13. Olmaxon bilan mushuk orasida qanday o‗xshashlik bor? (Kamida ikkita o‗xshash belgilarni
to‗g‗ri ko‗rsatilgan javob to‗g‗ri. Masalan, bular – hayvonlar daraxtga chiqa oladilar, qalin yung
bilan qoplanganligi, dumi va to‗rtta oyog‗i borligidir).
14. Mix, vint, shurup bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? (To‗g‗ri javob – mixning yuzasi tekis,
vint va shurup burama kertikli; mix bolg‗a
bilan uriladi, vint va shurup buraladi; shurup konus
shaklida, vint va mix yumaloqdir).
15. Futbol, uzunlikka
va balandlikka sakrash, tennis, suzish nima? (To‗g‗ri javob – bular sport
turlari, jismoniy mashqlar turi).
16. Transportning qanday turlarini bilasiz?
(transport vositasining kamida ikki turini aytishi kerak).
17. Yoshlar katta odamdan qanday farqlanadi? (Javobda keksalar bilan yoshlar o‗rtasidagi kamida
ikkita farq sanaladi).
18. Nima uchun odamlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanadi? (Quyidagi javoblar to‗g‗ri
deb topilishi mumkin – o‗zining salomatligini saqlab turish, kuchli bo‗lish,
qaddi-qomati
kelishgan bo‗lishi, chiroyli bo‗lish, sportda muvaffaqiyat qozonish va musobaqalarda Yutish
uchun).
19. Nima uchun ishlamaslik yomon deyiladi? (To‗g‗ri javob variantlari – chunki hamma odamlar
ishlashlari kerak, negaki, yaxshi yashab bo‗lmaydi; chunki bu odam o‗rniga boshqalar ishlashi
kerak bo‗ladi; ishlamasa, kerakli narsalarni
sotib ololmaydi; oziq-ovqat, turar joy va boshqalar)
20. Nima uchun konvertga marka yopishtiriladi?
(To‗g‗ri javob – pochta orqali jo‗natilayotgan xabarlar uchun to‗lanadigan haq)
Natijalarni qayta ishlash
Har bir to‗g‗ri javob uchun 0,5 ball beriladi, bolaning to‗plashi mumkin bo‗lgan Yuqori ballar 10
ga teng bo‗ladi.
Izoh. Bolaning mustaqil fikr yuritib, savolning mohiyatiga mos keladigan javobi ko‗rsatilgan
javobda bo‗lmasa ham to‗g‗ri hisoblanadi.
Yuqoridagi metodika maktabga kirayotgan bolaning so‗z-mantiqiy fikr Yuritish qobiliyatini
psixologik tashxis qilish uchun qo‗llaniladi. Bu metodika Yuqorida aytilgan aqliy, xulosa chiqara
olish qobiliyatidan tashqari bolaning aqliy fikrlay olish faoliyati to‗g‗risida ham ozmi-ko‗pmi
xulosa qilish imkonini beradi.
Tekshiruvchida bola javobining to‗g‗riligiga ishonch noto‗g‗ri deb xulosa chiqarish uchun asos
bo‗lmasa, u holda bunday javobga 0,5 ball beriladi.
Bolaning javobini to‗g‗ri noto‗g‗ri deb baholashdan avval bola savolni to‗g‗ri tushunganligiga
ishonch hosil qilmoq kerak. Masalan: hamma bolalar ham shlagbaum nimaligini bilavermaydi va
bu savolning ma'nosini anglab eta olmaydilar.
Ba'zan «ishlamoq» so‗zi ham qo‗shimcha
tushuntirish talab qiladi, chunki maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarning hammasi ham buni bila olmaydilar.
Rivojlanish darajasi haqida xulosa:
10 ball – juda yuqori
8-9 ball – yuqori
4-7 ball – o‗rtacha
2-3 ball – quyi
0-1 ball – juda past
Do'stlaringiz bilan baham: