O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

1-jadval 
Bolaning jismoniy va psixik rivojlanishi xususiyatlari 
Bolaning 
F.I.O. 
Bola haqida ijtimoiy va psixologik ma'lumotlar 
Tug‗il-gan 
yili 
Ota-onasi 
haqidagi 
ma'lumot 
Tug‗ilishining 
ba'zi xususiyatlari 
Sog‗lig‗i 
Jismoniy va 
psixik 
rivojlanish 
xususiyatlari 
MTMga, maktabga kelishi bilan tarbiyachi yangi ma'lumotlarni qo‗shib boradi. Bu unga bolaning 
jismoniy va psixik taraqqiyotini kuzatish imkonini beradi.
Bolaning individual-psixologik xususiyatlarini o‗yin faoliyatida, topshiriqlarni bajarish 
jarayonida, o‗quv faoliyatida, psixologik-pedagogik eksperiment sharoitlarida uning xulq-atvorini 
kuzatib ham o‗rganish mumkin. Kuzatishda olingan ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot 
qaroriga yoziladi.
Eksperimental-psixologik tadqiqotda kuzatish jarayoni ixtiyoriy bo‗lib, odatda hayotiy 
sharoitlarda pedagog ixtiyoriy ravishda kuzatadi. MTMda, boshlang‗ich sinflarda bo‗lajak 
tarbiyachining ishi ixtiyoriy va ixtiyorsiz kuzatish malakalarini bir xilda rivojlantirishni talab 
qiladi.
Eksperimental-psixologik tadqiqot o‗tkazishdan oldin pedagog-tadqiqotchi bola bilan 
suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy - hissiy aloqa o‗rnatib, bajariladigan topshiriqning 
maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi. Suhbat psixologik tadqiqot metodi sifatida bola haqida 
ma'lumot olish imkonini beradi. Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o‗tkazilishi
stixiyali ravishda kechishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaning oilasiga
tengqurlariga tegishli bo‗lgan, unga yoqmaydigan savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola 
shaxsining xususiyatlari, o‗zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi 
aniqlanadi.
Tekshiriluvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma'lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o‗zaro 
fikrlashuv qobiliyati aniqlanadi. Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik 
maqsadlarda o‗tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo‗rqinch, xavotirlanish, o‗ziga 


ishonmaslik kabi holatlar yo‗qotiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida tadqiqot oldiga 
qo‗ygan vazifaga bog‗liq ravishda bola hayoti haqida muhim ma'lumot olishi kerak. 
Eksperimental psixologik tadqiqot o‗zining quyidagi shartli sxemasiga ega. (1-sxemaga qarang). 
Eksperimental vaziyatda bola beriladigan yo‗l-yo‗riq, ko‗rsatmani tushunishi muhim rol o‗ynaydi. 
Ko‗rsatma tushunarli, bolaning yoshi va aqliy rivojlanish darajasiga mos bo‗lishi kerak. Bola 
topshiriqni bajarishni boshlaganidan so‗ng ko‗rsatmani misollar yordamida qo‗llab-quvvatlash 
bilan mustahkamlash zarur, bu esa sinaluvchida faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va unga 
yordamlashadi. Ko‗rsatmaga kiritilgan qo‗shimcha va o‗zgartirishlar haqidagi barcha ma'lumotlar 
oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‗yiladi.
Eksperiment jarayonida olingan natijalarni puxta yozib borish, keyingi sifat tahliliga asos bo‗ladi. 
A.Binening (1910) ta'kidlashicha, eksperimental-psixologik tadqiqotni o‗tkazish uchun ruchka, 
ozgina qog‗oz va ko‗p chidam zarur. Tadqiqotchi u yoki bu olingan ma'lumotni iloji boricha 
tezroq qarorga yozib olishi kerak. Har bir tajriba qarori alohida qog‗ozda bo‗lishi lozim (2-jadval) 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish