Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti predmetli klassifikatsiya, ikkinchi varianti – og‗zaki
klassifikatsiyadir, ikkala variant ham bolalarning umumlashtirish, yangi tushunchalarni
shakllantirish qobiliyatini aniqlaydi.
Sinaluvchiga quyidagi qo‗llanma beriladi: «Hozir siz turli predmetlar, o‗simliklar, hayvonlar,
tevarak atrofdagi barcha narsalar tasvirlangan kartochkalar to‗plamini olasiz. Siz ularni qaysi
narsa nimaga kirishiga qarab guruhlarga ajratasiz». Keyin tadqiqotchi bir kartochkani olib
sinaluvchidan unda nima tasvirlanganini so‗raydi. To‗g‗ri javob olgach, uni bir tomonga qo‗yib
qo‗yadi. Keyin navbatdagi kartochkani olib, unda nima tasvirlanganini ham aniqlaydi. Bu
tasvirlar bir-biriga qanchalik o‗xshashligi va farq qilishi ularni bir guruhga kiritish mumkinligini
aniqlaydi. Sinaluvchi ko‗rsatmani tushunib, kartochkalarni mustaqil guruhlarga ajrata
boshlaganidan so‗ng, tadqiqotchi tomonidan ko‗rsatiladigan yordam to‗xtatiladi. Klassifikatsiya
metodida og‗zaki metodni qo‗llashda ham Yuqoridagi kabi ko‗rsatma beriladi. Bunda tadqiqotchi
sinaluvchiga predmetlarning belgilari va xususiyatlarini ko‗rsatib, bir guruhga kiritish kerakligi
haqida yo‗l-yo‗riq bermasligi kerak. Predmetli klassifikatsiya bo‗yicha tajribalar 3 guruhda
bajariladi. Birinchi bosqichda sinaluvchi kartochkalarni ko‗rsatma bo‗yicha ajratadi. «Tadqiqotchi
tadqiqot qarorida sinaluvchi harakatlarini, ajratish xususiyatlari (masalan, «shkaf», «pal‘to»
«velosiped» va «sportchi» kartochkalarini qaysi guruhga kiritganligi)ni yozib boradi. Barcha
kartochkalar guruhga ajratib bo‗linganidan so‗ng ikkinchi bosqichga o‗tiladi. Bir turdagi
belgilariga ko‗ra kartochkalarni kattaroq guruhlarga birlashtirish haqida sinaluvchiga qo‗llanma
beriladi. Ikkinchi bosqich sinaluvchi o‗z harakatlarni to‗g‗rilashga kirishganidan boshlanadi.
Sinaluvchi ko‗rsatilgan yordamni qanday qabul qilishiga, o‗xshash xatolarni to‗g‗rilay olishiga
e‘tibor qaratiladi. Bu bosqich eng uzoq davom etadi, chunki bu bosqichda topshiriqni bajarish
davomida nima uchun har bir kartochka u yoki bu guruhga kiritilganligi aniqlanib, barcha
harakatlar batafsil yozib boriladi. Sinaluvchi u yoki bu kartochkani bir guruhga kiritilganligiga
emas, sinaluvchining tushunchalarni umumlashtirish qobiliyati ham aniqlanadi. («mebel‘», «uy
hayvonlari», «transport» va boshqalar). Sinaluvchi uchinchi bosqichda rasmlar guruhini
birlashtirib, yanada kamroq guruhlar qolishi kerak va ularni qandaydir tushuncha bilan
umumlashtirish kerak. Ba‘zan qo‗llanmada «o‗simliklar», «hayvonlar», «jonsiz predmetlar»,
«odamlar» deb guruhlar soni aniq ko‗rsatiladi.
Tadqiqotchi sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan vaqtda tadqiqot qarorini to‗ldirib borishi zarur
(17-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: