tekshirishda qo‗llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‗ynaydilar. Bolalar
berilgan namunaga ko‗ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak(5-ilova).
Tajriba o‗tkazish uchun bir xilda bo‗yalgan plastmassa yoki yog‗och kubiklar kerak bo‗ladi.
Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur.
Sinaluvchi uchun ko‗rsatma: «Shunday figurani to‗rtta kubikdan yasab ko‗r». Rasmning birinchi
namunasi ko‗rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.
Kubiklarni rasmning ustiga qo‗yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi.
Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‗liq ravishda miqdoriy baho qo‗yiladi.
Bog‗cha yoshidagi va boshlang‗ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam
berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‗rsatish kerak. Bunda eksperimentator
faqatgina yasab ko‗rsatmasdan, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab bo‗lgach,
eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi.
Tadqiqot qarorida ko‗rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‗yiladi.
Link kubi
Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi.
Tajriba o‗tkazish uchun 3x3 sm. kattalikda bir xil 27 kichik kubiklardan iborat kub kerak. Kichik
kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‗yalgan bo‗ladi, ulardan tashqi
tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‗lsin.
Bolaga bir xil rangli kub ko‗rsatiladi (masalan, qizil), so‗ngra buzib tashlab, xuddi shundayini
yana qurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo‗shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini
ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish
vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, uquvchanligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi.
Bularni hammasi oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‗yiladi. sinaluvchi qurish
usulini qanchalik tez o‗zlashtirganligi ham yozib qo‗yiladi, uch tomondan ham qizil kubikchani
burchaklariga, bitta ham qizil tomoni yo‗q kubikni o‗rtaga joylashtirish kerak. Sinaluvchi 3-4
kubikni qo‗liga olib, qurish usulini yaxshi tushunmagan bo‗lsa, unga aytib yordam ko‗rsatiladi.
Lekin bu bolaning ziyrakligi oz rivojlanganligidan dalolat beradi.
Eksperimentator bola topshiriqni bajarayotganida uning harakatlarini, xatolarini, diqqati
xususiyatlarini kuzatib, yozib boradi. Masalan, diqqatdagi xatolar quyidagicha bo‗lishi mumkin:
a) bu kubikning joyini to‗g‗ri aniqlab, sinaluvchi uni noto‗g‗ri aylantirib Yuboradi, shundan so‗ng
xatoni to‗g‗rilash qiyin bo‗ladi;
b) o‗rtaga ikki tomoni qizil kubik qo‗yib qo‗yilsa ham shunday xato bo‗lishi mumkin, o‗rtaga
faqat bir tomonida qizil bor kubiklarni qo‗yish kerak.
Bu xatolar diqqatning parishonligidan, barqaror emasligidan dalolat beradi. (S.YA.Rubinshteyn,
1970). Bu vazifani bajarishda bolalar ikki usulni qo‗llaydilar. Birinchisi, muvafaqqiyatsizroq
bo‗lib, sinaluvchi navbatdagi joyni to‗ldirish uchun kubik izlaydi. Ikkinchi usulda, sinaluvchi har
bir kubikni qo‗liga olib, uning uchun mos joyni izlaydi. Odatda topshiriqni bajarishni birinchi
usul bilan boshlaydilar, lekin birozdan so‗ng ikkinchi usul bilan topshiriqni bajarishga kirishadi.
Bolalar kubiklarni qurishga turlicha munosabatda bo‗ladilar. Masalan, 3-4 yoshli bolalar
qo‗llanmani darrov tushunmaydilar va ularning ko‗pchiligi topshiriqni bajarishda tartibsiz harakat
qiladilar. 6-7 yoshli bolalar bo‗lsa, xatolarga yo‗l qo‗ysalar ham, diqqat bilan, tartibliroq harakat
qiladilar. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ham topshiriqni bajarishda xatoga yo‗l qo‗yadilar. Lekin
ular bu topshiriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar qo‗llanmani yaxshi tushunadilar, o‗z
xatolarini o‗zlari tuzatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: