O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


To‟plam reprezentativligini ta`minlash



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

To‟plam reprezentativligini ta`minlash 
uchun sharoitlar 
bosh to‘plamning har bir birligi to‘plamga tushish 
ehtimoli bo‘lishi zarur
o‘zgaruvchi to‘plam o‘rganilayotgan belgiga bog`liq 
bo‘lmagan ravishda tanlanadi
tanlov bir xil to‘plamlardan amalga oshiriladi
tanlovda birliklar soni ko‘p bo‘lishi lozim


Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‗tkazish mumkin (faqat 
ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go‗daklik yoki balog‗at 
yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.
Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog 
psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‗z 
navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‗liq, ishonchli va haqqoniy 
javob berishi shartdir. 
Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-
onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli 
takliflarni hal qilishga asos bo‗la olmaydi. 
Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o‗qituvchi va tarbiyachi bilan 
hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab 
borishi shart. 
Psixodiagnostikada qo‗llanilayotgan ko‗pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog‗liq. 
Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog‗lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida 
o‗rganilayotgan xususiyatlarning o‗rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog‗liq holda tavsiflanadi. 
Bolada yosh me'yorlari o‗rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og‗ishi, o‗tkazilgan 
tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko‗rsatkichlari me'yordan 
yuqori bo‗lsa, u holda bola o‗z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo‗lsa tengqurlaridan 
orqada qolgan degan xulosa chiqariladi. 
Ikkinchidan – bu o‗z-o‗zidan me'yorlarni o‗rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib 
borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o‗rtacha ko‗rsatkichi 
o‗zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o‗n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish 
mumkin emasligini ko‗rsatib beradi, shuning uchun ham har bir metodikani har 3 – 5 yilda albatta 
qayta tekshirib ko‗rish talab qilinadi.
Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan 
uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo‗lmaydi. Chunki bu nafaqat uning 
taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni 
o‗zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko‗pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog‗liqdir. 
Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo‗llash va xulosa chiqarish uchun, 
avvalo uni sinab ko‗rish kerak. 
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko‗rish bosqichlari quyidagilardir. 
Psixodiagnostika so‗zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy 
psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda 
qo‗llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik 
metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida 
psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo‗llay olish ko‗nikma va malakalarini psixolog-
diagnostda shakllantirishga qaratilgan. 
Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash 
haqida fikr yuritiladi. 
Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko‗p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo 
ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida 
tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday 
metodlar sirasiga kiradiki, ular o‗rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy 
tavsiflarini ko‗rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo‗llaniladi.
Yuqorida aytib o‗tilgan maqsad uchun qo‗llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni, 
insonning xususiyat va holatini o‗rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular 
asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo‗llaniladi. Ularning asosiy maqsadi – 
ishonchli bilimlar, faktlarni olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko‗rsatib 
beruvchi ikkita misol ko‗rib o‗tsak:
1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi. 
Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o‗ziga 187ta mulohazani 
qamrab olgan bo‗lib, 16ta guruhga bo‗lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida 


shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. 
Ushbu testdagi mulohaza, ko‗rsatma, qo‗llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – 
hamma voqea-hodisalarda bir xil qo‗llaniladi va o‗zgartirilmaydi. 
2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari. 
Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o‗rganish uchun mo‗ljallangan 
eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday tuzish mumkinki, tadqiqotchini 
qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko‗rinish, belgilarning har birini alohida o‗rganish imkonini 
bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va 
unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment 
o‗tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o‗tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ularni 
maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb 
Yuritiladi. 
Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida 
qo‗llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni 
tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa – psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda 
psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo‗naltiruvchi malakali 
mutaxassislar tayyorlashda qo‗llaniladi. 
To‗g‗ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik 
xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o‗tkazilgan eksperiment 
o‗rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko‗rsatdimi, yo‗qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib 
o‗tilgan fikrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir. 
Psixologik maslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning 
taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ishi shifokor mehnatini yodga soladi, ya'ni 
shifokor bemorning kasalini va muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o‗tkazadi.
Psixolog ham diagnostika bilan shug‗ullanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot 
darajasini tashxislab, so‗ngra maslahat va korrektsiya ishlarini amalga oshiradi. 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, biz metodikaning validligi, ishonchliligi, aniqligi, tanlanma to‘plam 
reprezentativligi haqida tushunchalarga ega bo‘ldik. 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish