31
ishtirokida bo’ladi. Yadrodagi ribosomalarda yadro oqsillari sintez bo’ladi.
Mitoxondriya va plastidlardagi ribosomalar esa o’sha organoidlarning oqsillarini sintez
qilishda ishtirok etadi.
Oxirgi tekshirishlarni ko’rsatishicha 5-70 ribosomadan iborat ribosoma kompleksi
bir bo’lib, sintezda ishtirok etar ekan. Buni poliribosoma deyiladi. Bunda ribosomalar
bir-birlari bilan ingichka iplar bilan bog’langan, ular I-RNK molekulasidan iborat.
Ribosomalar hujayraning kayerida hosil bo’lishi xaqidagi masala hozirgacha aniq
yechilgan emas, ammo ribosomalarning 1) yadrochada hosil bo’lishi, so’ng ularni
yadroga o’tishi, undan esa sitoplazmaga o’tishi ancha ishonarli dalillar bilan isbotlandi.
2) ribonukleoproteid, aminokislota va fermentlardan sitoplazmada hosil bo’lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |