O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Download 6,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/238
Sana26.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#584145
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   238
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi

 
17-jadval 
Predmetli klassifikatsiya bo‗yicha tadqiqot qarori 
Tadqiqotchi harakatlari 
Sinaluvchi harakatlari 
Sinaluvchi tushuntirishlari 
Klassifikatsiya metodikasidagi og‗zaki usul qo‗llanganda sinaluvchi aniq tushunchalar, so‗zlarni 
guruhlarga ajratishi kerak. Bu erda rasmning ta‘siri yo‗q bo‗lib, sinaluvchi so‗zlarning mazmunini 
yaxshi tushunadi, atrofdagi predmet va hodisalar haqida ma‘lum bilimlarga ega bo‗ladi. Shu bilan 
bir vaqtda klassifikatsiyaning bu usulida sinaluvchi predmetlarni o‗ziga ma‘lum guruhlarga 
ajratish qobiliyati osonlik bilan aniqlanadi. Tadqiqotchi sinaluvchi bilan birga tadqiqot natijalarini 
muhokama qilganda uning tafakkur jarayonlari xususiyatlari haqida qo‗shimcha ma‘lumot oladi. 
Yuqorida qayd etilgan usullardan tashqari umumlashtirish geometrik figuralarni klassifikatsiya 
qilish metodikasi (Yu.F.Polyakov, 1954) ham qo‗llanishi mumkin. Tajriba o‗tkazish uchun 3 
belgisiga: rangiga, shakliga, kattaligiga ko‗ra farqlanadigan geometrik figuralar tasvirlangan 2 ta 
to‗plam (har birida 24 tadan kartochka bor) kerak bo‗ladi. Geometrik figuralarning birinchi 
to‗plami erkin jadval sifatida bo‗lishi mumkin (8-ilova). Ikkinchi to‗plamda xuddi shu geometrik 
figuralar tasvirlangan alohida kartochkalar bo‗lib, bolaga belgilari bo‗yicha guruhlash uchun 
beriladi.
Tajriba boshida sinaluvchiga namuna 30 soniya ko‗rsatiladi va unga berilgan alohida 
kartochkalarni o‗xshash belgisiga ko‗ra 2 guruhga ajratish kerakligi aytiladi. Tadqiqot qarorida 


ajratishga ketgan vaqt, xatolar xarakteri qayd etiladi. Tajriba jarayonida umumlashtirish 
qobiliyatini shakllantirish bo‗yicha o‗rgatuvchi dars elementlaridan foydalanish mumkin. 
 Ortiqchasini o„chirish 
 
Ortiqchasini o‗chirish metodikasi umumlashtirish va chalg‗ish, muhim belgini ajratish kabi 
tafakkur jarayonlari darajasini o‗rganish uchun qo‗llaniladi. Bu metodikaning ham ikki turi bor: 
predmetli va so‗zli. 
Metodikaning predmetli turida qo‗zg‗atuvchi material alohida qog‗ozlarda berilishi zarur. Har bir 
qog‗ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan (8-ilova). Rasmlar oq-qora rangli bo‗lishi 
mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo‗yicha birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. 
Odatda quyidagi ko‗rsatma beriladi:
«Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu erda 4 ta predmet tasvirlangan, siz 3 ta predmetni 
birlashtirib turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga 
kirmaganligi uchun uni o‗chirish kerak». Tadqiqotchi birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan birga 
bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda 
foydalanish mumkin. Metodikaning og‗zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo‗llash 
mumkin. Tajriba o‗tkazish uchun so‗zlar qatori yozilgan maxsus toza varaq kerak bo‗ladi. 
Qo‗llanma: «Har bir qatorda 5 ta so‗z bor, 4 ta so‗zni bir guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, 
bir so‗z ortiqcha bo‗lib, uni o‗chirish kerak». 
Stol, stul, karovat, pol, shkaf. 
Sut, qaymoq, qatiq, suzma, go‗sht. 
Botinka, etik, bog‗ich, tufli, shippak. 
Bolg‗a, arra, mix, bolta, randa. 
Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho‗r. 
Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli. 
Samolyot, arava, odam, kema, velosiped 
Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi. 
Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr. 
Pal‘to, plash‘, ko‗ylak, tugma, shim. 
Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt. 
Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi (18-jadval). 

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish