishi xavfi Yuzaga chiqishi mumkin.
Qo‗llanilayotgan metodlar sifatiga, uning
yordamida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish
mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi
muassasalarda
pedagog-psixologlar
mas'ul
shaxsdir.
Bundan
tashqari
bolalar
bilan
psixodiagnostik tashxislar o‗tkazishda bir qator kasbiy-ahloq iy tavsifga ega talablar qo‗yilgan.
Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir:
Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon etkazish maqsadida
qo‗llanmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: