I bob Hujayra funksiyalarini ta;minlashida mitoxondriyalarning roli



Download 417,93 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi417,93 Kb.
#262338
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mitoxondriyalar tuzilishi va ahamiyati


Reja:

Kirish


I bob Hujayra funksiyalarini ta;minlashida mitoxondriyalarning roli

1.1 Mitoxondriyalarning tuzilishi.

1.2 Mitoxondriyalarning funksiyalari.

II bob Mitoxondriya membranalari orqali Ca2+ transporti mexanizmlari

2.1 Mitoxondriyalarga Ca2+ ning kirish yo’llari.

2.2 Mitoxondriyalardan Ca2+ ning chiqish yo’llari.

2.3 Mitoxondriyadagi Ca2+ transport sistemalariga o’simlik preparatlarining ta’siri.

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Hozirgi kunga kelib, shu narsa aniq bo`ldiki, ya`ni mitoxondriyalar hujayrada boradigan barcha fiziologik jarayonlarni energiya bilan ta`minlovchi asosiy tarkibiy qismidir. Shu sababdan ham mitoxondriyalarning ultrastrukturasi va funksiyasini o`rganish bo`yicha juda ko`plab tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ca2+ ionlari ko`pgina hujayraviy jarayonlar uchun (qo`zg`aluvchanlik, glyukonegenez, glyukogenoliz, muskul qisqarishi, hujayra proliferatsiyasi va boshqalar) muhim boshqaruvchanlik rolini bajaradi. Ko`pgina biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, sitoplazmada erkin Ca2+ ionlari konsentratsiyasi 0,1 mkm ga yaqinlashsa, plazmolemmaning Ca2+-ATF azasida, endoplazmatik retikulumda va mitoxondriyalarning transport sistemalarida Ca2+ ionlarining gradiyentga qarshi yo`nalishda tashilishi amalga oshiriladi. Mitoxondriyalarning Ca2+ transporti mexanizmi yuqoridagi transportlar ichida eng muhimi hisoblanadi. Chunki bu hujayra ichida Ca2+ ionlarining to`g`ri taqsimlanishida muhim rol o`ynaydi.

Shuni ta`kidlab o`tish lozimki, Ca2+ ionlari transporti sistemalari mitoxondriya va endoplazmatik retikulumda amalga oshishi, boshqarilishi va ingibitorlarga ta`sirchanligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ca2+ ionlari ҳужайрага konsentratsiya gradiyenti bo`yicha kirsa, hujayradan konsentratsiya gradiyentiga qarshi yo`nalishda Ca2+-ATF aza yoki 2Н+/Са2+-almashinuv yordamida chiqarib tashlanadi.

Ca2+ ionlarining hujayra va mitoxondriya darajasida regulyatorlik ta`sirida asosiy rolni mitoxondriya ichki membranasidagi Ca2+ ga bog`liq poralar (SsA-sezgir poralar yoki megakanal) o`ynaydi.

Mitoxondriyalar ichki membranasidagi SsA-sezgir poralarning Са2+-ga bog`liq fiziologik regulyatsiyasining o`rganilishi, keyingi yillardagi hech mubolag`asiz aytganda, bioenergetika va hujayra fiziologiyasi sohalaridagi eng muhim yangiliklardan biri sifatida qaralmoqda.

Shu sababli dunyoning kо`pgina ilmiy laboratoriyalarida Са2+-ga bog`liq SsA-sezgir poralarning funksional holatini hamda Са2+-ga bog`liq hujayraviy jarayonlarni biologik faol moddalar yordamida boshqarish mexanizmlarini aniqlash borasida keng miqyosda tadqiqot ishlari olib borilmoqda [Salvi et al., 2003; Балтина и др., 1992; Толстиков и др., 1997; Abramov et al., 2001; Бескина, 2002; Косимбетов., 2006; Чо`лиев, 2007].

Hujayraning normal faoliyati uchun hujayra ichki Ca2+ signalizatsiyasi va Ca2+ ionlari chiqishini boshqarib turishda Mx lar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. SsA-sezgir pora megakanal hisoblanib, turli xildagi jigar patologiyalarida ushbu pora yuqori о`tkazuvchanlik holatiga о`tadi. Tо`plangan ma`lumotlarga qaraganda, SsA-sezgir poraning ochiq holatga о`tishi turli xildagi hujayra о`limi (apoptoz va nekroz) ni rivojlanishiga olib keladi.

Olimlar tomonidan uzoq yillik ilmiy tadqiqot natijalari asosida shunday xulosaga kelindiki, mitoxondriya va uning ichki membranasida joylashgan SsA-sezgir poralar kо`pgina biologik va farmakologik faol moddalar hamda patogenlar uchun ta`sir markazi bо`lib xizmat qiladi [Камбурова, 2001; Салиходжаева и др., 2002; Fiore et al., 2004; Чўлиев, 2007].

Adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, mitoxondriyalardagi SsA-sezgir poralar ishini boshqarish va uning holatini o`zgartirish o`simliklardan ajratib olinayotgan ayrim biologik aktiv moddalar yordamida amalga oshirish mumkin.

Shu sababdan, Ca2+ ionlari transporti sistemalari bo`yicha bilimlarni kengaytirish uchun avvalo, ularga biologik faol moddalar, turli xildagi pestitsidlar hamda boshqa moddalarning ta`sir qilish mexanizmlarini yaxshilab o`rganish lozim.

I bob Hujayra funksiyalarini ta;minlashida mitoxondriyalarning roli

1.1 Mitoxondriyalarning tuzilishi.

Mitoxondriyalar barcha aerob, eukariot hujayralarda mavjud. Ularning hujayralardagi soni ozmi-ko`pmi doimiy bo`lib, hujayraning tipiga ham bog`liq bo`ladi. Ba`zi adabiyotlarda ta`kidlanishicha, hujayraning rivojlanish stadiyasi va funksional aktivligiga bog`liq holda o`zgarib turishi ham mumkin (Бескина, 2002).

Bizga ma`lumki, mitoxondriyalar hujayraning energetik manbai bo`lgan organoidi bo`lib hisoblanadi. Ular ko`pincha ATF zarurati tug`ilgan hujayralar strukturasi yaqinida yoki o`zlariga zarur bo`lgan hujayra “yoqilg`i” manbai yaqinida joylashadi. Faol ishlovchi muskul hujayralarida, masalan, hasharotlarning uchish muskullari hujayralarida, miofibrillalar yaqinida to`g`ri qator bo`lib joylashadi. Ana shunday joylashishi tufayli bu mitoxondriyalarda hosil bo`lgan ATF molekulalari miofibrillaning elementlariga yetib borishi ta`minlanadi (Алматов, 1986).

Mitoxondriyalar o`lchami va shakli hujayra tipiga bog`liq holda kuchli o`zgarib turadi. Achitqi hujayralarida ularning shakli aylanaga yaqin, jigar hujayralarida kortok shaklida, buyrak hujayralarida silindr shaklida, fibroplastlarda esa ipsimon shakllarda bo`ladi. Plastinkasimon va yulduzsimon mitoxondriyalar ham uchrab turadi.

Hujayraning metobolitik holatiga ko`ra, mitoxondriyaning shakli kabi hajmi ham tez va birdaniga o`zgarishga uchrashi mumkin. Mitoxondriyalar ko`pincha oxirlari bilan bir-biriga bog`lanadi va uzun ipsimon struktura hosil qilib, agregasiyalanadi. Bu borada kalamush jigari mitoxondriyalari kengroq o`rganilgan (Камбурова, 2001; Салиходжаева и др., 2002; Fiore et al., 2004; Чулиев, 2007).

Elektron mikroskoplarda olingan ma`lumotlarga ko`ra, intakt hujayralarda ularning bo`yi 2 mkm da yaqin bo`lib, eni esa, 1 mkm atrofida bo`ladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, ular o`z kattaliklari bilan bakteriyalarga teng bo`ladi (1.1-rasm).






Download 417,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish