43
Ma’lum bir tur o’simlik va hayvon uchun xromosomalar soni doimiydir. Ko’pchilik
organizmlar ikkita gametalarning bir-biri bilan qo’shilishi-birlashishi natijasida
rivojlanadilar. Erkaklik va urg’ochilik gametalarida xromosomalar soni teng, gaploid
sonda bo’ladi. Shuning uchun organizmlarning tana hujayralarining xromosomalari soni
undan ikki marta ko’p diploid sonda bo’ladi, ( somatik sonda). Har bir gaploid tuplam
xromosomalar n bilan, diploidlisi esa- 2 n bilan belgilanadi.
Хromosomalar soni diploid hujayralarda bir necha yuztagacha bo’ladi. (qirq quloq
- Ohioglossum vulgatum da 500 ta).
b) Хromosomalarning kattaligi metofazada nisbatan o’zgarmas bo’ladi. Bir
nabordagi xromosomalarning biri boshqalardan katta bo’lishi mumkin. Har xil
organizmlarning hujayralarida xromosomalarning uzunligi 0,2-50 mk, yugonligi 0,2-2mk
gacha bo’lishi mumkin.
Metofazada xromosomalarning shakli sentromera- birlachi kisilma( peretyajka) ni
joylanishiga ikkilamchi kisilma va yo’ldoshi borligiga bog’lik.
Sentromera xromosoma yelkalarining chegarasini belgilaydi va uni odatda
birlamchi kisilma deyiladi.
Ko’pchilik hayvon va o’simlik xromosomalar bitta sentromerli (1ta kisilmali)
bo’ladi.
Ba’zilarida ikkita yoki bir nechta sentromera bo’lishi mumkin. Ba’zi
xromosomalar esa, ko’rinadigan sentromeralarga ega emas( diffuziya holda). Bo’linish
vaqtida sentromeralarga duk(vereteno) iplari birikadi.
Sentromeralarning joylanishi va bir juft xromosoma uchun doimiy bo’ladi.
Sentromeralarning holatiga qarab xromosomalar metatsentrik - har ikki yelkasi teng,
sub- metotsentrik teng bo’lmagan yelkali va akrotsentrik - bitta yelkasi juda qisqa, xatto
ajratib bo’lmaydiganlarga bo’linadi. Ma’lum bo’lmagan sababga ko’ra sentromera
xromosomalarning bir uchiga joylashmaydi, shuning uchun telotsentrik- bir yelkali
xromosomalar uchramaydi.
Ko’pchilik hollarda xromosomalar ikkilamchi kisilmalarga ega. Ayrim ikkilamchi
kisilmalar yadrochani hosil bo’lishi bilan bog’lik bo’lgan mutaxassislashgan qismlardir.
Shuning uchun, ularni nukleopolyar zona yoki yadrocha tashkilotchisi deb aytiladi.
Boshqa ikkilamchi kisilmalar yadrocha hosil bo’lishi bilan bog’lik emas va
ularning roli aniq emas.
v)Хromosomalar ultrastrukturasi
Хromosomalarning tuzilishini submikroskopik tekshirishlarni ko’rsatishicha ularning
asosida kalinligi 40-100 A bo’lgan elementar iplar yotadi. Ular DNK dan, asosli oqsil
giston va oz mikdor kislotali oqsildan iborat. Kesmalarni dezoksribonukleaza deb
ataluvchi DNK ni parchalaydigan ferment bilan ishlaganda elementar iplarning markaziy
qismi yukolib ketadi; binobarin, u elementar ipni uzunasiga o’tgan ikki zanjirli DNK
molekulasidan tuzilgan.
Elementar iplar barcha tekshirilgan organizmlarining yadrolari xromosomalarining
tarkibida, shuningdek interfaza yadrolarida ham tarqalgan.
Shuning
uchun
hamma
hujayralarda,
hujayraning
hamma
sikllarida
xromosomaning tuzilish birligi- nukleoproteidning ipsimon molekulasi ekanini isbot
etilgan deb qarash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |