O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

4.3. Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi.
Psixodiagnostik natijalarga qo‗llanilgan metodikadan tashqari voqea hamda hodisalar ham ta'sir 
qiladi, ya'ni berilgan ko‗rsatmalarni sinaluvchining to‗g‗ri tushunmasligi va test vaqtida 
sinovchining xulqi va shaxs xususiyatlari o‗z ta'sirini ko‗rsatishi mumkin. Agar voqelikni 
sinaluvchi imtihon sifatida qabul qilsa, o‗zini shu voqelikka mos tarzda tutadi. Yuqori xavotirli 
odamni hamisha va hamma payt Yuqori «xavotirlik» holati qamrab oladi, har qanday hodisani 
xavf sifatida qabul qiladi. Kichik darajali xavotirli odam buning aksidir, ya'ni o‗zini erkin tutadi.
Sinaluvchilarning xulqi, xatti-harakati va ularning ko‗rsatgan natijalari ko‗rsatmalarni qanday 
tushunishi bilan bog‗liqdir. Shuning uchun ham psixologik tashxisda ko‗rsatmalarning aniq 
tuzilishi va ularning tez anglab olinishiga qat'iy talablar qo‗yiladi: 
ko‗rsatma sodda va tushunarli bo‗lishi; 
bir xil ma'nodagi so‗z va talaffuzlarni o‗ziga qamrab olmasligi; 
ko‗rsatmaning iloji boricha yozma shaklda bo‗lishi (ko‗rsatma berayotgan shaxs, ko‗rsatmani har 
xil paralingvistik tarkibiy qismlar orqali ifodalashi mumkin: mimika, talaffuz, temp, pauza va 
xatti-harakatlar). 
Ba'zan tadqiqot natijalariga sinovchining xulqi va xatti-harakati ham ta'sir qilishi mumkin. 
Masalan, eksperimentator haqida sinaluvchining fikri ijobiy bo‗lsa, uning xatti-harakatida, 
munosabatida imkoni boricha sinovchiga yaxshi natija berishga harakat qiladi. Buning aksi bo‗lsa, 
eksperimentatorga nisbatan sinaluvchida antipatiya bo‗ladi.
Asosiy ko‗rsatma: eksperimentator bosiq, muvozanatli, xatti-harakati sinaluvchilarga nisbatan 
yaxshi va do‗stona bo‗lishi kerak.
Tarbiyachi qancha ko‗p eksperimental psixologik tadqiqotlar o‗tkazsa, uning tajribasi 
shuncha ortib boradi. U quyidagilarni o‗z ichiga oladi: bola faoliyatining xususiyatlarini o‗yin va 
o‗quv vaziyatlarida tahlil qilish; maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi, oila sharoitiga 
moslashish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki dunyosini tushunib olish istagi; 
shaxsi xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko‗rsatish.
 
Psixolog-eksperimentator faoliyati tadqiqotda ta'sir qiladigan alohida xususiyatlarga ega. Shuning 
uchun M.P.Kononova (1963) ta'kidlaganidek, bo‗lajak tadqiqotchi o‗zida quyidagi sifatlarni 
shakllantirmog‗i lozim: 
a) 
tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish; 
b) 
bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning xulq-atvorini kuzatishga diqqat 
qaratish; 
v)
bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganini yozib, xulqidagi ba'zi 
reaktsiyalarni to‗g‗ri baholash qobiliyatini yo‗qotmaslik va boshqalar. 
Bundan tashqari, tadqiqotchi eksperimental tekshiruvga turlicha munosabatda bo‗lishi kerak. 
Masalan, bog‗cha yoshidagi bolalarni shunga qiziqtirish kerakki, bolalar eksperimentator 
xonasida ko‗proq bo‗lib, uning hamma talablarini bajarishga intilsin. Bunga bolalarga qiziqarli 
rasmlarni ko‗rsatib, ularni hikoya qilib berish kubiklardan har xil narsalar yasash orqali erishish 


mumkin. Bolada qiziqish paydo bo‗lishi bilan birga uning xotirasi, diqqati, mantiqiy jarayonlari 
o‗rganiladi. Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari va o‗smirlar bilan tadqiqot o‗tkazgan paytda ular bilan 
shunday kirishib ketish kerakki, bolalarda tajribaga qiziqish, tadqiqotchiga ishonch va o‗z ichki 
dunyosini ochish istagi paydo bo‗lsin. Shuni ta'kidlash joizki, hamma bolalar ham tekshiruvga 
qiziqadilar. Lekin ba'zi hollarda, ular takroran tadqiqotda ishtirok etishdan bosh tortadilar. 
Ko‗pincha bu tengdoshlariga nisbatan yomon natijalar olganda eksperimentatordan ortiqcha so‗z 
eshitganda paydo bo‗lishi mumkin. Bunday bolalarga o‗zgacha munosabatda bo‗lish darkor. Ular 
arzimas sabab uchun ham maqtovga muhtojlar. 
Eksperimental-psixologik tadqiqot natijalari ishonchli bo‗lishi uchun, tadqiqotchi uni o‗tkazishda 
ma'lum sxema (umumiy reja)ga amal qilishi kerak. Tadqiqotchi ishini bolaning hayoti, uning 
jismoniy va psixik taraqqiyotining xususiyatlari, oilada, maktabda, MTMda ta'lim va tarbiyaning 
ijtimoiy-madaniy sharoitlarini aks ettiradigan materiallar bilan tanishishdan boshlashi kerak. 
Tadqiqotchi uchun bola tug‗ilishi bilan bog‗liq(onasida homiladorlik toksikozlari bo‗lganligi, 
chala tug‗ilganligi va h.k.), 3 yoshgacha bo‗lgan davrdagi taraqqiyotining xususiyatlari haqidagi 
ma'lumot ham muhimdir (nevrologik xususiyatlar va tanasida kasallik mavjudligi – titrab-
qaltiraydigan xuruj, kunduzgi va tungi enurez (siyib qo‗yish), duduqlanish, bosh miya va 
markaziy nerv sistemasi kasalliklari, bola qachondan boshlab Yura boshlagan, gapira boshlagan, 
bog‗chaga va maktabga kelishdan oldin qanday rivojlangan). Bu ma'lumotlarni ota-onalar bilan 
tanishganda, bolaning shaxsiy daftarini ko‗rib chiqqanda, u bilan bevosita suhbatlashganda olish 
mumkin.
Bola rivojlanishi haqida ma'lumotlarni xronologik ketma-ketlikda bayon etish maqsadga 
muvofiqdir (1-jadval). 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish